Iqtisodiyot kafedrasi global iqtisodiy rivojlanish


Download 282.86 Kb.
bet4/8
Sana16.11.2023
Hajmi282.86 Kb.
#1778370
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Shanxay hamkorlik tashkiloti Ro`zumboy-1

Kuzatuvchi davlatlar
Shanxay hamkorlik tashkilotining kuzatuvchi davlatlariga Moʻgʻuliston, Afgʻoniston, Belorussiya kiradi.

1.3 Shanxay Hamkorlik tashkiloti ijroiy kotiblari va kuzatuvchi davlatlar


Shanxay hamkorlik tashkilotining kuzatuvchi davlatlariga Moʻgʻuliston, Afgʻoniston, Belorussiya kiradi.

ShHT aʼzo-davlatlari boshliqlarining uchrashuvlari 3





Sana

Oʻtkazilgan joyi

Davlat

Yigʻilishlar

1

26-27 1996

Shanxay

Xitoy




2

24-25 1997

Moskva

Rossiya




3

3-4 1998

Almati

Qozogʻiston




4

25-26 1999

Bishkek

Qirgʻiziston




5

4-5-iyun 2000

Dushanbe

Tojikiston




6

14-15-iyun 2001

Shanxay

Xitoy




7

7-iyun 2002

Sankt-Peterburg

Rossiya




8

28-29-may 2003

Moskva

Rossiya




9

17-iyun 2004

Toshkent

Oʻzbekiston

Toshkent sammiti

10

5-iyul 2005

Nur-Sulton

Qozogʻiston




11

14-15-iyun 2006

Shanxay

Xitoy




12

16-avgust 2007

Bishkek

Qirgʻiziston




13

28-avgust 2008

Dushanbe

Tojikiston




14

15-16-iyun 2009

Yekaterinburg

Rossiya




15

10-11-iyun 2010

Toshkent

Oʻzbekiston

Toshkent sammiti

16

14-15-iyun 2011

Ostona

Qozogʻiston




17

6-7-iyun 2012

Pekin

Xitoy

Pekin sammiti

18

13-14-sentyabr 2013

Bishkek

Qirgʻiziston




19

11-12-sentyabr 2014

Dushanbe

Tojikiston

Dushanbe sammiti

20

9-10-iyul 2015

Ufa

Rossiya




21

23-iyun-24-iyun 2016

Toshkent

Oʻzbekiston

Toshkent sammiti

22

8-iyun-9-iyun 2017

Ostona

Qozogʻiston

Ostona sammiti

23

9-iyun-10-iyun 2018

Sindao

Xitoy




24

2019

Bishkek

Qirgʻiziston




25

2020

Chelyabinsk

Rossiya




26

2021

Dushanbe

Tojikiston




27

15–16-sentabr 2022-yil

Samarqand

Oʻzbekiston

Samarqand sammiti

Ushbu yo'nalishda O'zbekiston ShHTning Mintaqavaiy aksilterror tuzilmasi (ShHT MATT) doirasida ko'p tomonlama hamkorlikni izchil rivojlantirishga katta e'tibor qaratadi. Toshkent shahrida 2004-yildan buyon faoliyat ko'rsatib kelayotgan ushbu tuzilma tashkilotga a'zo mamlakatlar huquqni muhofaza qilish organlarining mintaqada barqarorlikni ta'minlash bo'yicha sa'y-harakatlarini jipslashtirish va ular o'rtasida amaliy hamkorlikni amalga oshirish borasida samarali vosita va muhim platforma sifatida xizmat qiladi.


Joriy yilning 8-aprel kuni Toshkentda ShHT MATT Kengashining navbatdagi yigirma sakkizinchi majlisi bo'lib o'tdi. Majlisda ShHTga a'zo davlatlarning terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo'yicha 2013-2015-yillarga mo'ljallangan hamkorlik dasturini amalga oshirish natijalari hamda boshqa hujjatlarning ijrosi muhokama qilindi.4
Uchrashuvda, shuningdek, 2016-yilning IV choragida ShHTga a'zo va kuzatuvchi davlatlar delegatsiyalari ishtirokida Xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlik masalalariga bag'ishlangan ilmiy-amaliy konferensiyani o'tkazishga kelishildi.
Hozirgi vaqtda ShHTga a'zo davlatlarning 2017-2022-yillarga mo'ljallangan Narkotiklarga qarshi kurash strategiyasi va uning ijrosi bo'yicha Harakatlar dasturi ishlab chiqilmoqda. Ushbu hujjatning qabul qilinishi tashkilotga a'zo davlatlarning ShHT makonida tinchlik, osoyishtalik va izchil taraqqiyotni ta'minlashdagi o'zaro hamkorligi huquqiy asosini takomillashtirishga xizmat qilishi shubhasizdir.5


II BOB. O`zbekistonning Shanxay Hamkorlik tashkilotida tutgan o`rni
2.1. Shanxay Hamkorlik Tashkilotining sammitini Samarqand shahrida o‘tkazilishi
Bugungi kunda jahon davlatlari miqiyosida bo‘layotgan turli kelishmovchiliklarni bartaraf etish, davlatlar o‘rtasida o‘zaro siyosiy, iqtisdiy aloqalarni mustahkamlash va Shanxay Hamkorlik Tashkilotining kelgusidagi jahon siyosatidagi o‘rnini oshirish maqsadida joriy yilning 15-16-sentabr kunlari Samarqand shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 22-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu sammit pandemiya vaqtidagi virtual uchrashuvlardan so‘ng, bo‘lib o‘tgan davlatlar o‘rtasidagi birinchi uchrashuv bo‘ldi. Shanxay Hamkorlik Tashkilotining navbatdagi sammitini Samarqand shahrida o‘tkazilishi va bu sammit davlatlar o‘rtasidagi muhim uchrashuv bo‘lishi munosabati bilan Samarqand shahrida me’moriy, bunyodkorlik va obodonlashtirish chora-tadbirlari amalga oshirildi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2022-yilda Samarqand shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkilotining navbatdagi sammitini o‘tkazishga tayyorgarlik ishlarini moliyaviy qo‘llab quvvatlash to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi. Samarqanda sammit uchun “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazidagi “Boqiy shahar” majmuasi bunyod etildi. Bu majmuada O‘zbekistonning qadimiy shaharlari qiyofasi, turli xalqlar bilan do‘stlik aloqalari, milliy an’analarimiz aks ettirilgan. Barcha tashrif buyurgan davlat rahbarlari, sammit ishtirokchilari “Boqiy shahar” majmuasiga tashrif buyurishdi hamda ularda tarix va bugungi kun uyg‘unligi katta taassurot qoldirdi. Bu kabi madaniy meros obyektlari turizmni rivojlantirishda alohida ahamiyatga ega va sayyohlarni oʻziga jalb etadi. Samarqandda bo‘lib o‘tgan sammit, SHHT mamlakatlari oʻrtasida sayyohlar oqimini koʻpaytirish turizmni yaxshilash uchun investitsiyalarni keng jalb etish, sayyohlar uchun qulay shart-sharoit yaratish va madaniyaloqalarni yanada yaxshiroq yo‘lga qo‘yish uchun eshik ochib berdi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Samarqand shahrida oʻtkazilgan SHHT sammiti turizmning yanada taraqqiy etishiga ham xizmat qilishi bilan ham ahamiyatli hisoblanadi.Yurtimizda o‘tkazilgan sammit nafaqat Sharq mamlakatlarini balki, G‘arb mamlakatlarining ommaviy axborot vositalarining ham e’tiborini tortdi. Bunga sabab, Rossiya davlat rahbari va Xitoy rahbarining tashrifi hamda, Eronning Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga rasman kiritilishi bo‘ldi. Eron uchun ShHT ga qo‘shilish ham iqtisodiy ham siyosiy sohada muvaffaqiyatli bo‘ldi. Eron prezidenti Ibrohim Raisi bo‘lib o‘tgan sammitda so‘zga chiqib, barcha davlatlar bilan yaqin aloqa va o‘zaro hamkorlikni davom ettirish muhimligini aytib o‘tdi.
Eron Islom Respublikasining ShHTga to‘laqonli a’zo sifatidagi majburiyatlari to‘g‘risidagi Memorendum imzolandi. Bundan tashqari, Samarqanddagi sammitda Bahrayn davlati, Maldiv Respublikasi, BAA, Quvayt davlati muloqot bo‘yicha yangi hamkorlar sifatida kiritish jarayonini boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Sammitda davlatlar o‘rtasida muhim sohalarda jami 44 ta bitim, konsepsiya, dasturlar va qarorlar qabul qilindi. Bularga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
–SHHTga aʼzo davlatlarning uzoq muddatli yaxshi qoʻshnichiligi, doʻstligi va hamkorligi toʻgʻrisidagi shartnoma qoidalarini 2023-2027 yillarda amalga oshirish boʻyicha kompleks harakatlar toʻgʻrisida;
–SHHTga aʼzo davlatlarning oʻzaro bogʻliqlikni rivojlantirish va samarali transport yoʻlaklarini yaratish boʻyicha konsepsiyasi toʻgʻrisida;
–“SHHTning ezgu niyat elchisi” faxriy unvoni toʻgʻrisidagi nizom toʻgʻrisida;
–SHHTga aʼzo davlatlarning oʻzaro hisob-kitoblarida milliy valyutalar ulushini bosqichma-bosqich oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” toʻgʻrisida;
–Eronning SHHTga aʼzo davlat maqomini olish uchun majburiyatlari toʻgʻrisidagi memorandum imzolangani toʻgʻrisida;
–Belarus Respublikasini SHHT aʼzoligiga qabul qilish jarayonini boshlash toʻgʻrisida;
–Maldiv Respublikasi, Bahrayn, Birlashgan Arab Amirliklari, Myanma Ittifoqi Respublikasi, Quvayt Davlatiga SHHTning muloqot boʻyicha sherigi maqomini berish toʻgʻrisida;
–Varanasi shahrini (Hindiston) 2022-2023 yillarda SHHTning turizm va madaniy poytaxti deb eʼlon qilish toʻgʻrisida;
–SHHT kotibiyati va Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha BMT (YUNESKO) oʻrtasida memorandumni imzolash toʻgʻrisida;
–SHHT Bosh kotibining tashkilotning oʻtgan yilgi faoliyati hamda SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasiKengashining 2021 yilgi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlari haqida;
–SHHT Davlat rahbarlari kengashi qarorlarining amal qilishini bekor qilish toʻgʻrisida;
–SHHT faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilindi.Shuningdek, SHHT Davlat rahbarlari kengashining:–iqlim oʻzgarishiga nisbatan javob harakatlari toʻgʻrisida;–ishonchli, barqaror va diversifikatsiyalashgan yetkazib berish zanjirlarini taʼminlash toʻgʻrisida;
–global oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisida;
–energetikxavfsizlikni taʼminlash toʻgʻrisidagi bayonotlari qabul qilindi.Bundan tashqari, tadbir doirasida quyidagi hujjatlar imzolandi:
–Eronning SHHTga aʼzo davlat maqomini olish uchun majburiyatlari toʻgʻrisidagi memorandum;
–SHHTga aʼzo davlatlar hukumatlari oʻrtasida turizm sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
–SHHTga aʼzo davlatlar oʻrtasida xizmatlar savdosi sohasidagi hamkorlikning hadli asoslari;
–SHHT mamlakatlarining vakolatli organlari oʻrtasida muzey ishi sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida memorandum;
–SHHT mamlakatlarining vakolatli organlari oʻrtasida oʻsimliklar karantini sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;
–SHHT mamlakatlarining qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi hamkorligi dasturi;
–SHHT mamlakatlarini infratuzilmaviy rivojlantirish dasturi;Shuningdek, Prezident farmoni bilan Toshkentdagi SHHT Xalq diplomatiyasi markazi ochildi, Tashkilotga aʼzo davlatlar temir yoʻl maʼmuriyatlari rahbarlarining uchrashuvlari mexanizmi yoʻlga qoʻyildi, Samarqanddagi Ipak yoʻli xalqaro turizm instituti barpo etildi. Bu poytaxtimizda muqaddam ochilgan Mintaqaviy aksilterror tuzilmasiga qoʻshimcha tuzilmalar sifatida Oʻzbekistonning ahamiyatini yanada kuchaytirishiga hissa qo‘shadi.
Sammit doirasida O‘zbekiston uchun muhim bo‘lgan Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilshi to‘g‘risidagi uch tomonlama Bitmning imzolanishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Qayd etish lozimki, kelishvni O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov, Qirg‘iziston transport va kommunikatsiyalar vaziri Erkinbek Osoyev va Xitoy taraqqiyot va islohotlar davlat qo‘mitasi raisi Xe Lifen imzolagan. Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li orqali Markaziy Osiyoning Janubi-Sharqiy, G'arbiy Osiyo va Yaqin Sharq bozorlariga chiqish imkoni ochiladi. Yana bir muhim uchrashuv prezdentimizShavkat Mirziyoyev bilan Hindiston Bosh vaziri Narendra Modini ikki taraflama o‘zaro savdo-sotiq aloqalarini mustahkamlash, tibbiyot, IT va Hindistondagi nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Katta loyihalar qatoriga “Termiz –Mozori Sharif –Kobul –Peshovar” temir yo‘li kabi qo‘shma infratuzilma loyihasini kiritishimiz mumkin. Bu loyiha orqali biz, ijtimoiy-iqtisodiy va transport-kommunikatsiya vazifalarini hal qilibgina qolmasdan, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashga ham katta hissa qo‘shishimiz mumkin. Xulosa sifatida shuni aytib o‘tishimiz lozimki, Samarqand sammiti yuksak saviyada o‘tdi, davlatlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli bo‘lgan muhim kelishuvlarga erishildi. Davlatlar o‘rtasida o‘zaro ishonch, tenglik, manfaat, o‘zaro madaniyatlar xilma-xilligini hurmat qilish tamoyillari ilgari surildi. Shanxay hamkorlik tashkiloti iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishni maqsadlaridan biri ekanligi belgilangan, Bundan tashqari xavfsizlik, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash masalalari ham oldingi oʻrinda turadi lekin bizning fikrimizcha a’zo davlatlarni iqtisodiy rivojlantirishga yuqori saviyada urg‘u berilsa hamma davlatlar uchun foydali bo’ladi. Yurtimizda o‘tkazilgan sammit ShHT ga a’zo davlatlar o‘rtasida siyosat va
mintaqaviy xavfsizlik, savdo, energetika, transport, turizm va madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashga zamin yaratdi. ShHT sammitining yuqori darajada o‘tishiga xizmat qilgan bunyodkorlik ishlari kelgusida ham, O‘zbekistonda turizm rivojiga katta hissa qo‘shishiga ishonamiz. Bu sammit keng qamrovli masalalarni o‘z ichiga olgan, mintaqaviy muammolarni hal qilishda muhim o‘rin egalladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Bir yo‘l”da ishtirok etish bo‘yicha memorandumni imzoladi va hamkorlik
kelishuvlari savdo, energetika, aloqa, aeronavtika va iqlim o‘zgarishini qamrab oladi. Si Tszinpinning tashrifini Xitoyning energiya resurslari bilan bog‘lash noto‘g‘ri emas,chunki Yaqin Sharq Xitoy uchun muhim neft ta’minoti mintaqasi hisoblanadi. Biroq, Xitoyning Yaqin Sharq bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolish uchun yagona turtki -neftga bo‘lgan ehtiyoj, degan xulosaga kelish Xitoy tashqi siyosatining boyligiga putur yetkazadi. Xitoyning ushbu mintaqada o‘zining har tomonlama ko‘p qirraliligini targ‘qilishda asosiy g‘oya umumiy taqdirhamjamiyati”dir va “Bir kamar va Bir yo‘l” tashabbusi ushbu maqsadni amalga oshirishning asosiy tuzilmasi bo‘lib xizmat qiladi. “Bir kamar va Bir yo‘l” tashabbusi ostida energiya ta’minoti va turli sohalardagi hamkorlikni birlashtirib, Xitoy ushbu mintaqada yangi umumiy manfaatlarni rivojlantirishga harakat qilmoqda. Xitoyning Yaqin Sharqdagi hamkorlariga investitsiya va texnologiyani taqdim etishi tarqoq o‘zaro munosabatlar orqali energiya ta’minoti va ulardan siyosiy yordam olishi kutilmoqda. Yana bir aniq signal shundaki, Xitoy o‘zining birinchi Arab siyosati hujjatini o‘z prezidentining Yaqin Sharqqa ketishidan besh kun oldin nashr etgan.
Bu Xitoy “Bir kamar va Bir yo‘l” tashabbusi 11 asosiy maqsad yo‘lida hamkorlikning yangi modelini o‘rnatishni intiqlik bilan kutayotganini aniq ko‘rturibdi, bu muvaffaqiyatliamalga oshirilsa, Xitoyning mintaqadagi ishtirokini sezilarli darajada oshiradi.
Muzokaralar yakunida ikki tomonlama imzolangan bitim va memorandumlardi: Ishbilarmonlik va ilmiy doiralar vakillari hamda sayyohlik guruhlari uchun viza tartibotlarini soddalashtirish to‘g‘risida bitim; Diplomatik pasportlar egalarini viza talablaridan ikki tomonlama ozod etish to‘g‘risida bitim; 2022-2025 yillarda turizm sohasidagi hamkorlik dasturi; Fan, texnika va innovatsiya sohalarida o‘zaro anglashuv to‘g‘risida memorandum; Bojxona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalarining harakati to‘g‘risida elektron bojxona axborotini almashish to‘g‘risida memorandum; E-TIRga oid elektron axborotni almashish to‘g‘risida memorandum; Fan, tadqiqotlar, ta’lim va texnologiyalar sohalarida hamkorlik to‘g‘risida memorandum;[2] qishloq xo‘jaligi vazirliklari o‘rtasidagi bitim; Sog‘liqni saqlash, davolash, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, ta’lim, farmatsevtika va tibbiy uskunalar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida memorandum; Sport sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida memorandum; Neft, gaz va neft-kimyo tarmoqlaridagi hamkorlik to‘g‘risida memorandum; «Chobahor» porti orqali xalqaro yuk tashishlar va tranzitni amalga oshirish to‘g‘risida memorandum; 2022-2024 yillarda tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik dasturi; Bandlik va mehnat munosabatlari masalalari bo‘yicha memorandum. Mirziyoyev va Jingping 15-sentabr kuni Kongress markazida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy raisi Si Jinpingning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi[3]. Mintaqa taraqqiyoti va transport jihatidan o‘zaro bog‘liqligi uchun strategik ahamiyatga ega “Xitoy – Qirg‘iziston –O‘zbekiston” temiryo‘li qurilishini boshlash to‘g‘risida kelishuvga erishilgani qayd etildi. Gumanitar hamkorlik, sog‘liqni saqlash, vaksinalar ishlab chiqarish, fan, ta’lim va madaniyat sohalaridagi qo‘shma dasturlarni kengaytirish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi. 2023-yilda o‘zaro do‘stlik va anglashuvni yanada mustahkamlashga xizmat qiladigan «O‘zbekiston va Xitoy xalqlari madaniyati va san’ati yili»ni o‘tkazishga kelishib olindi. Uchrashuv yakunida umumiy qiymati 15 mlrd dollarlik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi. Muzokaralar yakunida Si Jinping O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Proceedings of International Scientific Conference on Multidisciplinary Studies Hosted online from Moscow, Russia Date: 11th October, 2022 Website: econferenceseries.com 21 | Page javob tashrifi bilan Xitoyga borishga taklif etdi. Shundan soʻng Xitoy raisi Si Jinpingga O‘zbekistonning oliy davlat mukofoti — «Oliy Darajali Do‘stlik» ordenini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Xitoy raisi ushbu ordeniga sazovor bo‘lgan birinchi xorijiy davlat rahbari bo‘ldi.Ushbu tadbirlar tugagach ikki raxbar Samarqanddagi «Buyuk ipak yo‘li» xalqaro turizm markazi bog‘ida birgalikda daraxt ekishdi. Mirziyoyev va Sharif O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ShHT sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga kelgan Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bilan uchrashuv o‘tkazdi. Shahboz Sharif samimiy qabul tashakkur izhor etdi. Raxbarlar ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va transport-tranzit sohasidagi hamkorlik, logistika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalariga e’tibor qaratishdi. Transafg‘on temir yo‘li loyihasini tezlashtirish, savdo uchun to‘siqlarni bartaraf etish, tovarlarni o‘zaro yetkazib berish masalalarini batafsil ko‘rib chiqildi. Mirziyoyev va Aliyev 15-sentabr kuni prezidenti Shavkat Mirziyoyev ShHT sammitida faxriy mehmon sifatida ishtirok etish uchun Samarqandga kelgan Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda O‘zbekiston-Ozarboyjon strategik sheriklik va amaliy hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlash asosiy vazifalari batafsil ko‘rib chiqildi. Samarqanddagi Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti kun tartibi kelishib olindi. Mirziyoyev va Rahmon 15-sentabr kuni Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan muzokara o‘tkazdi. Prezidentlar ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil kengayib, mustahkamlanayotganini qayd etishdi. Davlat rahbarlari mamlakatlar va butun mintaqa manfaatlariga javob beruvchi loyiha — «Yavon» GESni barpo etish bo‘yicha ishlar boshlangani muhim ahamiyat kasb etishini takidlashdi, dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashishdi.Mirziyoyev va Lukashenko Oʻzbekiston prezidenti 15-sentabr kuni ShHT sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga kelgan Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan ham uchrashuv o‘tkazdi. Eʼtiborlisi Lukoshenko ushbu uchrashuvga galustuk taqmagan holda keldi. Lukoshenko Belarusni ushbu nufuzli xalqaro tuzilmaga qabul qilish Proceedings of International Scientific Conference on Multidisciplinary Studies Hosted online from Moscow, Russia Date: 11th October, 2022 Website: econferenceseries.com 22 | P a g e tartibotini boshlash masalasini qo‘llab-quvvatlagani uchun Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi.Tomonlar ikki mamlakatda savdo uylari va logistika markazlari tarmog‘ini kengaytirish, oziq-ovqatni tezlashtirilgan tarzda yetkazib berish bo‘yicha «Agroekspress» loyihasini ishga tushirish, tovarlar kelib chiqishini sertifikatlashtirish bo‘yicha elektron tizimni joriy qilishga kelishib oldilar.O‘zbekiston va Belarus raxbarlari mashinasozlik, agrosanoat, kimyo, farmatsevtika va elektrotexnika tarmoqlarida sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha o‘zaro manfaatli sheriklikni ilgari surish zarurligini qayd etib, davlatlar hududlari salohiyatidan samarali foydalanish muhimligi ta’kidladilar. Mirziyoyev O‘zbekistonda ikkinchi hududlararo forumni o‘tkazishni taklif qildi. Mirziyoyev va Berdimuhamedov 15-sentabr kuni prezidenti Shavkat Mirziyoyev ShHT sammiti faxriy mehmoni sifatida Samarqandga kelgan Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Turkmaniston prezidenti O‘zbekistonda unga ko‘rsatilgan mehmondo‘stlik uchun Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirdi. Turkmaniston milliy kengashi xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning salomini yetkazdi. 15-sentabr kuni Shavkat Mirziyoyev ShHT sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan mamlakatga kelgan Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Japarov Mirziyoyevga mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi.Butun Markaziy Osiyo mintaqasi rivojiga xizmat qiladigan «XitoyQirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li va «Qambarota-1» GESi qurilishini tez fursatda boshlash muhimligiga e’tibor qaratilib, oliy darajadagi muloqotlar rejasi va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi. Mirziyoyev va Putin 15-sentabr kuni prezidenti Shavkat Mirziyoyev va ShHT sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga tashrif buyurgan Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara o‘tkazdi. Raxbarlar elektronika, farmatsevtika, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida industrial-texnologik sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha kompleks harakatlar rejasini qabul qilishga, O‘zbekiston hududlarida qo‘shma sanoat parklarini tashkil etish, joriy yil oktabr oyida O‘zbekiston va Rossiya hududlarining navbatdagi forumini o‘tkazishga kelishib oldilar. Ushbu tashrif doirasida mashinasozlik, kimyo, neftkimyo va geologiya sohalari bo‘yicha 4,6 milliard dollarlik yangi investitsiya bitimlari imzolanishi qayd etildi.O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadovning ma’lum qilishiga koʻra, Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Proceedings of International Scientific Conference on Multidisciplinary Studies Hosted online from Moscow, Russia Date: 11th October, 2022 ISSN: XXXX-XXXX Website: econferenceseries.com 23 | P a g e O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasida keng qamrovli strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladilar. Putin O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevni Rossiyaning «Aleksandr Nevskiy» ordeni bilan taqdirladi.Mirziyoyev va Erdoʻgʻon 16-sentabr kuni ShHTning Samarqand sammiti doirasida prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan uchrashdi. Uchrashuvda Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitining rejasi ko‘rib chiqildi. Qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va charm sanoati, elektrotexnika, transport, innovatsiyalar, yuqori texnologiyalar, turizm va madaniyat sohalarida yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi. Mirziyoyev va Modi 16-sentabr kuni Samarqandda prezident Shavkat Mirziyoyev ShHT sammitida Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Mirziyoyev Modini Hindiston mustaqilligining 75 yilligi bilan tabrikladi. IT, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi va turizm sohalarida investitsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda6.



Download 282.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling