Iqtisodiyot kafedrasi global iqtisodiy rivojlanish


O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qayta moliyalashtiriladigan Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining kreditini qoplash


Download 282.86 Kb.
bet6/8
Sana16.11.2023
Hajmi282.86 Kb.
#1778370
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Shanxay hamkorlik tashkiloti Ro`zumboy-1

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qayta moliyalashtiriladigan Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining kreditini qoplash
PROGNOZ JADVALI

Kredit miqdori

25 million AQSh dollari

Kredit muddati

5 yil, shu jumladan imtiyozli davr - 2 yil

Stavka foizi

Yillik 2,00% (bank marjasi - 0,00%)










minglab AQSh dollari

Qamrov muddatlari

Qabul qilish miqdori

To'lov miqdori

Umumiy to'lov miqdori *

asosiy qarz

qiziqish *

2019 yilning ikkinchi yarmi

25 000,0




-

-

2020 yilning birinchi yarmi







250,68

250,68

2020 yilning ikkinchi yarmi







249.32

249.32

2021 yilning birinchi yarmi







250,68

250,68

2021 yilning ikkinchi yarmi




3 571.43

250,68

3 822.11

2022 yilning birinchi yarmi




3 571.43

214.87

3 786.30

2022 yilning ikkinchi yarmi




3 571.43

178.08

3 749.51

2023 yilning birinchi yarmi




3 571.43

143.25

3 714.68

2023 yilning ikkinchi yarmi




3 571.43

106.85

3 678.28

2024 yilning birinchi yarmi




3 571.43

71.62

3 643.05

2024 yilning ikkinchi yarmi




3 571.42

35.62

3 607.04

Jami

25 000,0

25 000,0

1 751.66

26 751,66



2.3. SHHT transmintaqaviy tashkilotga aylanmoqda
Keyingi yillarda amalga oshirilgan qurilish-bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari, qad rostlagan yangi binolar va yaratilgan imkoniyatlar tufayli bu qadimiy va hamisha navqiron kent dunyoning ko‘zga ko‘ringan shaharlari darajasiga yetgan. Bugun Samarqand dunyo miqyosidagi yiriq xalqaro tadbirlarni o‘tkazishga tayyor.
Dunyoning geosiyosatiga, geostrategiyasiga ta’sir o‘tkazadigan xalqaro sammitning Samarqand shahrida o‘tkazilishi ham o‘ziga xos bir ma’noga ega. Chunki Samarqand tarixiy shahar bo‘lishi bilan birga, nafaqat Markaziy Osiyo, balki dunyo ilm-fani rivojiga, sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan maskan.
Samarqandda o‘tkaziladigan SHHTning navbatdagi sammitida muhokama etiladigan masalalar, kutilayotgan o‘zgarishlar, qabul qilinadigan qarorlar SHHTga a’zo mamlakatlar xalqlari manfaatiga, shuningdek, butun dunyo geosiyosati, iqtisodiyoti va madaniyatiga ta’sir ko‘rsatadi.
Ta’kidlash kerakki, bugun tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasida barqarorlik yuzaga kelgan va bu pozitiv holat boshqa mintaqalarga ham o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatmoqda.
Jumladan, tashkilotga Hindiston va Pokistondek Janubiy Osiyoning yetakchi mamlakatlari a’zo bo‘lganligi Yevroosiyoning ichki hududiga, shu bilan birga Janubiy Osiyoga ham transformatsiya eshiklarini ochdi. Shuningdek, Eron Islom Respublikasining bu tashkilotga a’zo bo‘layotgani va bu Samarqandda amalga oshirilayotgani tashkilot imkoniyatlarining ta’siri yaqin Sharq mintaqasiga yoyilayotganidan darak beradi.
Bu esa SHHTning mintaqaviy emas, transmintaqaviy tashkilotga aylanayotganini ko‘rsatmoqda.
Samarqandda 13 yil yashash, o‘qish va ishlash baxtiga erishgan inson sifatida aytishim kerakki, bugun bu yer butunlay boshqa shaharga aylangan.
Shaharda keyingi yillarda amalga oshirilgan qurilish-bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari, qad rostlagan yangi binolar va yaratilgan imkoniyatlar tufayli bu qadimiy va hamisha navqiron kent dunyoning ko‘zga ko‘ringan shaharlari darajasiga yetgan.
Bugun Samarqand dunyo miqyosidagi yirik xalqaro tadbirlarni o‘tkazishga tayyor.
Dunyoning geosiyosatiga, geostrategiyasiga ta’sir o‘tkazadigan xalqaro sammitning Samarqand shahrida o‘tkazilishi ham o‘ziga xos bir ma’noga ega. Chunki Samarqand tarixiy shahar bo‘lishi bilan birga, nafaqat Markaziy Osiyo, balki dunyo ilm-fani rivojiga, sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan maskan.
Samarqandda o‘tkaziladigan ShHTning navbatdagi sammitida muhokama etiladigan masalalar, kutilayotgan o‘zgarishlar, qabul qilinadigan qarorlar ShHTga a’zo mamlakatlar xalqlari manfaatiga, shuningdek, butun dunyo geosiyosati, iqtisodiyoti va madaniyatiga ta’sir ko‘rsatadi.
Ta’kidlash kerakki, bugun tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasida barqarorlik yuzaga kelgan va bu pozitiv holat boshqa mintaqalarga ham o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatmoqda.
Jumladan, tashkilotga Hindiston va Pokistondek Janubiy Osiyoning yetakchi mamlakatlarining a’zo bo‘lganligi Yevroosiyoning ichki hududiga, shu bilan birga Janubiy Osiyoga ham transformatsiya eshiklarini ochdi. Shuningdek, Eron islom respublikasining bu tashkilotga to‘la huquqli a’zo sifatida qo‘shilayotgani va bu Samarqandda amalga oshirilayotgani tashkilot imkoniyatlarining ta’siri yaqin Sharq mintaqasiga yoyilayotganidan darak beradi. Bu esa ShHTning mintaqaviy emas, transmintaqaviy tashkilotga aylanayotganini ko‘rsatmoqda.
ShHTning Nur-Sulton shahrida 2017-yilda bo‘lib o‘tgan sammitida Shavkat Mirziyoyev birinchi marta davlat rahbari sifatida ishtirok etdi. Savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, tashkilotning o‘zaro bog‘liq transport tarkibiy qismini takomillashtirish muhimligini taʼkidladi va temir yo‘l maʼmuriyatlari rahbarlarining mintaqaviy transportni rivojlantirish bo‘yicha uchrashuvlari mexanizmini yaratishni taklif qildi.
Ushbu tashabbus muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. 2018-2019-yillarda temir yo‘l maʼmuriyatlari rahbarlarining ikkita yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, ushbu mexanizmning 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan ish rejasi va O‘zbekiston tomonidan ishlab chiqilgan ShHT mamlakatlari temir yo‘l maʼmuriyatlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik konsepsiyasi tasdiqlandi.
Shubhasiz, hamkorlikning ushbu yo‘nalishi juda dolzarbdir. ShHT makonida 310 ming kilometrdan ortiq temir yo‘l qurildi, ulardan butun mintaqaning tranzit salohiyatini oshirish va savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun to‘liq foydalanish kerak.
Yevropa Komissiyasining maʼlumotlariga ko‘ra, temir yo‘l transporti havo transportidan arzon va dengiz transportidan tezroq bo‘lishiga qaramasdan, Xitoy bilan Yevropa o‘rtasida savdo hajmining atigi 1 foizi ushbu transport vositaga to‘g‘ri kelmoqda. Bu ShHT makonida temir yo‘l orqali yuk tashish sohasida hamkorlik uchun katta imkoniyatlar mavjudligidan dalolat beradi.
Shu bilan birga, koronavirus epidemiyasi havo, dengiz va quruqlik transportida qator to‘siqlarni keltirib chiqarganini hisobga olsak, Xitoy – Yevropa yo‘nalishidagi yuk poyezdlari uzluksiz savdo oqimlarini taʼminlash uchun muhim logistik vositaga aylandi. Joriy yilning may oyida ushbu yo‘nalishdagi yuk poyezdlari soni rekord darajaga – 1 ming 33 tani tashkil qildi, bu o‘tgan yilning may oyiga nisbatan 43 foizga ko‘pdir.
Aynan shu bois O‘zbekiston tomoni ilgari surgan Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘lining qurilishi Xitoyni Yaqin Sharq va Yevropa mamlakatlari bilan bog‘laydigan istiqbolli yo‘nalishlardan biriga aylanishi kerak. Joriy yil 5 iyun kuni Gansu provinsiyasidagi (Xitoy) Lanchjou temir yo‘l stansiyasidan Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston multimodal transport yo‘lagi bo‘ylab birinchi blok poyezdining yo‘lga qo‘yilishi muhim voqea bo‘ldi.
Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston tomoni ilgari surgan Shanxay hamkorlik tashkilotining xalqaro transport-logistika assotsiatsiyasini tuzish to‘g‘risidagi tashabbusi ham diqqatga sazovordir. Ushbu taklif «Toshkent – Andijon – O‘sh – Irkeshtom – Qoshg‘ar» yangi transport yo‘lagini ishga tushirish bo‘yicha kelishuvlar fonida dolzarb bo‘lib, uning doirasida savdo-logistika markazlari qurilmoqda. Bu esa ShHTga aʼzo davlatlarning tranzit salohiyatini va savdo-iqtisodiy mintaqalararo hamkorligini rivojlantirishga yordam beradi.
Afg‘onistonlik sheriklar ushbu yo‘lakdan yuklarni temir yo‘l orqali Mozori Sharifdan Andijongacha, undan keyin esa Xitoygacha avtomobil yo‘llari orqali tashish borasida qiziqish bildirmoqda. Bundan tashqari, O‘zbekiston, Tojikiston va Xitoy Toshkent – Termiz – Dushanbe – Qoshg‘ar yo‘nalishi bo‘yicha 1 ming 422 kilometr uzunlikdagi yangi yo‘lak yo‘lini qurishni rejalashtirmoqda.
-Sultonda o‘tgan sammitda O‘zbekiston rahbari yoshlarning taʼlimi, maʼnaviy-axloqiy tarbiyasiga eʼtibor berib, ularning turli radikal oqimlar faoliyatiga jalb qilinishining oldini olish choralarini kuchaytirish muhimligini ham taʼkidladi.
Ushbu tashabbusning amaliy ifodasi 2018-yilda ShHTga aʼzo mamlakatlar davlat rahbarlari tomonidan yoshlarga qo‘shma murojaat va uni amalga oshirish bo‘yicha Harakatlar dasturining qabul qilinishida namoyon bo‘ldi. Bu tashkilotimizning yoshlar mexanizmlari faoliyati uchun qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan, aʼzo davlatlar o‘rtasida o‘zaro ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va do‘stlikni mustahkamlashga qaratilgan ShHTning O‘zbekiston Respublikasidagi Xalq diplomatiyasi markazi bu borada alohida o‘rin tutadi.
O‘zbekiston savdo-iqtisodiy aloqalarni izchil chuqurlashtirish, zamonaviy resurslarni tejaydigan va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish, ishbilarmonlik aloqalarini faollashtirish, ShHT shaharlari va mintaqalarining sayyohlik salohiyatini ochib berish tarafdori.
Ushbu intilishlarning yorqin namunasi sifatida 2019-yil Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar hukumat rahbarlarining Toshkentda o‘tgan uchrashuvidan keyin O‘zbekistonning tegishli vazirlik va idoralari tomonidan ishlab chiqilgan ShHTga aʼzo davlatlar ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorligining yangi Dasturi tasdiqlandi. Shuningdek, O‘zbekiston tomonining tashabbusi bilan Mintaqalararo hamkorlik dasturi, Raqamlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi hamkorlik konsepsiyasi qabul qilindi.
Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining 2018 yil Sindao shahrida bo‘lib o‘tgan majlisida O‘zbekiston rahbari eksport-import amaliyotlarini soddalashtirish orqali savdo hajmining yana-da o‘sishini taʼminlash zarurligini taʼkidladi. Davlat-xususiy sheriklik tamoyillariga asoslangan agrosanoat klasterlarini shakllantirish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berishda "Yashil yo‘laklar" tarmog‘ini kengaytirish muhimligi taʼkidlandi.
Shavkat Mirziyoyev har yili Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar hukumatlari va ishbilarmon doiralari ishtirokida Axborot texnologiyalari va innovatsion rivojlanish forumini o‘tkazish taklif etilayotgan innovatsion dastur va loyihalarni birgalikda amalga oshirish, muqobil energiya va zamonaviy tibbiyotni rivojlantirish uchun kuchlarni birlashtirishga chaqirdi.
Shuni taʼkidlashni istardimki, so‘nggi yillarda O‘zbekiston siyosatida barqaror yuqorilash kuzatilmoqda, mintaqaviy xavfsizlik asoslari mustahkamlanmoqda, butun Markaziy Osiyoning izchil rivojlanishi uchun sharoit yaratilmoqda, do‘stona muhit va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratilgan.
Shubhasiz, O‘zbekiston rahbarining tashabbusi bilan boshlangan Markaziy Osiyo davlatlarining Maslahat uchrashuvi mexanizmi ushbu tendensiyalarga faol hissa qo‘shmoqda. Ushbu "muloqot maydoni" xavfsizlik, iqtisodiyot, transport, qishloq xo‘jaligi, sanoat kooperatsiyasi, energetika, suv va turizm sohalarida hamkorlikni yana-da rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini har tomonlama ko‘rib chiqishga imkon beradi.
O‘zbekistonning mintaqaviy siyosati Markaziy Osiyoda kuchli "xavfsizlik kamarini" yaratish niyatida ekanini namoyish etadi. Toshkent mintaqaning barqarorligi ko‘p jihatdan Afg‘onistondagi vaziyat bilan bog‘liq ekanini yaxshi his etadi. Taʼkidlash joiz, O‘zbekiston tomoni Afg‘onistonni tinchlik va barqarorlikka tahdid manbai sifatida ko‘rmaydi, balki noyob strategik imkoniyat, deb biladi. Mamlakat sifatida tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish Yevroosiyoda mintaqalararo hamkorlikni chuqurlashtirish uchun tubdan yangi turtki berishi mumkinligini qayd etadi.
Shu munosabat bilan Toshkentning Afg‘oniston yo‘nalishidagi siyosatining yangi yo‘nalishi - bu Afg‘onistonning mintaqaviy savdo-iqtisodiy, transport, kommunikatsiya va energetika munosabatlariga integratsiyalashuviga har tomonlama yordam berishdir. O‘zbekiston Afg‘onistonni mintaqaviy aloqalarga jalb etishda har tomonlama yordam bermoqda, Surxon – Puli Xumri elektr uzatish liniyasi qurilmoqda, Mozori Sharif – Hirot va Mozori Sharif – Kobul – Peshovar temir yo‘llari qurilishi bo‘yicha strategik loyihalar ishlab chiqilmoqda, Afg‘oniston fuqarolarini Termizda o‘qitish bo‘yicha o‘quv markazi ochilgan.
Umuman olganda, O‘zbekiston ShHTga aʼzo davlatlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikning izchil mustahkamlanishi va tashkilotning xalqaro maydondagi obro‘yini doimiy oshirilishini qo‘llab-quvvatlaydi. ShHT Kotibiyati, o‘z navbatida, aʼzo davlatlar bilan hamkorlikda ShHT mamlakatlarining kelishuvlari va tashabbuslarini amaliy maʼnoda amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda.
Koronavirus pandemiyasi davlatlararo munosabatlarga va xalqaro tuzilmalar ishiga salbiy taʼsir ko‘rsatdi. Bu ShHT doirasidagi hamkorlikda ham sezildimi? ShHT inqirozga qarshi qanday choralar ko‘rmoqda?
– Mavjud vaziyat davlatlararo tuzilmalar uchun ham jiddiy chaqiriq bo‘ldi. Koronavirus epidemiyasining tarqalishi sabab muvofiqlashtiruvchi organ sifatida ish olib boruvchi ShHT Kotibiyati tuzilma doirasida birgalikda saʼy-harakatlarni tashkil etish bo‘yicha qator taklif va tashabbuslarni ilgari surdi. Epidemiya cheklovlarini hisobga olib, hozirgi kunda muvofiqlashtirish ishlari asosan onlayn rejimda amalga oshirilmoqda8.
XULOSA
Shanhay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammitiga mezbonlik qilishday muhim jarayon arafasidamiz. Shu paytgacha ham O‘zbekiston SHHTga raislik qilgan. Ammo bu galgi raislik so‘nggi olti yil ichida mamlakatimizning faol va ochiq tashqi siyosatining mahsuli sifatida muhim tashabbus va g‘oyalari amalga oshirilgani, tashkilot doirasidagi barcha tuzilmalar faol ish olib borgani va 80 dan ortiq tadbirlar tashkil etilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Yana bir e’tiborli tomoni tashkilot davlat rahbarlari kengashi so‘nggi uch yil ichida birinchi marta yuzma-yuz formatda bo‘lib o‘tayotganidir. Uchrashuv joyi sifatida Samarqandning tanlanishi esa bu qadimiy shaharning tarixiy ahamiyati bilan bog‘liq. Binobarin, Samarqand Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida joylashgan 2750 yillik tarixga ega shahar bo‘lib, azaldan sivilizatsiya markazi, G‘arb va Sharqni bog‘lovchi ko‘prikdir. Keyingi yillarda Samarqand bir qator yirik forumlarga mezbonlik qildi, xalqaro diplomatiyada “Samarqand ruhi” degan tushuncha paydo bo‘ldi. Ishonamizki, SHHTning bu galgi sammiti ana shu tushunchaning bejiz paydo bo‘lmagani va uning ahamiyati yana bir bor butun dunyoga namoyon etadi.
Sammitda 15 davlat va hukumat rahbari, o‘nga yaqin xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. Unda tashkilot tarixida ilk bor 30 ga yaqin hujjat ko‘rib chiqiladi va muhokama etiladi. Mazkur hujjatlar tashkilotning mintaqa va dunyo miqyosidagi o‘rni va rolini oshirishga xizmat qiladi. SHHTga a’zo, kuzatuvchi va hamkor davlatlar, xalqaro tashkilotlar bilan ko‘p tomonlama hamkorlik aloqalarining uzoq istiqbolini belgilab beradi.
Bugun mazkur nufuzli sammit oldidan matbuotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining SHHT hamda ushbu tashkilotda O‘zbekistonning roli bo‘yicha fikrlari bayon etilgan maqola e’lon qilindi. Maqolada bugungi murakkab xalqaro jarayonlar, iqlim o‘zgarishi va boshqa qator muammolar voqeligida mamlakatlarning ko‘p qirrali munosabatlari ahamiyati xususida so‘z borgan. Ushbu vaziyatda davlatlarning birgalikda harakat qilishi nechog‘lik muhim ahamiyat kasb etishi, ayni paytda biror bir davlat muammolariga yakka holda yechim topmasligi xususida fikrlar bildirilgan. Xalqaro munosabatlarda har bir davlat manfaatlarini hisobga olish va hurmat qilishga asoslangan konstruktiv muloqot va ko‘p tomonlama hamkorlik zarurligi ta’kidlangan. Bu nafaqat bir davlat va mintaqa, balki insoniyatning xavfsiz va barqaror rivojlanishiga xizmat qiladigan ko‘p tomonlama institutlar doirasida amalga oshirilishi mumkin. SHHT ana shunday hamkorlikning yorqin ifodasi sifatida qayd etilgan maqolada.
Bugun mazkur tashkilot dunyodagi eng yirik mintaqaviy tashkilotlardan biri bo‘lib, u Yevroosiyo 60 foizini va sayyoramiz aholisining qariyb yarmini qamrab oladi. SHHTning o‘ziga xos jozibadorligi – bu ochiqlik, tenglik va o‘zaro hurmat, uchinchi davlatlar yoki xalqaro tashkilotlarga qarshi yo‘naltirilmaslik, ichki ishlarga aralashishdan bosh tortish, siyosiy qarama-qarshilikning oldini olishga asoslangan tamoyillarga egaligidir SHHTning Samarqand sammiti ana shu qarashlarni ifoda etib, sayyoramiz tinchligi va xavfsizligi, dunyo mamlakatlari taraqqiyoti va farovonligiga xizmat qiladi, albatta.
Ana shu sammitda „beshlik“ negizida koʻp tarmoqli tashkilot tuzish toʻgʻrisida taklif ilgari surildi. SHHT taʼsischilaridan biri sifatida ishtirok etish haqidagi qarorni Oʻzbekiston oʻz milliy manfaatlaridan kelib chiqib, Markaziy Osiyo mintaqasidagi harbiy-siyosiy vaziyatni hisobga olgan holda qabul qildi. Shanxay sammitida (2001-yil iyun) yangi tashkilotning maqsad va prinsiplarini eʼlon qilgan Deklaratsiya, shuningdek, Terrorizm, ayirmachilik va ekstremizmga qarshi kurash toʻgʻrisidagi konvensiya qabul qilindi. Tashkilotning Sankt-Peterburgda boʻlgan 2-sammitida (2002-yil iyun) ustav hujjati — SHHT Xartiyasiga imzo chekildi. SHHT ning oliy organi Davlat boshliqlari kengashidir. Tashkilot strukturasi Hukumat boshliqlari (bosh vazirlar) kengashi, Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Tarmoq vazirliklari va idoralari rahbarlari kengashi, Milliy muvofiqlashtiruvchilar kengashi va doimiy ishlovchi Kotibiyat (Pekin shahrida joylashgan) hamda Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT; Toshkent shahrida joylashgan)dan iborat.

Download 282.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling