Iqtisodiyot” kafedrasi iqtisodiy xavfsizlik (2-modul. “Iqtisodiy xavfsizlik”) fanidan


Axborot xavfsizligining mohiyati va unga tahdidlar


Download 2.42 Mb.
bet39/163
Sana05.10.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1693022
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   163
Bog'liq
iqtisodiy xavfsizlik

8.3. Axborot xavfsizligining mohiyati va unga tahdidlar
Axborot xavfsizligiga bo‘lishi mumkin bo‘lgan tahdidlarni tahlillash yaratilayotgan himoyalash tizimiga qo‘yiladigan talablarning to‘liq to‘plamini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi. Odatda tahdid deganda (umumiy ma’noda) kimningdir manfaatlariga zarar yetkazuvchi hodisa (ta’sir, jarayon yoki voqea) tushuniladi. Axborot tizimiga tahdid deganda esa axborot tizimining xavfsizligiga bevosita yoki bilvosita zarar yetkazuvchi ta’sir imkoni tushuniladi.
Zamonaviy axborot tizimida saqlanuvchi va ishlanuvchi axborot juda ko‘p omillarning ta’siriga duchor bo‘lishligi sababli tahdidlarning to‘liq to‘plamini tavsiflash masalasini formallashtirish mumkin emas. Shuning uchun tahdidlarning to‘liq ro‘yxatini emas, balki tahdidlar sinfining ruyxatini aniqlash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Axborot tizimiga bo‘lishi mumkin bo‘lgan tahdidlarni tasniflashni ularning quyidagi alomatlari bo‘yicha amalga oshirish mumkin:
1.Paydo bo‘lish tabiati bo‘yicha quyidagilar farqlanadi:
- axborot tizimiga obyektiv fizik jarayonlar yoki tabiiy hodisalar ta’sirida paydo bo‘luvchi tabiiy tahdidlar;
- inson faoliyati sabab bo‘luvchi axborot tizimiga sun’iy tahdidlar.
2. Namoyon bo‘lishining atayinligi darajasi bo‘yicha quyidagilar farqlanadi:
- xodimning xatosi yoki loqaydligi tufayli paydo bo‘luvchi tahdidlar, masalan himoya vositasidan noto‘g‘ri foydalanish; xatoli ma’lumotlarni kiritish va h.;
- atayin qilingan harakat natijasida paydo bo‘luvchi tahdidlar, masalan niyati buzuqlarning harakati.
3. Tahdidlarning bevosita manbai bo‘yicha quyidagilar farqlanadi:
- tabiiy muhit, masalan tabiiy ofat, magnit bo‘roni va h.k;
- inson, masalan xodimning yollanishi, konfidensial ma’lumotlarning oshkor etilishi va h.k;
- ruxsat etilmagan dasturiy-apparat vositalar, masalan kompyuterning buzg‘unchi funksiyali viruslar bilan zaxarlanishi.
4. Tahdidlar manbaining holati bo‘yicha quyidagilar farqlanadi:
- nazoratlanuvchi axborot tizimi zonasidan tashqarisidagi manba, masalan aloqa kanali bo‘yicha uzatiluvchi ma’lumotlarni, qurilmalarning elektromagnit, akustik va boshqa nurlanishlarini ushlab qolish;
- nazoratlanuvchi axborot tizimi chegarasidagi manba, masalan yashirincha eshitish qurilmalaridan foydalanish, yozuvlarni, axborot eltuvchilarni o‘g‘rilash va h.k.
- bevosita axborot tizimidagi manba, masalan axborot tizimi resurslaridan noto‘g‘ri foydalanish.
5. Axborot tizimi faolligining darajasiga bog‘liqligi bo‘yicha quyidagilar farqlanadi:
- axborot tizimi faolligiga bog‘liq bo‘lmagan tahdidlar, masalan axborot kripto himoyasining fosh etilishi;
- faqat ma’lumotlarni ishlash jarayonidagi tahdidlar, masalan dasturiy viruslarni yaratish va tarqatish tahdidi.
6. Axborot tizimiga ta’sir darajasi bo‘yicha quyidagilar farqlanadi:
- passiv tahdidlar, ushbu tahdidlar amalga oshirilganida axborot tizimi strukturasi va mazmunida hech narsa O‘zgarmaydi, masalan maxfiy ma’lumotlarni nusxalash tahdidi;
- aktiv tahdidlar, ushbu tahdidlar amalga oshirilganida axborot tizimi va strukturasi va mazmuniga O‘zgarishlar kiritiladi, masalan troyan oti va viruslarning kiritilishi.
7. Foydalanuvchilarning yoki dasturlarning axborot tizimi resurslaridan foydalanish bosqichlari bo‘yicha quyidagilar farqlanadi:
- axborot tizimi resurslaridan foydalanish bosqichida namoyon buluvchi tahdidlar, masalan axborot tizimidan ruxsatsiz foydalanish tahdidlari;
- axborot tizimi resurslaridan foydalanishga ruxsat berilganidan keyingi tahdidlar, masalan axborot tizimi resurslaridan ruxsatsiz yoki noto‘g‘ri foydalanish tahdidlari.
8. Axborot tizimi resurslaridan foydalanish usullari bo‘yicha quyidagilar farqlanadi:
- axborot resurslaridan foydalanishning standart yo‘lini ishlatadigan tahdidlar, masalan parollarga va foydalanishni chegaralashning boshqa rekvizitlariga noqonuniy ega bo‘lib, ruyxatga olingan foydalanuvchi sifatida niqoblanish tahdidi;
- axborot resurslaridan foydalanishning yashirin nostandart yo‘lini ishlata-digan tahdidlar, masalan operatsion tizimning hujjatlanmagan imkoniyatlarini ishlatib axborot tizimi resurslaridan foydalanish tahdidi.
9. Axborot tizimida saqlanadigan va ishlanadigan axborotning joriy joylanish joyi bo‘yicha quyidagilar farqlanadi:
- tashqi xotira qurilmalaridagi axborotdan foydalanish tahdidi, masalan qattiq diskdan maxfiy axborotni ruxsatsiz nusxalash;
- asosiy xotira axborotidan foydalanish tahdidi, masalan asosiy xotiraning qoldiq axborotini o‘qish;
- aloqa kanallarida aylanuvchi axborotdan foydalanish tahdidi, masalan aloqa kanaliga noqonuniy ulanib yolg‘on xabarlarni kiritish yoki uzatilayotgan xabarlarni modifikatsiyalash;
- terminalda yoki printerda aks ettirilgan axborotdan foydalanish tahdidi, masalan aks ettirilgan axborotni yashirincha videokamera yordamida yozib olish.
Yuqorida qayd etilganidek, axborot tizimiga xavfli ta’sirlar tasodifiylariga yoki atayinlariga bo‘linadi. Axborot tizimini loyihalash, yaratish va ekspluatatsiya qilish tajribasining tahlili ko‘rsatadiki, axborot axborot tizimining barcha ishlash bosqichlarida turli tasodifiy ta’sirlar ostida bo‘ladi.
Axborot tizimining ekspluatatsiyasida tasodifiy ta’sir sabablari quyidagilar bo‘lishi mumkin:
- tabiiy ofat va elektr ta’minotining uzilishi sababli avariya holatlari;
- apparaturaning ishdan chiqishi;
- dasturiy ta’minotdagi xatoliklar;
- xizmatchi xodim va foydalanuvchilar faoliyatidagi xatoliklar;
- tashqi muhit ta’siri sababli aloqa kanalidagi xatoliklar.
Dasturiy ta’minotdagi xatoliklar eng ko‘p uchraydi. Chunki, serverlar, ishchi stansiyalar, marshrutizatorlar va xakozolarning dasturiy ta’minoti inson tarafidan yoziladi va, demak, ularda deyarli doimo xatoliklar mavjud. Atayin qilinadigan tahdidlar niyati buzuqning maqsadga yo‘naltirilgan harakatlari bilan bog‘liq. Niyati buzuq sifatida tashkilot xodimini, qatnovchini, yollangan kishini va h. ko‘rsatish mumkin. Avvalo tashkilot xodimining niyati buzuq bilan tushungan holda hamkorlik qilishiga e’tibor berishi lozim. Bunday hamkorlikka undovchi sabablar quyidagilar:
- tashkilot xodimining rahbariyatga qasdlik qilish maqsadida;
- niyati buzuq qarashlarning haqqoniyligiga ishongan holda;
- xodimning tashkilot rahbariyatining noqonuniy faoliyat yuritilayotganligiga ishongan holda;
- yolg‘on harakatlar, ta’magirlik, shantaj, xarakterning salbiy jihatlaridan foydalanish, zo‘rlash yo‘li bilan hamkorlikka undash va hokazo.



Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling