Iqtisodiyot kafedrasi global iqtisodiy rivojlanish
Download 282.86 Kb.
|
Shanxay hamkorlik tashkiloti Ro`zumboy-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ro`zimov Ro`zimboy Ernazar o`g`li
- Mundarija KIRISH
- II BOB. O`zbekistonning Shanxay Hamkorlik tashkilotida tutgan o`rni
- XULOSA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI IQTISODIYOT FAKULTET IQTISODIYOT KAFEDRASI «GLOBAL IQTISODIY RIVOJLANISH» fanidan KURS ISHI Mavzu: Globallashuv va O`zbekiston tashqi savdo munosabatlari Bajardi: 196 iqtisod guruhi talabasi Ro`zimov Ro`zimboy Ernazar o`g`li Kurs ishi himoya qilingan sana “____” __________2023y. Baho “_____” ___________ Ilmiy rahbar: __________ ____________________ (imzo) (ismi sharifi) Komissiya a’zolari: __________ ____________________ (imzo) (ismi sharifi) __________ ____________________ (imzo) (ismi sharifi) Urganch – 2023 yil Mundarija KIRISH …………………………………………………………................ 3 I BOB. Shanxay Hamkorlik tashkiloti 1.1 Shanxay Hamkorlik tashkiloti tarixi va vujudga kelishi……………… 4 1.2. Shanxay Hamkorlik tashkiloti tarkibi...................................................7 1.3 Shanxay Hamkorlik tashkiloti ijroiy kotiblari va kuzatuvchi davlatlar…………………………………………...……………………………....13 II BOB. O`zbekistonning Shanxay Hamkorlik tashkilotida tutgan o`rni 2.1. Shanxay Hamkorlik Tashkilotining sammitini Samarqand shahrida o‘tkazilishi …………………………………………………………………….... 16 2.2. Oliy darajadagi sammitga tayyorgarlik koʻrishning moliyaviy qoʻllab-quvvatlash………………………………………………………………..…….… 22 2.3. ShHT transmintaqaviy tashkilotga aylanmoqda……………… ….…....26 XULOSA…………………………………………………………………. 31 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YHATI……..………..…...34 Kirish Samarqand shahrida 16-sentabr kuni 2022 yil Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda ShHT faoliyatining muhim sohalaridagi hamkorlik holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinib, ShHT Davlat rahbarlari tadbirning bosh yakuniy hujjati bo‘lgan Samarqand deklaratsiyasini qabul qilishdi.Tashkilot tarixida rekord darajadagi bitimlar, konsepsiyalar, dasturlar va boshqa qarorlar imzolanib, ularning soni umumiy hisobda 44 tani tashkil qildi. Bular: ShHTga a’zo davlatlarning uzoq muddatli yaxshi qo‘shnichiligi, do‘stligi va hamkorligi to‘g‘risidagi shartnoma qoidalarini 2023—2027-yillarda amalga oshirish bo‘yicha kompleks harakatlar rejasi to‘g‘risida; ShHTga a’zo davlatlarning o‘zaro bog‘liqlikni rivojlantirish va samarali transport yo‘laklarini yaratish bo‘yicha konsepsiyasi to‘g‘risida; «ShHTning ezgu niyat elchisi» faxriy unvoni to‘g‘risidagi nizom to‘g‘risida; ShHTga a’zo davlatlarning o‘zaro hisob-kitoblarida milliy valutalar ulushini bosqichma-bosqich oshirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» to‘g‘risida; Eronning ShHTga a’zo davlat maqomini olish uchun majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandum imzolangani to‘g‘risida; Belarus Respublikasini ShHT a’zoligiga qabul qilish jarayonini boshlash to‘g‘risida[48]; Maldiv Respublikasi, Bahrayn, Birlashgan Arab Amirliklari, Myanma Ittifoqi Respublikasi, Kuvayt Davlatiga ShHTning muloqot bo‘yicha sherigi maqomini berish to‘g‘risida; Varanasi shahrini (Hindiston) 2022—2023-yillarda ShHTning «turizm va madaniy poytaxti» deb e’lon qilish to‘g‘risida; ShHT kotibiyati va Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha BMT (YuNeSKO) o‘rtasida memorandumni imzolash to‘g‘risida; ShHT Bosh kotibining tashkilotning o‘tgan yilgi faoliyati hamda ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Kengashining 2021-yilgi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlari haqida; ShHT Davlat rahbarlari kengashi qarorlarining amal qilishini bekor qilish to‘g‘risida; ShHT faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi. Download 282.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling