Iqtisodiyot” kafedrasi iqtisodiy xavfsizlik (2-modul. “Iqtisodiy xavfsizlik”) fanidan
Axborot xavfsizligini ta'minlash mexanizmi. Axborot xavfsizligini ta'minlash yo‘nalishlari
Download 2.42 Mb.
|
iqtisodiy xavfsizlik
8.4. Axborot xavfsizligini ta'minlash mexanizmi. Axborot xavfsizligini ta'minlash yo‘nalishlari
Axborot xavfsizligini ta’minlash moddiy va intellektual xarajatlar qilishni taqozo qiladi. Shuningdek, davlat O‘zining milliy manfaatlari doirasida ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga soluvchi demokratik huquqiy ta’sir vositalarining shakl hamda usullarini ishlab chiqadi hamda amalgam oshiradi. Axborot xavfsizligini ta’minlash vazifalari quyidagilardan iborat: - axborot jarayonlarining globallashuvi sharoitida axborot tarmoqlarining shakllanishida milliy manfaatlarni himoya qilish; - davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, tashkilot, korxona va fuqarolarni haqqoniy, to‘liq ma’lumotlar bilan o‘z vaqtida ta’minlash. Bu yesa ular uchun qaror qabul qilishga asos bo‘lib xizmat qiladi; - davlat, jamiyat, shaxs axborot xavfsizligiga ziyon keltiradigan darajada axborot resurslari butunligi buzulishining oldini olish; - fuqaro, tashkilot hamda korxonalarning axborot faoliyati sohasidagi huquq va yerkinliklarini ta’minlash va amalgam oshirish; - mamlakat axborot infratuzilmasini himoya qilish va takomillashtirish; - xalqaro axborot muhiti va maydoniga qo‘shilishini ta’minlash; - axborot sohasidagi tahdidlar va xavf-xatarlarga qarshi harakat qilish. Mamlakatda axborot xavfsizligini iqtisodiyot sohasida ta’minlashning asosiy chora-tadbirlari quyidagilardan iborat: - statistik, moliyaviy, birja, soliq, bojxona ma’lumotlarini yaratish, yig‘ish, qayta ishlash, saqlash, uzatish va himoyalash ustidan davlat nazoratini tashkil yetish hamda amalgam oshirish; - axborotlarni himoya qilishning sertifikatlashgan milliy vositalarini ishlab chiqish va ularni statistik moliyaviy, birja, soliq, bojxona ma’lumotlarini yaratish, yig‘ish, qayta ishlash, saqlash, uzatish tizimi va vositalariga joriy yetish; - elektron savdo va elektron pullar hamda ularning standartlashgan tizimlari bazasida himoyalangan milliy elektron to‘lovlar tizimini ishlab chiqish va joriy yetish, shuningdek ualardan foydalanishni tartibga soluvchi huquqiy-me’yoriy hujjatlar bazasini ishlab chiqish; - iqtisodiyotda axborot munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy normativ bazani muntazam ravishda takomillashtirib borish; - iqtisodiy axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash, saqlash va uzatish tizimlarida ishlash uchun xodimlarni tayyorlash va tanlash usullarini takomilashtirish. Iqtisodiy usullar axborot xavfsizligini ta’minlashni moliyalashtirish tartibi, axborotlarni himoyalashning huquqiy va tashkiliy-texnik, muhandislik-texnik usullarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, axborot risklarini sug‘urta qilishni o‘z ichiga oladi. Iqtisodiy xavfsizlikning tarkibiy qismi sifatida axborot xavfsizligini ta’minlah jaryonida davlat siyosatining barcha usullarni muvofiqlashtirish hamda ulardan foydalanish samaradorligini oshirish muhim ahamiyatga egadir. Download 2.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling