Iqtisodiyot” kafedrasi iqtisodiy xavfsizlik (2-modul. “Iqtisodiy xavfsizlik”) fanidan
Axborotni himoyalashning davlat tizimi
Download 2.42 Mb.
|
iqtisodiy xavfsizlik
8.5. Axborotni himoyalashning davlat tizimi
Axborot resurslari va axborot tizimlarining xavfsizligi quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi: - shaxs jamiyat va davlatning axborot xavfsizligini ta’minlash; - axborot resurslarini qalbakilashtirish, O‘g‘rilash, yo‘qotish, buzish, to‘sib qo‘yish va boshqa ruxsat yetilmagan foydalanishlarning oldini olish; - axborotni buzib ko‘rsatish, ko‘chirish, to‘sib qo‘yish bo‘yicha noqonuniy harakatlarni va axborot resurslari hamda axborot tizimlariga boshqa ta’sir shakllarining oldini olish; - davlat sirlari va maxfiy axborotlarni mavjud bo‘lgan axborot resurslarini saqlash. “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunning 20-moddasiga ko‘ra: - axborot resurslari va axborot tizimlari muhofaza qilinishini tashkil yetish tartibi ularning mulkdorlari, yegalari tomonidan mustaqil belgilanadi; - davlat sirlari hamda maxfiy sirlar to‘g‘risidagi axborotni O‘z ichiga olgan axborot resurslari va axborot tizimlarining muhofaza qilinishini tashkil yetish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. O‘zbekiston Republikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va Internet tarmog‘idan foydalanish xavfsizligini ta’minlashning milliy tizimini yanada takomillashtirish, ularga kompyuter xavfsizligiga tahdidlarni O‘z vaqtida aniqlash, bartaraf yetish va ta’sirini yo‘qotish masalalarida ko‘maklashish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 5 sentabrdagi “Miliy axborot-kommunikatsiya tizimlarining kompyuter xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-167-son Qarori asosida “Uzinfokom” markazi qoshida Kompyuter hodisalariga qarshi chora ko‘rish xizmati (UZ-CERT) tashkil qilingan. O‘zbekiston Republikasining 2007 yil 17 iyuldagi O‘RQ-102-son Qonuniga ko‘ra Axborotning kriptografik himoya vositalarini loyihalashtirish, tayyorlash, ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, ta’mirlash va ulardan foydalanish faoliyatini litsenziyalashtirish talabi qo‘yildi. O‘zbekiston Republikasining PQ-614-son Qarori bilan O‘zbekiston Republikasi Milliy xavfsizlik xizmati axborotni kriptografik muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalgam oshiruvchi va mahsulotlar (xizmatlar)ni sertifikatlashni ta’minlovchi vakolatli organ deb belgilandi. O‘zbekiston Republikasida axborotni kriptografik muhofaza qilish to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq axborotni kriptografik muhofaza vositalarini ishlab chiqishda: - litsenzion dasturiy mahsulotlar ishlatilishi; - talablarning vakolatli organ bilan kelishilishi; - axborotning kriptografik muhofaza vositalarining ilmiy tadqiqot ishlari olib boorish yo‘li bilan ishlab chiqilishi va boshqa talablar belgilangan. Конец формы Download 2.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling