Iqtisodiyot kafedrasi iqtisodiy ta’limotlar tarixi


Z) Boylikni ko’paytirishga ta’sir etuvchi omillar: xulosa


Download 0.76 Mb.
bet40/101
Sana09.05.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1447324
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   101
Bog'liq
МАЪРУЗАЛАР МАТНИ

Z) Boylikni ko’paytirishga ta’sir etuvchi omillar: xulosa
Boylikni ko’paytirish omillari to’g’risidagi A.Smit tasavvurini umumlashgan tarzda quyidagi chizma ko’rinishida aks ettirish mumkin.
1 - chizma.




2. D.Rikardoning iqtisodiy ta’limoti.
David Rikardo (1772-1823) klassik iqtisodiy maktabining atoqli vakillaridan biri hisoblanadi. U birjada yirik ish yurituvchi yaxudiy oilasida tug’ilgan. 21 yoshida D.Rikardo otasi bilan aloqani uzishga majbur bo’ldi. CHunki otasi uning xristian dinidagi qiz bilan bo’ladigan nikohiga qarshi edi. Oradan besh yil o’tgach, D.Rikardo birjada o’ynab yirik boylik ortirdi. Asta-sekin u birjadan uzoqlashdi va o’z kapitalini ancha ishonarli bo’lgan qimmatli qog’ozlarga va yerga qo’ya boshladi. O’sha paytda parlament a’zosi bo’lgan D.Rikardo iqtisodiy va siyosiy erkinlik uchun kurashdi. Uning asosiy asari «Siyosiy iqtisodning boshlanishi va soliq olish» (1817) taqsimotning asosiy muammolariga bag’ishlangan. D.Rikardo ishlab chiqarish va taqsimotni ifodalab beruvchi bir butun nazariy tizim yaratishga harakat qilgan.


A) Qiymat nazariyasi
D.Rikardo nazariyasida tovar qiymati uni eng yomon sharoitda ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnat miqdori bilan o’lchanadi. Masalan, qishloq xo’jaligi mahsulotlarining qiymati ularni eng yomon yerlarda ishlab chiqarishga ketgan mehnat sarflari bilan o’lchanadi. Agar qiymat ushbu xarajatlardan past bo’lsa, unda yomon sharoitda ishovchilar ishlab chiqarishni to’xtatgan va mazkur tarmoqdan ketgan bo’lar edilar. Bu yerda shu narsaga e’tibor berish kerakki, D.Rikardo qiymatning mutlaq ifodasini emas, balki ikki tovarning nisbiy qimmatini nazarda tutgan. Agar A tovar V tovarga ayirboshlansa, unda ayirboshlash proportsiyasi ularni ishlab chiqarishga ketgan mehnat sarflari nisbatiga asoslanadi.
Moddiy sarflarchi, ular qanday bo’ladi? D.Rikardo fikricha, kapital - bu mujassamlashgan mehnat, ya’ni kapitalni yaratuvchilarning oldingi mehnati. Demak, tovarning qiymati uni yomon ishlab chiqarish sharoitida tayyorlashga ketgan jonli mehnat sarflari bilan hamda kapital va xom ashyoni ishlab chiqarish uchun ketgan oldingi mehnat sarflari bilan o’lchanadi. D.Rikardo ta’limotiga ko’ra, tovar qiymatini aniqlashda faqat uni ishlab chiqarishga ketgan mehnat sarflarini emas, balki uning sifatini (malakali va murakkab mehnatga ko’p xaq to’lanadi), tovarni bozorga olib kelishga ketgan vaqtni, asosiy va aylanma kapitaldan foydalanish xususiyatini ham hisobga olish zarur. Erkin takror ishlab chiqarilmaydigan tovarlar qiymati esa nafaqat mehnat sarflariga, balki noyoblikka ham bog’liq bo’ladi.
Umuman olganda D.Rikardo tomonidan ishlab chiqilgan qiymatning mehnat nazariyasi sarfli printsiplarga asoslangan. Uning bu nazariyasini birinchi bo’lib tanqid qilgan o’zining do’sti T.Maltus hisoblanadi. U, birinchidan, savol qo’yadi: agar qiymatning mehnat nazariyasini to’g’ri deb faraz qilsak, unda mehnatga haq to’lash qanday bo’ladi: qiymat bo’yichami yoki qiymatdan past baho bo’yichami? Agar baho qiymatdan past bo’lsa, unda ekvivalentli ayirboshlash printsipi buziladi (foydaliligi har hil, lekin bir xil qiymatga ega bo’lgan tovarlar ayirboshlanadi) - bu klassik nazariyaning va D.Rikardoning asosiy printsipi. Ikkinchidan, T.Maltus qiymatning mehnat nazariyasi real amaliyot bilan mos tushmasligini ko’rsatib beradi: agar qiymatning yagona manbai haqiqatdan ham mehnat bo’lsa, unda mehnat ko’p sarflanadigan tarmoqlardagi tadbirkorlar, kapital ko’p sarflanadigan tarmoqlardagi tadbirkorlarga nisbatan ko’proq foyda olishlari kerak. Amaliyotda esa barcha tarmoqlarda foyda normasi deyarli bir xil. Demak, D.Rikardo nazariyasi hato, tovar qiymati faqat mehnat bilan emas, balki boshqa ishlab chiqarish omillari sarflari bilan ham aniqlanadi deb, xulosa qiladi T.Maltus. D.Rikardo o’limidan sal avval, o’zining qiymat faqat mehnat sarflari bilan o’lchanadi deb tushuntirishga qilgan harakati noto’g’ri ekanligini tan olgan.



Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling