Iqtisodiyot kafedrasi iqtisodiy ta’limotlar tarixi
Merkantalizmning nazariy va metodologik xususiyatlari
Download 0.76 Mb.
|
МАЪРУЗАЛАР МАТНИ
1. Merkantalizmning nazariy va metodologik xususiyatlari
Merkantalizm eng avvalo davlatning iqtisodiy siyosatini ifoda etgan, uning amaliy faoliyati uchun tavsiyalar ishlab chiqqan. Merkantalistlar tadqiqotining maqsadi reallik sifatidagi iqtisodiyotni tahlil qilish emas, balki hukumatga amaliy maslahatlar berishdir. SHuning uchun ular davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini qo’llab quvvatladilar, yuqori soliq stavkasini va davlat xara-jatlarini himoya qildilar. Merkantalistlarning ilmiy dunyoqarash printsiplari quyidagilar bilan xarakterlanadi: har qanday oltin va qimmatbaho narsalarga boylik sifatida qarash; mamlakatga oltin va kumushning oqib kelishini ta’minlash maqsadida tashqi savdoni tartiblash; arzon xom ashyoni import qilish yo’li bilan sanoatni rag’batlantirish; import qilinadigan sanoat tovarlariga protektsionistik tariflarni belgilash; eksportni, ayniqsa tayyor mahsulotlar eksportini rag’batlantirish; ish haqining past darajasini ushlab turish uchun aholining o’sishi. Milliy farovonlikning zaruriy sharti sifatidagi aktiv savdo balansi doktrinasi, shak-shubhasiz merkantalizmning asosi hisoblanadi. SHu narsani qayd qilib o’tish kerakki, uzoq yillar davomida boylikning, halq farovonligining asosi mehnat, yer, dehqonchilik va chorvachilik, xunarmandchilik deb kelinar edi (uni biz yuqorida ko’rib chiqdik). Lekin XV asrga kelib vaziyat keskin o’zgardi. Avvalo natural xo’jalik tuzumining yemirilishi, tovar-pul munosabatlarining o’sishi, fan va madaniyatning yuksalishi, ayniqsa yangi yerlarning ochilishi, buyuk geografik kashfiyotlar, mustamlakachilik tuzumining paydo bo’lishi, birinchi navbatda, savdoning tez rivojlanishiga turtki bo’ldi. Noekvivalent savdo tufayli metropoliyalar mustamlakalar hisobiga beqiyos boyidi. Mana shu davrga kelib jamiyatning boyishida savdoning rolini asoslab berishga uringan merkantalizm qarashlarida noelastik talab va eksportning importdan ko’p bo’lishining maqsadga muvofiqligi, kapital eksportini rag’batlantirish va jamiyat ishlarini qo’llab-quvvatlash tushunchalari ustunlik qilgan, shuningdek «qo’shningni quritsang» go’yoki millat boy bo’ladi kabi noto’g’ri siyosat ilgari surilgan. Demak, merkantalizm bozor iqtisodiy munosabatlarining vujudga kelish davridagi birinchi iqtisodiy tafakkurlar maktabi sifatida bir qator nazariy – metodologik xususiyatlarga ega. Ularning mohiyati shunga kelib taqaldi, ya’ni merkantalistlar: tadqiqot predmeti (iqtisodiy tahlil) sifatida muomala sohasini tekshirishni afzal ko’rdilar, buning ustiga ishlab chiqarish sohasidan ajralgan holda; tadqiqot usuli sifatida asosan iqtisodiy hodisalarning tasodifiy yuzaki tashqi ko’rinishini ifoda etishga olib keluvchi va iqtisodiyotning barcha sohalarini sistemali tarzda tahlil qilish imkoniyatini istisno etuvchi empirizm (nazariyadan ko’ra amaliy faoliyatga ko’proq moyil bo’lishlik) dan foydalandilar; pulning paydo bo’lishini odamlarning sun’iy ixtirosi natijasi deb hisobladilar, pulning o’zini esa boylik bilan bir narsa deb qaradilar; pul qiymati (qimmati) ning kelib chiqishini oltin va kumush pullarning «tabiiy xususiyati» va mamlakatdagi ularning miqdori bilan bog’lab talqin qildilar; mehnat taklifining oshishini yuqori ish haqi bilan emas, balki past ish haqi zarurligi bilan bog’lab ko’rsatdilar; iqtisodiy o’sishni davlatning tashqi savdoni tartiblashi va savdo balansida ijobiy saldoga erishish tufayli mamlakat pul boyligining ko’payishi natijasi sifatida qaradilar. SHu bilan birga, merkantalistik maktabning bu va boshqa qoidalari iqtisodiy adabiyotda an’anaviy ravishda uning rivojlanishidagi ikki bosqich - dastlabki va rivojlangan bosqichlarini hisobga olgan holda tavsiflanadi. Bunday bosqichlarga bo’linish dastlabki va keyingi merkantalistlarning aktiv savdo balansiga erishish yo’llarini har xil tushunganligi sababli kelib chiqadi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling