Iqtisodiyot kafedrasi iqtisodiy ta’limotlar tarixi
J.B.Seyning iqtisodiy ta’limoti
Download 0.76 Mb.
|
МАЪРУЗАЛАР МАТНИ
3. J.B.Seyning iqtisodiy ta’limoti
Evropadagi ko’pchilik rivojlangan mamlakatlarda va AQSHda butun XIX asr davomida, ya’ni klassik siyosiy iqtisodning marjinalizm bilan o’rin almashish davriga qadar, klassik maktab g’oyalarining va kontseptsiyalarining keyingi rivojlanishida A.Smit ta’limoti asos bo’lib keldi. SHu ma’noda Frantsiyada A.Smit g’oyalarini ancha izchil va ijodiy davom ettirgan Jan Batist Sey (1767-1832) hisoblanadi. J.B.Sey har xil mashg’ulot turlari bilan shug’ullandi. U savdo kontorasida nazoratchi bo’lib ishladi, Frantsiya armiyasida xizmat qildi, nufuzli jurnal muharriri bo’ldi, davlat muassasalarida ishladi. Ammo uning hayotidagi asosiy ishi - iqtisodiy bilim sohasidagi tadqiqotidir. U o’zining «Siyosiy iqtisod traktati» (1803) asarida A.Smit kontseptsiyasini sistemalashtirishga, uni keng xalq ommasi uchun tushunarli qilib berishga harakat qildi. J.B.Sey bu asarini qayta ishlab yangi nashrga tayyorladi. Lekin bu asarning ikkinchi nashri ancha cho’zildi. Uning sababi shundaki, «Traktatdagi» iqtisodiy liberalizm to’g’risidagi g’oya, xususan, davlatning iqtisodiyotga va xo’jalik hayotini qayta qurishga aralashmasligi to’g’risida g’oyaning amalga oshirilishi harbiy-sanoat boshqaruvini o’sha davrdagi Frantsiya hukumatidagi real hukmronlikdan mahrum qilgan bo’lar edi. J.B.Sey yangi tuzumni tan olmagan holda, Tribunatning birinchi konsulining moliyaviy loyihasini ikkinchi nashrga tayyorlanayotgan «Traktatda» to’g’ri deb tasdiqlashdan bosh tortadi. Birinchi konsul nafaqat «Traktatni» nashr etishni man etdi, balki J.B.Seyni Tribunatdan chiqarib yubordi. Ammo tinib tinchimas J.B.Sey o’zining xususiy ip yigirish fabrikasini ochdi va keyinchalik, 1813 yili uni sotib, topgan puliga «Traktatni» ikkinchi nashrdan chiqarish uchun Parijga qaytib keldi. Asar 1814 yili chop etiladi, so’ngra qisqa vaqt ichida yana uch marta qayta nashr etildi - muvofiq ravishda 1817, 1819 va 1826 yillarda. Bu asar tez orada juda ko’p tillarga tarjima qilindi. Frantsiyada Napoleon tuzumining yemirilishi bilan vujudga kelgan o’zgarishlar J.B.Seyning iqtisodchi-olim va jamiyat arbobi sifatidagi nomini oqladi. U ruhlanib siyosiy iqtisod bo’yicha o’z asarlari ustida ishlashni davom ettirdi, ko’p lektsiyalar o’qidi va ularda iqtisodiy nazariya qoidalarini sistemalashtirish va ommaviylashtirish mahoratini namoyish etdi. J.B.Sey asarlarida iqtisodiy fan sof nazariy va tavsifiy fanga aylandi. U iqtisodiy nazariyadan siyosatning, ideologiyaning va statistikaning ajralib chiqishini ma’qulladi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling