Iqtisodiyot” kafedrasi iqtisodiy xavfsizlik (2-modul. “Iqtisodiy xavfsizlik”) fanidan


Download 2.42 Mb.
bet37/163
Sana05.10.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1693022
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   163
Bog'liq
iqtisodiy xavfsizlik

Axborot xavfsiligi obyektlari

Davlat

Tashkilot

Shaxs

  • milliy madaniy qadriyat va an’analar;

  • axborot resurslari

  • axborot resurslarining shakllanishi, tarqatilishi, foydalanilishi;

  • axborot texnologiyalari;

  • axborot infratuzilmasi;

  • fuqarolarning axborotni olish, tarqatish va foydalanish huquqlari, cheklangan axborotlar va intellektual mulkni himoyalash.

  • tashkilotning korporativ madaniyati;

  • tijorat siri;

  • kasb siri;

  • xizmat siri va boshqa cheklangan axborot;

  • intellektual mulk;

  • imidj;

  • tashkiloting axborot infratuzilmasi.

    • shaxs psixikasi, ruhiyati;

    • intellektual mulk;

    • shaxsiy, oilaviy sir;

    • kasbiy sir;

    • shaxsiy ma’lumotlar;

    • ishbilarmonlik nufuzi.




Axborot xavfsizligiga tahdidlar ichida axborot xuruji muhim rol o‘ynaydi. Axborot xuruji iqtisodiy jihatdan milliy iqtisodiyot beqarorligini keltirib chiqarish, korxona faoliyatini izdan chiqarishga, raqobat kurashida mag‘lub bo‘lish, uning bozorining kasod bo‘lishi, bankrot bo‘lish, shaxs iqtisodiy xavfsizligiga putur yetkazishga qaratilgan va axborot usullari yordamida davlat monopolistik birlashmalari, transmilliy korporatsiyalar ta’sir doirasini kengaytirishga intilishdir.


8.2. Axborot xavfsizligini ta'minlash chora-tadbirlari
Axborotning muhimlik darajasi qadim zamonlardan ma’lum. Shuning uchun ham qadimda axborotni himoyalash uchun turli xil usullar qo‘llanilgan. Ulardan biri – sirli yozuvdir. Undagi xabarni xabar yuborilgan manzil egasidan boshqa shaxs o‘qish imkoniga ega bo‘lmagan. Asrlar davomida bu san’at – sirli yozuv jamiyatning yuqori tabaqalari, davlatning elchixona rezidensiyalari va razvedka missiyalaridan tashqariga chiqmagan. Faqat bir necha o‘n yil oldin hamma narsa tubdan o‘zgardi, ya’ni axborot o‘z qiymatiga ega bo‘ldi va keng tarqaladigan mahsulotga aylandi. Uni endilikda ishlab chiqaradilar, saqlaydilar, uzatadilar, sotadilar va sotib oladilar.
Axborotni himoya qilish deganda:

  • Axborotning jismoniy butunligini ta’minlash, shu bilan birga axborot elementlarining buzilishi yoki yo‘q qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik;

  • Axborotning butunligini saqlab qolgan holda, uni elementlarini qalbakilashtirishga (o‘zgartirishga) yo‘l qo‘ymaslik;

  • Axborotni tegishli huquqlarga ega bo‘lmagan shaxslar yoki jarayonlar orqali tarmoqdan ruxsat etilmagan holda olishga yo‘l qo‘ymaslik;

  • Egasi tomonidan berilayotgan (sotilayotgan) axborot va resurslar faqat tomonlar o‘rtasida kelishilgan shartnomalar asosida qo‘llanilishiga ishonish kabilar tushuniladi.

Axborotning himoyasi deb, boshqarish va ishlab chiqarish faoliyatining axborot xavfsizligini ta’minlovchi va tashkilot axborot zahiralarining yaxlitliligi, ishonchliligi, foydalanish osonligi va maxfiyligini ta’minlovchi qat`iy reglamentlangan dinamik texnologik jarayonga aytiladi.
Axborotni himoyalashning maqsadlari quyidagilardan iborat:
- axborotning kelishuvsiz chiqib ketishi, o‘g’irlanishi, yo‘qotilishi, O‘zgartirilishi, soxtalashtirilishlarning oldini olish;
- shaxs, jamiyat, davlat xavfsizliligiga bo‘lgan xavf – xatarning oldini olish;
- axborotni yo‘q qilish, o‘zgartirish, soxtalashtirish, nusxa ko‘chirish, to‘siqlash bo‘yicha ruxsat etilmagan harakatlarning oldini olish;
- hujjatlashtirilgan axborotning miqdori sifatida huquqiy tartibini ta’minlovchi, axborot zahirasi va axborot tizimiga har qanday noqonuniy aralashuvlarning oldini olish;
- axborot tizimida mavjud bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarning shaxsiy maxfiyligini va konfidensialligini saqlovchi fuqarolarning konstitutsion huquqlarini himoyalash;
- davlat sirini, qonunchilikka mos hujjatlashtirilgan axborotning konfidensialligini saqlash;
- axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlovchi vositalarni yaratish, ishlab chiqish va qo‘llashda sub`ektlarning huquqlarini ta’minlash.
Axborot xavfsizligining huquqiy ta’minoti axborotni himoyalash tizimida bajarilishi shart bo‘lgan qonun chiqarish aktlar, me’yoriy-huquqiy hujjatlar, qoidalar yo‘riqnomalar, qo‘llanmalar majmui. Hozirda axborot xavfsizligining huquqiy ta’minoti masalasi ham amaliy, ham qonunchilik jihatidan faol o‘rganib chiqilmoqda.
Kompyuter jinoyatchiliklarini qilish instrumentlari sifatida telekommu-nikatsiya va hisoblash texnikasi vositalari, dasturiy ta’minot va intellektual bilim ishlatiladi. Kompyuter jinoyatchiliklarini qilish sohasi sifatida nafaqat kompyuterlar, global va korporativ tarmoqlar (Internet), balki axborot texnologiyasining zamonaviy, yuqori unumli vositalari hamda axborotning katta hajmi ishlanadigan, masalan, statistik va moliya institutlari tanlanadi. Shu sababli, har qanday tashkilot faoliyatini turli-tuman axborotni olish uchun qo‘lda yoki hisoblash texnikasi vositalari yordamida ishlash, axborotni tahlil qilish natijasida qandaydir muayyan yechimlarni olish va ularni aloqa kanallari orqali uzatishsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Kompyuterga ham tajovuz ob`ekti, ham tajovuz qiluvchi instrument sifatida qarash mumkin. Agar axborotning o‘g’irlanishi moddiy va ma’naviy boyliklarning yo‘qotilishi bilan bog’liq bo‘lsa, bu fakt jinoyat sifatida baholanadi. Shuningdek, agar ushbu fakt bilan milliy xavfsizlik, mualliflik manfaatlari bog’liq bo‘lsa, jinoiy javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida bevosita ko‘zda tutilgan. Har qanday davlatda axborot xavfsizligining huquqiy ta’minoti xalqaro va milliy huquqiy me’yorlarni o‘z ichiga oladi.


Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling