Iqtisodiyot kafedrasi iqtisodiy ta’limotlar tarixi
Download 0.76 Mb.
|
МАЪРУЗАЛАР МАТНИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- G) Nisbiy ustunlik nazariyasi
V) «Asr stagnatsiyasi»
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqqan holda, D.Rikardo XVIII-XIX asrlarda kuzatilgan foyda normasining pasayish tendentsiyasini tushuntirib berishga harakat qildi. Uningcha, jamiyat evolyutsiyasi mehnatga bo’lgan talabning ko’payishiga olib keladi - bu esa aholining o’sishini rag’batlantiradi. Aholing o’sishi yomon yer uchastkalarini ishlashga majbur etadi va shu bilan bir vaqtda oziq-ovqat mahsulotlari bahosining oshishini (demak, nominal ish haqining ham) va yer rentasining ko’payishini keltirib chiqaradi. SHuning uchun tadbirkorlar yer egasi va yollanma ishchilarning daromaddagi hissasini (garchi bunda ularning real ish haqi oshmasa ham) ko’paytirishi kerak. SHunga muvofiq tadbirkorning daromaddagi ulushi kamayadi. Demak, foyda normasining pasayish tendentsiyasi xo’jalik rivojlanishining natijasidir, degan xulosaga keladi D.Rikardo. Bunday qonuniyat iqtisodiy o’sishning ob’ektiv chegaralarini keltirib chiqaradi: foyda normasining pasayib borishi bilan birga investitsiyaga va ishlab chiqarishni kengaytirishga bo’lgan qiziqish kamayadi. Iqtisodiyot ertami-kechmi o’z rivojlanishini to’xtatadi. Bunday prognoz T.Maltusning pessimistik qarashlariga o’xshab ketadi. D.Rikardo, «asr stagnatsiyasi» tendentsiyasini eng zarur bo’lgan tovarlar qiymatini pasaytirish tufayli sekinlashtirish mumkin, deb hisoblagan. Bunga texnika taraqqiyoti (mehnat sig’imini kamaytiruvchi va shu sababli mahsulot bahosini pasaytiruvchi) va chet mamlakatlardan erkin don olib kelish yo’li bilan erishiladi. Ammo uning tasdiqlashicha, texnika taraqqiyoti ham, jahon savdosi rivojlanishi ham taraqqiyotning umumiy mantig’ini buza olmaydi. G) Nisbiy ustunlik nazariyasi D.Rikardo birinchilardan bo’lib ayrim tovarlarni ishlab chiqarishdagina emas, balki mamlakatlar o’rtasida ham xalqaro mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvning foydaliligini isbotlab berdi. Xalqaro mehnat taqsimotiga asoslangan holda, u nisbiy ustunlik nazariyasini yaratdi. Bu nazariyaning asosiy qoidasi shundan iboratki, har bir mamlakat o’zining muayyan tovarni ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlari bilan uni sotib olishga ketadigan xarajatlari o’rtasidagi farqni hisobga olgan holda tashqi savdodan foyda ko’radi. Muayyan tovarni ishlab chiqarish bir mamlakat uchun boshqa mamlakatlarga nisbatan qulayroq bo’lishi mumkin. SHu boisdan, nisbiy ustunlik nazariyasiga binoan, mamlakatlar xarajatlarni hisobga olgan holda u yoki bu mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtsoslashishi kerak. D.Rikardo shunday misol keltiradi. Portugaliyada muayyan miqdordagi vinoni tayyorlash uchun 80 kishilik mehnat, gazlama ishlab chiqarish uchun esa 90 kishilik mehnat talab qilinadi (bir yilga). Angliyada shu miqdordagi vinoni ishlab chiqarish uchun 120 kishilik mehnat, gazlamani ishlab chiqarish uchun 100 kishilik mehnat sarflash zarur. Bu sharoitda Portugaliyaga vinoni gazlamaga ayirboshlash foydali, garchi olib kelingan gazlama Portugaliyaning o’zida Angliyaga nisbatan kam xarajat evaziga ishlab chiqarilishi mumkin bo’lsa ham. Gap shundaki, resurslarni gazlama ishlab chiqarishdan, Angliyaga nisbatan katta nisbiy ustunlikka ega bo’lgan, vino tayyorlash tarmog’iga o’tkazib, Portugaliya vinoni ayirboshlash yo’li bilan 80 kishilik mehnat sarflari hisobiga, ya’ni 10 kishilik mehnatni tejash evaziga, gazlama olishi mumkin. Bunday ayirboshlash Angliya uchun ham foydali, negaki u o’z kuchini gazlama ishlab chiqarishga sarflab, gazlamani sotish yo’li bilan muayyan miqdordagi vinoni 120 kishining mehnati hisobiga emas, balki faqat 100 kishilik mehnat evaziga olishi mumkin (ya’ni 20 kishilik mehnatni tejash hisobiga). Bu misoldan shu narsa ko’rinadiki, nisbiy ustunlik mavjud bo’lsa, ixtisoslashuv va ayirboshlash ikkala mamlakat uchun ham foydalidir. Bundan mamlakatlar o’rtasida mehnat taqsimoti va ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi zarurligi kelib chiqadi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling