Iqtisodiyot” kafedrasi iqtisodiy xavfsizlik (2-modul. “Iqtisodiy xavfsizlik”) fanidan


Download 2.42 Mb.
bet42/163
Sana05.10.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1693022
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   163
Bog'liq
iqtisodiy xavfsizlik

Takrorlash va nazorat savollari

  1. Axborot xavfsizligiga bo‘ladigan tahdidlar tushunchasi qanday ifodalanadi?

  2. Tabiiy va sun'iy tahdidlarni tushuntirib bering.

  3. Bilmasdan va atayin qilinadigan tahdidlarni tushuntirib bering.

  4. Axborot xavfsizligida zaiflik tushunchasi.

  5. Tarmoq trafigini tahlillashga asoslangan buzish usullarini tushuntirib bering.



2-modul. Iqtisodiyotning tarmoq va sohalarida iqtisodiy xavfsizlik tizimini tashkil etish va boshqarish
9-Mavzu: Korxona (firma) iqtisodiy xavfsizligi. Korxona (firma) xavfsizligini ta’minlashning maqsadi, vazifalari va tamoyillari
Ma’ruza rejasi:
9.1. Korxona (firma) xavfsizligini ta'minlashning maqsadi, vazifalari va tamoyillari.
9.2. Korxona (firma) xavfsizligini ta'minlashni tashkil qilish va boshqarish.
9.3. Korxona (firma)ning xavfsizlik xizmati, uning tuzilishi.
9.4. Korxona (firma)ning tijorat siri va himoyalash.
Mavzu bo’yicha tayanch so’z va iboralar: korxona xavfsizligi, iqtisodiy xavfsizlik, korxona xavfsizligini ta'minlash chora-tadbirlari, koqxona xavfsizligiga tahdidlar.


9.1. Korxona (firma) xavfsizligini ta'minlashning maqsadi, vazifalari va tamoyillari.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona yagona milliy iqtisodiyotning uzviy tarkibiy qismi va ayni paytda, iqtisodiy jihatdan alohida bo‘g’ini hisoblanadi. Korxona o‘z faoliyatini o‘zini-o‘zi boshqarish, o‘z xarajatlarini o‘zi qoplashi asosida foyda (daromad) olish maqsadida yuritadigan birlamchi xo‘jalik sub’ektidir. Korxonalar ishlab chiqarish, savdo, tijorat-vositachilik, transport, sug’urta, bank, injiniring, moliyaviy investitsiya, ilmiy-tadqiqot, innovatsiya va turli xizmatlar ko‘rsatish sohalarida faoliyat ko‘rsatadi.
Korxona (firma) faoliyatining asosiy maqsadi foyda (daromad) olish hisoblanadi. Shuningdek, korxonaning manfaatlariga ishlab chiqarishni kengay-tirish, personalning kasbiy mahoratini oshirish, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari asosida texnologiya va mehnatni tashkil yetishni takomillashtirish, ishlab chiqarilayotgan va taklif yetilayotgan mahsulotning iste’molchilari, mijozlari va insofli sherik, hamkorlarning sonini ko‘paytirish ham kiradi.
Bozor munosabatlari sharoitida korxona, tashkilot va muassasalarning iqtisodiy jihatdan xo‘jalik sub’ektlari sifatidagi muvaffaqiyati ularning iqtisodiy manfaatlari talablarini qanday bajarilishiga bog’liq bo‘ladi. Korxonaning muhim iqtisodiy manfaatlariga iste’molchilar talablari va tadbirkorlik tavsifidagi ichki omillarga bog’liq holda vujudga keladigan noaniq kutilmagan vaziyatlarga moslashish qobiliyati kiradi.
Korxona o‘zining foyda olish maqsadini amalgam oshirishi uchun muntazam ravishda mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish texnologiyasini takomillashtirishga, mahsulotlarning iste’mol xususiyatlarini oshirishga, ularni sotish jarayonlariga ko‘proq ye’tiborni qaratishga majbur bo‘ladi. Shuningdek, undan aylanma mablag’lar harakatini tezlashtirish, barcha turdagi zaxiralarni kamaytirish, reklama, hamkorlar bilan ikki tomonlama shartnomalar tuzish, kelishuv majburiyatlariga rioya yetish talab yetiladi. Mahsulotni sotish va xizmat ko‘rsatish jarayonida korxonaning iqtisodiy manfaatlari ro‘yobga chiqadi.
Iqtisodiy manfaatlar korxonaning barqaror, ishonchli, moliyaviy-iqtisodiy jihatdan samarali faoliyat yuritishi, personalning shaxsiy xavfsizligi va faolligini oshirish, yetarli darajada moddiy, informatsion intellektual salohiyatga yega bo‘lishidan manfaatdorligidan ham yuzaga keladi. Iqtisodiy nazariya fanida xo‘jalik sub’ektlari faoliyati to‘g’risidagi bir qancha konsepsiyalar ilmiy jihatdan asoslangan. Ularda korxona iqtisodiy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish bilan bog’liq faoliyat, xatti-harakatlarning xususiyatlari yoritilgan.
Аn’anaviy firma nazariyasi uning yagona iqtisodiy manfaati foydani maksimallashtirishga qaratilganini asoslaydi. Menejerial nazariyaga ko‘ra firmaning faoliyatini uning yegalari yemas, balki menejerlari belgilab beradi. Ularning iqtisodiy manfaatlari ishlab chiqarish va mahsulotlar sotish hajmini hamda daromadni maksimallashtirish hisoblanadi. Firma qisqa muddatli davrda tovar sotish hajmini maksimallashtirishga, uzoq muddatli davrda yesa foydani maksimallashtirishga harakat qiladi.
Firma yegalari kapitalni o‘stirish, shaxsan boyishni xohlaydilar. Bunday xohish cheksiz bo‘lib, menejerlar ish haqi, obro‘-e’tibori, firmadagi o‘z mavqeyini o‘stirishni istaydi.
Ko‘p maqsadlar konsepsiyasiga ko‘ra firma bir necha maqsadni, ya’ni foyda, sotish hajmi, iqtisodiy o‘sish va boshqalarni ko‘zlaydi.



Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling