Iqtisodiyot kafedrasi Fanidan mustaqil ish mavzu
Download 441 Kb.
|
Pul va banklar. MI Kredit. 07.11.22
- Bu sahifa navigatsiya:
- Isteʼmol krediti
- Ipoteka krediti
- Xalqaro kredit
- Foydalanilgan adabiyotlar
Xoʻjaliklararo kredit — bir korxona (muassasa) tomonidan ikkinchisiga beriladi va ularning kapital qurilish, qishloq xoʻjaligi sohalaridagi munosabatlariga, shuningdek, ichki xoʻjalik hisobi boʻgʻinlari bilan munosabatlariga xizmat qiladi.
Tijorat krediti — bu korxonalar, birlashmalar va boshqa xoʻjalik yurituvchi subʼektlarning bir-biriga beradigan kreditlaridir. Tijorat krediti, avvalo, toʻlovni kechiktirish yoʻli bilan tovar shaklida beriladi. Isteʼmol krediti — xususiy shaxslarga, hammadan avvalo, uzoq muddat foydalanadigan isteʼmol tovarlari (mebel, avtomobil, televizor va boshqalar) sotib olish uchun maʼlum muddatga beriladi. U chakana savdo magazinlari orqali tovarlarning haqini kechiktirib toʻlash bilan sotish shaklida yoki isteʼmol maqsadlarida bank ssudalari berish shaklida amalga oshiriladi. Isteʼmol kreditidan foydalanganlik uchun ancha yuqori foiz undiriladi. Ipoteka krediti — koʻchmas mulklar (er, bino) hisobiga uzoq muddatli ssudalar shaklida beriladi. Bunday ssudalar berish vositasi, banklar va korxonalar tomonidan chiqariladigan ipoteka obligatsiyalari hisoblanadi. Davlat krediti — kredit munosabatlarining oʻziga xos shakli boʻlib, bunda davlat pul mablagʻlari qarzdori, aholi va xususiy biznes esa kreditorlari boʻlib chiqadi. Davlat krediti mablagʻlari manbai boʻlib, davlat qarz obligatsiyalari xizmat qiladi. Davlat kreditning bunday shaklida, avvalo, davlat byudjeti kamomadini qoplash uchun foydalanadi. Xalqaro kredit — ssuda kapitalining xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasidagi harakatini namoyish qiladi. Xalqaro kredit tovar yoki pul (valyuta) shaklida beriladi. Kreditor va qarz oluvchilar banklar, xususiy firmalar, davlat, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar hisoblanadi. Soʻnggi vaqtlarda kreditlashning lizing, faktoring, forfeyting, trast kabi shakllari keng rivojlanib bormoqda. Bank krediti Iqtisodiyotda juda keng tarqalgan kredit shakli bo‘lib, uning obyekti pul mablag‘larini bevosita ssudaga berish jarayoni hisoblanadi. Bunda qarz oluvchi sifatida huquqiy shaxslar, aholi, davlat, xorijiy davlat fuqarolari ishtirok etishlari mumkin. Qarz beruvchi sifatida esa faqatgina banklar qatnashadi. Davlat krediti Kreditlash aholiga sotiladigan davlat zayomlari, obligatsiyalari bilan amalga oshiriladi. Shu bilan birga, davlat jismoniy yoki yuridik shaxslardan qarz oladi. Demak, davlat bir tomondan qarz beruvchi va ikkinchi tomondan qarz oluvchi sifatida ishtirok etadi. Tijorat krediti Bu sotuvchilarning xaridorlarga tovar shaklida beradigan kreditidir. Bu kredit moliya va tovar krediti shaklida bo‘lishi mumkin. Moliya krediti eksportyorlarga ayrim kredit bitimlari bo‘yicha, importyorlarga sotib oladigan tovarlariga to‘lashi uchun pul qarzi ko‘rinishida beriladi. Tovar kreditida tovarlar nasiyaga beriladi, xaridor sotuvchiga o‘z qarzini tasdiqlovchi guvohnoma-veksel beradi. Nasiyaga berilgan tovar necha so‘m tursa, shu qarz miqdori hisoblanadi. Tovar krediti lizing shaklida ham bo‘lishi mumkin. Lizing shartnomalari bo‘yicha qimmat turadigan mashina va uskunalar qarzga (ijaraga) olib ishlatiladi Iste’molchi krediti Tijorat banklari tadbirkorlik uchun firmalarga qarz bersa, iste’molchilarga tovar sotib olish uchun qarz beradi. Buning natijasida iste’molchi krediti paydo bo‘ladi. Bu kredit aholiga iste’mol tovarlari, xizmatlarni nasiyaga sotish, uy-joy xarajatlari uchun, lombardlardagi mulk garovi hisobiga, o‘zaro yordam qarzlari va boshqa ko‘rinishlarda qarz beriladi. Bu faqat iste’molni qondirishga xizmat qiladi. Xalqaro kredit Bu muddatli, qaytimli va foiz to‘lash shartlari bilan bir mamlakatdagi kreditor tomonidan ikkinchi mamlakatdagi qarz oluvchiga pul yoki tovar shaklida beriladigan qarz, shuningdek, chet el obligatsiyalari, chet el korxonalarining aksiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlariga foyda olish maqsadlarida qo‘yiladigan kapital. Sudxo‘rlik krediti Bu kreditning o‘ziga xos shakli. Xorijda kreditning bu ko‘rinishi tarixan keng tarqalgan. Amalda bu kredit shakli Markaziy bank tomonidan tegishli litsenziyaga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslar, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan mablag‘larni vaqtincha foydalanish uchun berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Sudxo‘rlik krediti ssuda foizining yuqori stavkasi bilan tavsiflanadi (120-180%). III. Xulosa. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, umuman kreditning shakllari uning turi va usullariga ko’p jihatdan bog’liq. Masalan: Kreditning asosiy turlari Bank krediti, Davlat krediti, Iste’mol krediti, Tijorat krediti, Lizing krediti. Xalqaro kredit. Iqtisodiyotda keng tarqalgan kredit munosabatlarining biri bank kreditidir. Bank kreditini beruvchi kredit muassasalari kreditlash jarayonini amalga oshirish uchun Markaziy bankdan maxsus lisenziya olgan bo’lishi zarur. Bunda kredit munosabatlarining asosini kredit shartnomasi tashkil etadi. Bank kreditlari quyidagi belgilari bo’yicha guruhlanadi: Kreditlash obyektlarining iqtisodiy mohiyatiga ko’ra; tovar-moddiy boyliklar uchun beriladigan kredit; ishlab chiqarish harajatlari (xom-ashyo va boshqalar) uchun beriladigan kredit. To’lash muddatiga ko’ra (qisqa, o’rta va uzoq muddatli) Muddatli, Muddati kechiktirilgan, Muddati o’tgan. Kreditni to’lash manbalariga ko’ra. Qarz oluvchining o’z mablag’lari hisobiga; Garant mablag’lari hisobidan; Yangi kreditlar jalb qilish hisobidan. Ta’minlanganlik tamoyilining amal qilishiga qarab. Bevosita to’g’ri ta’minlangan (o’z mulki va mablag’i hisobiga). Bilvosita ta’minlangan kreditlar (uchinchi shaxs kafolati) Ta’minlangan kreditlar (sug’urta va yuqori tashkilotlar) To’lanadigan foiz darajasiga ko’ra Past foiz stavkali; O’rta foiz stavkali; Yuqori foizli; Foizsiz (hukumat qaroriga ko’ra ayrim sohalarni rivojlantirish yoki tadbirlarni amalga oshirish uchun). Foydalanilgan adabiyotlar: 1. "Banklar va bank faoliyati haqida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni . T. “O’zbekiston” – 1996. 2. Abdullaeva Sh.Z. “Pul‚ kredit va banklar” T. “Moliya” – 2000. 3. Mullajanov F. “Bank tizimi” Toshkent. – 2001. 4. O’zbekiston Republikasining Markaziy bankining me’yoriy hujjatlar tuplami. T. 2001 y. 5. Iqtisodiy yo’nalishlar choraklik nashr. O’zbekiston. Aprel-iyun. 2001 yil 6. https:/uz.wikipedia.org 7. https://uz.denemetr.com 8. https://elib.buxdu.uz Download 441 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling