Iqtisodiyot kafedrasi iqtisodiy ta’limotlar tarixi


O’rta Osiyodagi iqtisodiy g’oyalar


Download 0.76 Mb.
bet12/101
Sana09.05.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1447324
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   101
Bog'liq
МАЪРУЗАЛАР МАТНИ

2. O’rta Osiyodagi iqtisodiy g’oyalar
O’rta Osiyo mustaqil davlatlarining tashkil topishi, Yaqin va O’rta SHarq mamlakatlari bilan aloqalarning kuchayishi ularning fan va madaniyatining yana ham rivojlanishiga katta turtki bo’ldi. O’rta Osiyo X-XIV asrlarda SHarqda ilg’or ijtimoiy tafakkurlar rivojlangan bir markazga aylandi. Bu davrda dunyoga mashhur bo’lgan Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Yusuf Xos Hojib va boshqa ko’plab olim va shoirlar yetishib chiqdi. Ularning asarlarida iqtisodiy fikrlar ham o’z aksini topgan. Biz ularni quyida ko’rib chiqamiz.


A) Forobiyning iqtisodiy fikrlari
O’rta asr davrida ilg’or iqtisodiy fikrlarni ilgari surgan buyuk mutafakkirlardan biri, Aristotelning izdoshi, uning asarlarini tahlil qilgan «ikkinchi muallim» Abu Nosir Forobiy (873-950) hisoblanadi. U ko’p qirrali olim bo’lib, o’z bilimini oshirish yo’lida tinmay mehnat qilgan, qaysi yurtda mashhur olim borligini eshitishi bilan suhbatlashib, undan saboq olish uchun yo’lga chiqqan. U 70 dan ko’p tilni bilgan.
Forobiy bir asarni bir marta o’qib tushunolmasa, uni qayta-qayta o’qirdi. Aristotelning «Jon haqida» asarining Forobiy o’qigan nushasi topilgan bo’lib, kitob chetiga uning tomonidan «Men bu kitobni yuz marta o’qidim», boshqa bir kitobda esa «Bu kitobni qirq marta o’qidim, lekin yana o’qishim kerak», deb yozilgan. Forobiy Aristotel asarlarini o’qib o’rganish bilan birga, ularga sharhlar ham yozgan. Buyuk alloma Ibn Sino Aristotelning «Metafizika» asarini Forobiy yozgan sharhlar yordami bilangina to’liq tushundim deb yozgan.
Forobiy ilm izlab jahon kezgan. SHunday paytlarda uning hayotida quyidagi qiziq bir voqea sodir bo’lgan. O’rta asrda SHarqning mashhur shaharlaridan biri – Damashq hokimi haftada bir kun olimlarni yig’ib suhbat o’tkazar ekan. SHunda u saroy darvozasini ochib qo’yar, istagan kishi u yerga kirib, yig’ilganlar suhbatidan bahramand bo’larkan. SHunday kunlarning birida u yerga borib qolgan Forobiy olimlar bilan suhbat qurib o’tirgan hokimning saroyiga kirib qoladi. Hokim uni ham o’tirishga taklif etadi. SHunda Forobiy: «qaerga o’tiray, o’zimga loyiq joygami yoki bo’sh joygami», deb so’raydi. «O’zingga loyiq joyga o’tiraqol», deydi hokim. SHunda Forobiy to’ppa-to’g’ri hokimning yoniga borib o’tiradi. U bundan jahli chiqib boshqalarga sirli bo’lgan tilda soqchiga: «Bu turk odobsizlik qildi, uni ahloqsizligi uchun ketayotganda jazolanglar», deydi. SHunda Forobiy «Men hech qanday gunoh qilganim yo’q-ku, nima uchun meni jazolashga buyurasiz», deb so’raydi. Bu savolni eshitib xayron bo’lgan hokim: «Bu tilni hech kim bilmaydi-ku, sen qaerdan va kimdan o’rgangansan?», -deydi. «Men ko’p tillarni o’rganganman», javob beradi Forobiy. SHu vaqt o’tirgan olimlarning biri bir masalani o’rtaga tashlaydi. Yig’ilganlar o’rtasida qizg’in munozara boshlanib ketadi. Hech kim bu masalaga to’g’ri javob bera olmaydi. SHunda Forobiy uni har tomonlama tushuntirib beradi. SHunda hokim Forobiydan: «Sen «ikkinchi muallim» emasmisan?», deb so’raydi. Forobiy tasdiqlovchi ishora qiladi.
«Ikkinchi muallim» bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan moddiy ehtiyojlar to’g’risida ta’limot yaratdi. Uning fikricha, odamlarning ehtiyoji jamiyat shakllanishining asosiy sababidir. «Tabiatan har bir odam shunday yaralganki, u yashashi va kamol topishi uchun ko’p narsalarga ehtiyoj sezadi. Ularni u bir o’zi topa olmaydi va ularga erishish uchun kishilar jamoasiga muxtoj bo’ladiki, uning har biri u ehtiyoj sezayotgan narsalardan biron-birini beradi. Bunda har bir odam boshqalarga nisbatan xuddi shunday holatda bo’ladi». Jamiyat shakllanishi uchun moddiy ehtiyojlar bunday tushuncha o’sha davrdagi ilg’or fikrlardan hisoblanadi. SHu bilan birga moddiy boylik yaratishdagi mehnat va mehnat qurollarining rolini, har xil xunar turlarini o’qtirib o’tagach, u qullikka keskin qarshi chiqdi.
Forobiy, Platonga o’xshab ideal tuzum to’g’risida tafakkur yuritdi. U kelajak haqida o’ylab, baxtga erishishning zarur va birlamchi shartini tashkil etuvchi o’zaro yordam va do’stlik tufayli bo’ladigan shaharni ideal shahar deb hisoblagan; yer yuzida barcha xalqlarning o’zaro yordami asosida bir butun yagona jamiyat qurish mumkinligi to’g’risida, mahsulotlarni adolatli taqsimlash haqida fikrlar bildirgan. Ammo Forobiy mazkur o’zaro yordamning iqtisodiy asosi – mehnat mahsulotlarini ayirboshlashning zarurligini ko’rsatib bera olmadi. SHu narsani qayd qilib o’tish kerakki, Forobiy iqtisodiy savollarni ikkinchi o’ringa surib qo’ydi. Bu ayniqsa uning davlat to’g’risidagi talqinida ko’rinadi, unda adolat o’rnatish, ommani ma’rifatli qilish uning asosiy funktsiyalaridan deb e’tirof etiladi



Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling