Iqtisodiyot” kafedrasi iqtisodiy xavfsizlik (2-modul. “Iqtisodiy xavfsizlik”) fanidan


Download 2.42 Mb.
bet36/163
Sana05.10.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1693022
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   163
Bog'liq
iqtisodiy xavfsizlik

Takrorlash va nazorat savollari

  1. Innovatsiyalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning asosiy yo‘nalishlari nimalardan iborat?

  2. Davlat innovatsion siyosatining maqsadlarini ko‘rsating.

  3. Davlat innovatsion siyosatining maqsadlarini ko‘rsating.

  4. Innovatsiyalarni bilvosita davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash usullarini sanab bering.

  5. O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatiga, global iqtisodiy makonning bir qismiga aylayotganligi nimalarda namoyon bo‘lmoqda?

  6. Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash omillari to‘g’risida gapirib bering.

  7. Iqtisodiy xavfsizlik ob’yektlariga nimalar kiradi. Ularga qisqacha ta’rif bering.

8-Mavzu: Axborot – iqtisodiy xavfsizlikning muhim sharti
Ma’ruza rejasi:
8.1. Axborot xavfsizligining iqtisodiy mazmuni
8.2. Axborot xavfsizligini ta'minlash chora-tadbirlari
8.3. Axborot xavfsizligining mohiyati va unga tahdidlar
8.4. Axborot xavfsizligini ta'minlash mexanizmi. Axborot xavfsizligini ta'minlash yo‘nalishlari
8.5. Axborotni himoyalashning davlat tizimi
Mavzu bo’yicha tayanch so’z va iboralar: axborot xavfsizligi, iqtisodiy xavfsizlik, axborot xavfsizligini ta'minlash chora-tadbirlari, axborot xavfsizligiga tahdidlar, iqtisodiy xavfsizlik maqsadi.


8.1. Axborot xavfsizligining iqtisodiy mazmuni
Bugungi kun zamonaviy iqtisodiyotining resurslari orasida axborot resurslari muhim ahamiyatga yega. Chunki kuchli raqobat kurashi sharoitida haqqoniy axborotga yega bo‘lgan iqtisodiyot subyektlarigina muvafaqiyatga yerishadi.
“Axborot” (arabcha, axbor – xabarlar, ma’lumotlar) – muayyan voqea-hodisalar to‘g‘risidagi xabar yoki ma’lumot, ularni tushuntirish, tushunish va idrok yetishda qadim zamonlardan buyon qo‘llanib kelayotgan kibernetika, kibernetika va informatikaning taraqqiyoti tufayli keyingi vaqtda yangi, keng ma’no kasb etayotgan tushuncha. Ommaviy axborot vositalari orqali ye’lon qilinadigan ko‘rsatuv va yeshittirishlarning nomi, jurnalistika sohasidagi maxsus janr ham shunday ataladi. Biron voqea haqidagi batafsil ma’lmot, davlatlar O‘rtasidagi muzokaralar natijasida tuzilgan bitim yoki shartnomalar to‘g‘risidagi rasmiy xabar ham axborot deyiladi.
Axborot vositalarining jadal rivojlanishi XXI asrning axborot asri deb atalishiga sabab bo‘ldi. Axborot texnologiyalari axborotlashgan jamiyatning intellektual salohiyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Axborotlashgan jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, eng avvalo, axborotni ishlab chiqarish, unga ishlov berish, saqlash va jamiyat a’zolariga yetkazishga bog‘liq yekanini anglatadigan tushunshadir.
Resurs – biror narsa yoki hodisaning zahirasini belgilaydi, ayni vaqtda, u axborot tizimidagi alohida hujjatlar va ularning butun bir majmuidir. Axborot resurslari ma’lumotlar bazalari va banklari, turli xil arxivlar, kutubxonalar, muzeylar fondi va boshqalarni O‘z ichiga oladi.
Axborot resurslariga tahdidlar quyidagilarda o‘z ifodasini topadi:
- turli yo‘llar orqali maxfiy axborotlar bilan tanishishga intilish;
- buzg‘unchilik maqsadida axborotlarni o‘zgartirish;
- axborot tizimini ishdan chiqarish, buzish va boshqalar.
Har bir shaxs axborot olish yerkinligiga yega. Axborot olish kafolatlari va yerkinlgi – har bir shaxsning o‘zi istalgan axborotni izlash, olish va tarqatishga haqli yekanligidir.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30-moddasiga ko‘ra barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar fuqarolarga ularning huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjat, qaror va boshqa xil materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishi lozim.
Axborot xavfsizligi ob’ektlarini davlat, tashkilot (korxona) va alohida shaxs darajasida turkumlash mumkin (8.1-jadval).
8.1-jadval

Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling