Iqtisodiyot” kafedrasi biznes rejalashtirish fanidan
Download 34.58 Kb.
|
BIZNES rejasi NAZARAT ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshirdi: 924-guruh Mamatqulov Miromon Qabul qilindi: Bobonazarova Jamila Reja: Kirish
- Korxonaning tolovga qodirlik koeffitsiyenti Tolov m ajburiyatlari Foydalinilgan adabyotlar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI “AMALIY MATEMATIKA” FAKULTETI “IQTISODIYOT” KAFEDRASI BIZNES REJALASHTIRISH fanidan NAZORAT ISHI Mavzu: Korxonaning tarmoqdagi va bozordagi holati tahlili Topshirdi: 924-guruh Mamatqulov Miromon Qabul qilindi: Bobonazarova Jamila Reja: Kirish Korxona moliyaviy barqarorligining tahlili Korxona to‘lov qobiliyatining tahlili Korxonaning to'lovga qodirlik koeffitsiyenti To'lov m ajburiyatlari Foydalinilgan adabyotlar K IR IS H 0 ‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi yetakchi o‘rinni egallaydi. Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulotning salmoqli qismi shu sohada yetishtiriladi. Aholining 60 foizdan ortiq qismi qishloqda yashaydi. Shuning uchun sohani rivojlantirish masalasiga mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq katta e’tibor berila boshlandi, ya’ni qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish maqsadida qator qonunlar, farmonlar va qarorlar qabul qilindi, natijada ushbu sohada ular o 'z samarasini bera boshladi. Shular orasida 0 ‘zbekiston Prezidentining 2003-y il 24-martda «Qishloq xo'jaligida islohotlarni chuqurlashtirishnng eng muhim yo‘nalishlari to‘g‘risida» qabul qilgan farmoni qishloq xo'jaligini rivojlantirishda muhim rol’ o ‘ynadi. Mazkur farmon qishloq xo‘jaligida mahsulot ishlab chiqaruvchilarning asosiy subekti sifatida fermer xo‘jaligini rivojlantirishni ustivor yo‘nalish deb belgilab berdi. Shundan keyin fermer xo‘jaliklari rivojlanib, ishlab chiqarish hajmi keskin o ‘sdi va o‘sib bormoqda. 2008-yilda yetishtirilgan paxta xomashyosining 99,1 foizi, g'allaning 79,2 foizi fermer xo‘jaliklari hissasiga to 'g ‘ri keldi. Bu m a’lumotlardan ko'rinib turibdiki, fermer xo‘jaliklari yildan-yilga o‘sib va taraqqiy etib, iqtisodiyotda salmoqli o ‘rinni egallab bormoqda. Qishloq xo'jalik korxonalarida ishlab chiqarishni yanada samarali rivojlantirish uchun ular faoliyatining barcha tomonlarida sodir boMgan va boMayotgan jarayonlarni, ularning natijalarini har taraflama chuqur o'rganish va nazorat qilish natijasida mavjud imkoniyatlarni aniqlash hamda ularni ishlab chiqarishga jalb etish bo‘yicha yo'l-yo'riqlarni ko'rsatish zarur. Bu muammolarni hal qilishda iqtisodiy tahlil va nazoratning roli nihoyatda kattadir. Har bir qishloq xo'jaligi korxonasining faoliyatini har tomonlama va chuqur tahlil va nazorat qilish orqali mahsulot ishlab chiqarishni ko'paytirish, tannarxni pasaytirish, mehnat unumdorligini oshirish, foydani ko' paytirish, toMov qobiliyatini oshirish, moliyaviy barqarorlikni yaxshilash imkoniyatlari aniqlanadi. Mavjud bo'lgan imkoniyatlarni aniqlab, ulardan samarali foydalanish nafaqat xo'jalik iqtisodiyotining, balki mamlakat milliy iqtisodiyotining rivojlanishida ham muhim rol o'ynaydi. Ushbu qonuniyatni kelajakda mustaqil Vatanimiz ravnaqi yo'lida xizmat qiladigan har bir talaba mukammal va to'liq bilib olishi zarur. Talaba bu sharafli burchi va vazifasini har doim yodida saqlashi zarur. Shuning uchun bilim olayotgan har bir talaba, har bir mutaxassis hamda faoliyat ko'rsatayotgan fermer iqtisodiy tahlil va nazoratni ham nazariy, ham uslubiy jihatdan yaxshi o'zlashtirib olgan boiishi kerak. Iqtisodiy tahlil va nazorat asoslarini talaba asosan oliy o'quv yurti bazasida egallaydi. Shuning uchun o'quv rejaning III - «Umumkasbiy fanlari» blokida «Korxonalar faoliyatining tahlili va nazorati» Talabalar bu fan orqali qishloq xo'jaligi korxonalari faoliyatida sodir bo'lgan va bo'layotgan iqtisodiy jarayonlaming holati va ularning natijalarini omilli tahlil etish va nazorat qilish hamda choratadbirlar ishlab chiqish usullarini va jarayonlaming qonuniyatlarini o'rganishadi va egallashadi, oqibatda korxona to'g'risidagi axborot ma’lumotlarini to'plash, qayta ishlash va ularni tahlil qilish hamda xo'jalik mulkining saqlanishi ustidan nazorat o'rnatish ko'nikmalarini egallashadi. M a’lumki. zamon talabiga javob beradigan sifatli kadrlarni tayyorlash uchun ularni darslik va o'quv qo'llanmalar kabi o'quv adabiyotlari bilan yetarli darajada ta’minlash zarur. Shu nuqtayi nazardan «Fermer xo'jaligini boshqarish» yo'nalishi bo'yicha ta’lim olayotgan talabalarga uslubiy jihatdan yordam berish hamda fan bo'yicha mavjud bo'lgan bo'shliqni qisman to'ldirish maqsadida mualliflar ushbu darslikni tayyorlashni o'z oldiga maqsad qilib qo'iyshdi. Mazkur darslik talabalarga korxonalar faoliyatining tahlili va nazorati fani bo'yicha nazariy va uslubiy bilimlarni berishga hamda ularda zaruriy amaliy ko'nikmalarni hosil qilishga m o'ljallangan. Darslik O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2006-yil 10-avgustda tasdiqlangan «Korxonalar faoliyatining tahlili va nazorati» fanining o'quv dasturiga to'liq mos holda tayyorlangan. Fanning metodologik asosi. Barcha fanlar kabi tahlil va nazorat fanining ham metodologik asosi bo'lib, falsafaning bilish nazariyasi hisoblanadi. Bu nazariya tabiat va jamiyatda sodir bo'ladigan hodisa va jarayonlar bir-biri bilan uzviy bog'liqlikda, harakatda va o'zgarishda deb ta’lim beradi. Tahlil va nazorat fani ham, ushbu nazariya asosida, iqtisodiy jarayonlarni ifodalaydigan ko'rsatkichlarni uzviy bog'liqlikda, harakatda va o'zgarishda deb qaraydi, o'rganadi va xulosalar chiqaradi. «Ferm er xo'jaligini boshqarish» yo'nalishi bo'yicha ta’lim olayotgan bakalavrlarga olishi zarur bo'lgan 5 bilim larni berish ham da egallashi zarur boMgan ko‘nikma va m alakani hosil qilish tahlil va nazorat fanining umumiy maqsadlari bo‘lib hisoblanadi. Bakalavrlarning qishloq xo'jalik korxonalarida iqtisodiy tahlilni tashkil etishi va amalga oshirishi hamda nazorat haqidagi bilimga ega boiishiga, ho'jaliklarning hisobi, hisobotlari va biznes-rejalaridan hamda yuridik hujjatlardan mustaqil foydalanib, barcha faoliyatlarining natijalarini omilli tahlil qilish va nazoratni o'tkazish usullarining mazmun-mohiyatini egallashiga hamda tahlil natijalariga kompleks baho berish ko'nikmalari va malakasiga ega bo'lishiga imkoniyatlar berishi fanning umumiy o'quv maqsadlari bo'lib hisoblanadi. Darslik qishloq xo'jalik oliy o'quv yurtlarining «Fermer xo'jaligini boshqarish» ta’lim yo'nalishi bo'yicha o'qiyotgan talabalarga va shu fandan dars berayotgan o'qituvchilarga hamda shu soha mutaxassislari va ferm erlariga m o'ljallangan. Undan «Iqtisodiyot» va «Buxgalteriya hisobi va audit» yo'nalishlari bo'yicha o'qiyotgan talabalar ham, dars berayotgan o'qituvchilar ham, buxgalter va iqtisodchilar ham foydalanishlari mumkin. Xo‘jalikning moliyaviy ahvolining tahlili mavzusida ko‘zda tutilgan barcha savollarning javobi ushbu bobda, ham nazariy, ham uslubiy jihatdan talab darajasida aks ettirilgan. Bu esa mavzuning ta'limiy o'qm’ maqsadini tashkil etadi. Mavzuning mazmun-mohiyatini va tahlil etish usullarini qoilash xususiyatlarini tushuntirish orqali korxonaning o‘z mablagMarini ko'paytirish, moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, to'lov qobiliyatini yaxshilash, umuman, moliyaviy holatini mustahkamlashga yo'naltirilgan fikr va g‘oyalarni talaba ongiga singdirish mavzuning tarbiyaviy o'quv maqsadi bo‘lib hisoblanadi. Moliyaviy holatning tahlilida gorizontal va vertikal tahlil etish usullaridan hamda matematik usullardan foydalanish moliyaviy holatni yanada yaxshilash uchun zarur bo‘lgan imkoniyatlarni aniqlashda k a tta rol o‘ynaydi. D em ak, omilli tahlil usullari bilan m atem atik usullardan foydalandi. Respublikamizda iqtisodiyotning bozor munosabatlari asosida tashkil topishi korxonalar faoliyati tahlilining ahamiyatini yanada oshiradi, chunki u mazkur sharoitda faoliyatga joriy etilmagan ishlab chiqarish va m oliyaviy resurslarni o‘z vaqtida aniqlash ham da ulardan samarali foydalanish uchun mavjud imkoniyatlarni aniqlashda muhim rol o‘ynaydi. Foydalanilm agan resurslarni aniqlab, ulardan sam arali foydalanish korxonalar iqtisodiyotini, qolaversa, milliy iqtisodiyotni m ustahkam lashda asosiy omil bo‘lib xizm at qiladi. Shuning uchun har bir talaba ishlab chiqarish faoliyatining tahlili bilan bir qatorda moliyaviy faoliyatning tahlilini ham amalga oshirish yo‘llarini chu130 qur o‘zlashtirib olishi zarur, chunki ular kelajakda qishloq x o ‘jalik korxonalari va tashkilotlari hamda mamlakat iqtisodiyoti ravnaqi yoMida mutaxassis bo'lib xizmat qiladilar. Yuqorida keltirilgan boblarda ishlab chiqarish faoliyatining tahlili ko'rib chiqildi, endi moliyaviy faoliyatning tahlil quyida navbatdagi boblarda bayon qilinadi. Moliyaviy faoliyat tahlili (yoki moliyaviy tahlil) deb nimaga aytiladi? Korxonaning moliyaviy holati va moliyaviy natijalarini moliyaviy hisobotlar, buxgalteriya hisobi va boshqa axborotlarning ma’lumotlari asosida o‘rganib, mavjud moliyaviy imkoniyatlarni aniqlash va moliyaviy holatni yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish usuli moliyaviy tahlil deb ataladi. Moliyaviy tahlilning asosiy qismi bo‘lib korxonalar moliyaviy holatining tahlili hisoblanadi. Korxonaning moliyaviy holati uning moliyaviy barqarorligi, moliyaviy mustaqilligi, toMovga qodirligi, o‘z mablag'lari bilan ta’minlanganligi, debitorlik va kreditorlik qarzlarining holati kabi jihatlarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi bilan tavsiflanadi. Ushbu ko‘rsatkichlar darajasini o'rganish va tahlil etish hamda ularning natijalarini umumlashtirish orqali korxonaning moliyaviy holatiga baho beriladi. Shuning uchun ham mazkur ko‘rsatkichlarni o‘z vaqtida tahlil qilib turish — korxonaning moliyaviy ahvolini yaxshilash hamda iqtisodiyotni mustahkamlash uchun shart-sharoit yaratadi. Shu nuqtayi nazardan tahlilning ahamiyati nihoyatda katta va beqiyosdir. Tahlil - korxonaning moliyaviy ahvolini yaxshilash garovidir. M oliyaviy ta h liln in g asosiy m a q s a d i bo‘lib, korxona aktivlari, kapitali va majburiyatlarini, moliyaviy barqarorlik darajasini, toMovga qodirlik ahvolini, o‘z va qarz mablag‘lari bilan ta’minlanish darajasini, moliyaviy mustaqillik ahvolini, debitorlik va kreditorlik qarzlarining muayyan davrga boMgan holatini o‘rganish asosida korxona moliyaviy holatiga baho berish va uni yaxshilash imkoniyatlarini ko‘rsatish hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan moliyaviy holat tahlilining asosiy vazifalari boMib, quyidagilar hisoblanadi: Download 34.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling