Iqtisodiyot kafedrasi iqtisodiy ta’limotlar tarixi


B) Qiymat va ishlab chiqarish omillari nazariyalari


Download 0.76 Mb.
bet45/101
Sana09.05.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1447324
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   101
Bog'liq
МАЪРУЗАЛАР МАТНИ

B) Qiymat va ishlab chiqarish omillari nazariyalari
Klassik iqtisodiy maktab vakillari ichida J.B.Seyning qiymat nazariyasi o’ziga hosligi bilan ajralib turiladi. A.Smit, D.Rikardo, sotsialist-utopistlar, S.Sismondi, K.Marks va boshqa bir qator iqtisodchilar tovar qiymatining yagona manbai mehnat deb hisoblaganlar. J.B.Seyda bu muammoga ikki xil yondoshuv mavjud: u bir joyda, tovar qiymati tadbirkorning kapitalga, ish haqiga va yer rentasiga bo’lgan xarajatlaridan tashkil topadi degan bo’lsa, ikkinchi bir joyda, qiymat foydalilik bilan aniqlanadi deydi. J.B.Sey foydalilik bilan buyumning (tovarning) qimmati o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni aniq qilib ko’rsatib berdi. «qimmat bu foydalilik o’lchovidir», - deb yozadi J.B.Sey. Bu bilan u tovar qiymati nafaqat mehnat sarflari bilan, balki mahsulotning foydalilik darajasi bilan ham o’lchanishi mumkinligini aytib berdi. Lekin bu xususda iqtisodiy ta’limotlar tarixi bo’yicha yirik mutaxassis M.Blaugning yozishicha «talabning to’yinish darajasini izohlab berishda foydalilikning pasayib borishi tushunchasi ishlatilmagan foydalilikka asoslangan qimmat kontseptsiyasini bahoning shakllanish nazariyasi hisoblash noo’rin».
J.B.Sey tovar qiymatining yaratilishida ishlab chiqarishning uch omiliga (mehnat, kapital, yer) alohida e’tibor bergan. Uning tasdiqlashicha bu omillar tovar qiymatini yaratishda bir xil ishtirok etadi, barcha mahsulotning umumiy qiymati esa uch sinf - ishchilar, kapitalistlar va yer egalari daromadlaridan tashkil topadi. J.B.Seyning uch omil nazariyasiga muvofiq «mehnat» omili ishchilarning daromadi sifatida ish haqi yaratadi, «kapital» omili kapitalistlarning daromadi sifatida foyda yaratadi, «er» omili yer egalarining daromadi sifatida renta yaratadi. Demak, boylik yaratishda ishlab chiqarishning har bir omili qatnashadi. (Smitda faqat unumli mehnat boylik yaratadi deyiladi). J.B.Sey yuqorida ko’rsatilgan omillar (mehnat, kapital, yer) ishchilar, kapitalistlar va yer egalarining daromadlarini yaratishda mustaqillikga ega ekanligini qayd qilib o’tadi.
Demak, J.B.Sey nazariyasida tadbirkorlarning cheklanmagan erkin raqobati sharoitida ishlab chiqarish omillarini va jamiyatdagi sinflarni ekspluatatsiya qilish inkor etiladi. Uningcha, ishlab chiqarishda tadbirkorlar (ular ishlab chiqarishni tashkil etadilar va boshqaradilar), yer egalari (tovar ishlab chiqarish uchun tabiiy materiallarni beradilar) va ishchilar (tayyor mahsulot yaratadilar) o’zaro ta’sirda bo’ladilar va bir-birlarini to’ldirib boradilar. Ishlab chiqarish jarayoni qatnashchilari bir birlariga qarshi turmaydilar, balki, aksincha, bir birlarini to’ldirib turadilar.
Ishlab chiqarish omillari tomonidan yaratilgan ijtimoiy mahsulot qiymati ushbu omil egalariga daromad sifatida taqsimlanadi, xususan, tadbirkor daromadi, J.B.Seyning aniqlab berishicha, bu uning qobiliyati, iste’dodi, faoliyati va boshqaruvi uchun to’lanadigan haq. Uning fikricha, kapitalning oshib borishi bilan «quyi sinflarning» ahvoli yaxshilanib boradi va ularning ko’pchiligi «yuqori sinf» safini to’ldirib boradi. J.B.Sey kompensatsiya nazariyasiga asos soldi. Mashinalar dastlab ishchilarni ishlab chiqarishdan siqib chiqaradi, keyinchalik pirovard natijada esa ish bilan bandlikni oshiradi va mahsulot ishlab chiqarishni arzonlashtirish hisobiga ularga katta foyda keltiradi. Uning ifoda etishicha «ishlab chiqarishdagi texnik yangiliklardan boshqalarga nisbatan ishchilar sinfi ko’proq manfaatdor». Umuman, iqtisodiy ta’limotlar tarixida J.B.Seyning nomi bozor iqtisodiyoti sharoitida sinflar manfaati uyg’unligiga cheksiz ishongan olim sifatida tilga olinadi.
J.B.Seyning o’tmishdoshlari «haqiqiy» boylik yaratadigan iqtisodiyot tarmoqlarini (merkantalistlar tashqi savdoni, fiziokratlar qishloq xo’jaligini) ajratib ko’rsatib berishga harakat qilgan. Hatto A.Smit xizmat ko’rsatish sohasidagi mehnatni unumsiz mehnat, sanoat va savdodagi mehnatni esa kam unumli mehnat, qishloq xo’jaligidagi mehnatni yuqori unumli mehnat hisoblangan, negaki unga tabiat «yordam« beradi. J.B.Sey iqtisodiyotning asosiy sohalari - sanoat, qishloq xo’jaligi, savdo va xizmat ko’rsatish o’rtasidagi «tenglikni» ko’rsatib berdi. Uning fikriga ko’ra, to’rtta sohaning barchasida boylik yaratiladi, chunki sanoatda ham, qishloq xo’jaligida ham, savdoda ham, xizmat ko’rsatishda ham foydalilik ishlab chiqariladi.
Hozirgi zamon g’arb iqtisodchilari o’tmishdoshlaridan, birinchi navbatda J.B.Seydan, ishlab chiqarishning har xil, teng huquqli omillari milliy daromad yaratadi, degan tushunchani meros qilib olgan. Bunday yondoshuvning ma’nosi shundan iboratki, har bir daromad oluvchi bir vaqtning o’zida uni yaratuvchi hisoblanadi, kasbi va faoliyat sohasidan qat’iy nazar.



Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling