Iqtisodiyot kafedrasi Fanidan mustaqil ish mavzu


Download 441 Kb.
bet2/4
Sana09.06.2023
Hajmi441 Kb.
#1466907
1   2   3   4
Bog'liq
Pul va banklar. MI Kredit. 07.11.22

II.Asosiy qism:
Kreditning imkoniyati va zarurligi shu bilan bog’liqki korxonalar mahsulot sotishda, xodimlarga mehnat xaki hisoblanganda, korxona va jismoniy shaxslar o’z pullarini banklarda saklashi va boshqa xollarda vaqtinchalik bo’sh bo’lgan pul mablag’lari bo’lgani xolda boshqa korxona va tashkilotlarda o’z faoliyatlarini o’zluksizligini ta’minlash uchun tegishli pul mablag’iga ehtiyoj sezadi. Bu xolat qishloq xo’jalik korxonalariga ham tegishli bo’lib, bu ishlab chiqarishni mavsumiyligi, mahsulot ishlab chiqarish vaqti bilan uni sotish xajmini ko’pchilik mahsulotlar bo’yicha mos kelmasligi, sotilgan mahsulotlarga pulni o’z vaqtida kelib tushmasligi va boshqa xolatlar ularni kreditdan foydalanishni takozo etadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditning ahamiyatini oshishi quyidagilar bilan bog’liq: Naqd puldan foydalanishni kamaytirib, muomila harajatlarini, pul emssiyasini kamayishini ta’minlaydi.
Korxonalar va axolining vaqtinchalik bo’sh pul mablag’lari kredit muassasalarida saqlanishi tufayli ulardan unumli foydalanish ta’minlanadi.
Bank muassasalariga tuplangan pullar xalq xujaligi tarmoqlari, korxonalarning asosiy va aylanma mablaglarining tuldirishning qarzga olingan manbai sifatida muhim

ahamiyatga ega.


Kredit tufayli xujaliklar urtasidagi shartnoma majburiyatlarining bajarilishi ta’minlanadi, mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonining o’zluksizligi ta’minlanadi va boshqalar.
Kredit to‘rt xil funksiyani bajaradi.
Birinchidan, pulga tenglashtirilgan to‘lov vositalarini (masalan, veksel, chek, sertifikat va b.) yuzaga chiqarib, ularni xo‘jalik aylan-masiga jalb qiladi. (veksel – qarz majburiyatnomasi, chek – bankdagi pulni talab qiluvchi hujjat, sertifikat – pul to‘langanligi, qarz beril-ganligini tasdiqlovchi hujjat).
Kredit tufayli pul muomalasi doirasiga veksel, chek, kredit kartochkalari kabi vositalar kiritilib, naqd pulli hisob-kitoblarni naqd pulsiz operatsiyalar bilan almashtiradi. Bu esa ichki va xalqaro bozordagi iqtisodiy munosabatlar mexanizmni osonlashtiradi va tezlashtiradi.

Download 441 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling