Iqtisodiyot kafedrasi iqtisodiy ta’limotlar tarixi


Download 0.76 Mb.
bet44/101
Sana09.05.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1447324
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   101
Bog'liq
МАЪРУЗАЛАР МАТНИ

A) «Bozor qonuni»
J.B.Sey A.Smitning erkin bozor, bahoning shakllanishi, ichki va tashqi savdo, tadbirkorlarning cheklanmagan erkin raqobati va protektsionizmning har qanday ko’rinishiga yo’l qo’ymaslik printsiplarini qo’llab quvvatladi va ularni ko’klarga ko’tardi. Agar bu printsiplar qo’llanilsa, J.B.Sey bashoratiga ko’ra, ortiqcha ishlab chiqarish ham, ijtimoiy mahsulotni to’la iste’mol qilmaslik ham bo’lmaydi, ya’ni iqtisodiy inqirozlarning ob’ektiv zarurligi kelib chiqmaydi. U bu g’oyani rivojlantirib o’zining «bozor qonuni»ni yaratdi. Bu qonunning mohiyatiga ko’ra, tovarlar taklifi o’zi uchun shaxsiy talabni yaratadi yoki boshqacha so’z bilan aytganda, ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori avtomatik ravishda yaratilgan barcha tovarlar qiymatiga teng daromadni keltirib chiqaradi. Bu shu narsani bildiradiki, daromad egasining maqsadi pul topish emas, balki har xil moddiy buyumlarni sotib olish hisoblanadi, ya’ni olingan daromadning barchasi sarflanadi. Bunda pul faqat vositachilik rolini o’ynaydi, ya’ni u faqat yangi tovarlarni sotib olish uchun ishlatiladi. Bozor orqali tovarlar bir birlariga o’zaro xizmat qiladi. SHuning uchun, J.B.Seyning aytishicha, tovarlarning umumiy massasi talabning umumiy miqdoriga teng bo’ladi, o’z tovarini sotib daromad olgan har bir kishi ushbu daromadga mos ravishda talabni keltirib chiqaradi. Demak, jamiyat miqyosida taklif va talab muvozanatlashadi, ortiqcha ishlab chiqarish bo’lmaydi. Ortiqcha ishlab chiqarish faqat ayrim tarmoqlarda boshqa tarmoqlardagi kam ishlab chiqarish hisobiga vujudga keladi. Boshqacha qilib aytganda, ko’p ishlab chiqarishdan qo’rqmaslik kerak, faqat ayrim tovarlarning ortiqcha ishlab chiqarilish xavfi tug’ilishi mumkin. «Sey qonuni» nomini olgan bu qoida klassiklarning makroiqtisodiy nazariyasining asosini tashkil etdi va keyinchalik J.M.Keyns tomonidan inkor etildi. J.M.Keynsning tasdiqlashicha, odamlar daromadlarning barchasini iste’molga sarflanmaydilar, balki ularning bir qismini jamg’arib boradilar. Bu esa shunga muvofiq ravishda yalpi talabni kamaytiradi, ish bilan bandlikni qisqartiradi. Pirovard natijada bunday holat Sey qonunining noto’g’ri ekanligini keltirib chiqaradi. CHunki bu qonunga muvofiq iste’molga sarflanishi kerak bo’lgan daromadning bir qismi jamg’armaga ajratiladi. Demak, yalpi taklif bilan u keltirib chiqaradigan yalpi talab o’rtasidagi muvozanat buziladi.
Ammo, «Sey qonuni»ning muhim tomoni shundan iboratki, iqtisodiy liberalizmning barcha printsiplariga jamiyat tomonidan rioya qilinsa ishlab chiqarish (taklif) o’ziga mos ravishda iste’molni (talabni) keltirib chiqaradi, ya’ni tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish A.Smitning «tabiiy tartib» (pulning passiv roliga asoslangan mehnat natijalarini ayirboshlash) sharoitida albatta shunday daromadlarni keltirib chiqaradiki, ularga bu tovar va xizmatlar erkin realizatsiya qilinadi. Iqtisodiy liberalizm kontseptsiyasining barcha tarafdorlari tomonidan «Sey qonuni» shu ko’rinishda qabul qilingan va bozorda bahoning erkin tashkil topishi xo’jalik kon’yukturasidagi o’zgarishga darhol moslasha oladi, iqtisodiyotning o’zini-o’zi tartibga solib turishini kafolatlaydi, deb hisoblagan.
Haqiqatdan ham, agar pul faqat hisob-kitob birligi hisoblangan barterli iqtisodiyot amal qiladi desak, unda taklif miqdori talab miqdoriga teng bo’ladi, ortiqcha ishlab chiqarish bo’lmaydi. Bu Sey qonunining mohiyatini tashkil etadi.



Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling