Iqtisodiyot” kafedrasi iqtisodiy xavfsizlik (2-modul. “Iqtisodiy xavfsizlik”) fanidan


Korxona (firma) xavfsizligini ta'minlashni tashkil qilish va boshqarish


Download 2.42 Mb.
bet43/163
Sana05.10.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1693022
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   163
Bog'liq
iqtisodiy xavfsizlik

9.2. Korxona (firma) xavfsizligini ta'minlashni tashkil qilish va boshqarish.
Korxona xavfsizligini ta’minlash uchun xo‘jalik faoliyatining sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini tahlil qilish yo‘li bilan uning turli tahdidlarga barqarorligi hamda xavfsizlik darajasi baholanadi. Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda ishlab chiqarishning texnik darajasi, sotilayotgan va xarid qilinayotgan litsenziyalar, ishlab chiqarilayotgan mahsulot va qo‘llanilayotgan texnologiyaning jahonning eng yaxshi andozalariga mosligi, mahsulotning ilm talabligi va innovatsiya darajasi muhim hisoblanadi.
Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida xo‘jalik subyektlarining moliyaviy barqarorligini tahlil qilishda quyidagi hisobot ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi:
- korxonaning o‘z mablag’lari bilan ta’minlanish koeffitsienti, o‘zining aylanma aktivlarining umumiy aktivlar summasiga nisbati;
- joriy likvidlik ko‘rsatkichi;
- o‘z kapitalining rentabelligi;
- umumiy to‘lovga qodirlik ko‘satkichi, aktivlar bozor qiymatining xo‘jalik sub’ektining barcha majburiyatlariga nisbati;
- kapitallashtirish koeffitsienti, o‘z kapitalini bozor qiymati qarz mablag’lari-ning balans qiymatiga nisbati;
- menejment koeffitsienti, sotishdan olingan pul tushumining joriy majburiyatlar miqdoriga nisbati.
Korxona iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning yagona tizimini yaratish quyidagi tamoyillar asosida amalga oshiriladiki, ular hayotiy muhim manfaatlarni himoya qilish va tadbirkorlik faoliyati vazifalarini muvaffaqiyatli hal yetish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish hamda amalga oshirishning muhim talablari ham hisoblanadi:
1. Qonuniylik – xavfsizlik choralari mamlakatda amal qilayotgan qonunlar doirasida ishlab chiqiladi.
2. Iqtisodiy maqsadga muvofiqlik va foydalilik – ko‘rilayotgan iqtisodiy xavfsizlik choralari xo‘jalik faoliyatining yomonlashuviga, foydasining kamayib ketishiga olib kelmasligi kerak.
3. Dasturli-maqsadli rejalashtirish, mustaqillik va mas’uliyat – korxonaning xavfsizlik xizmati o‘z faoliyati uchun zarur bo‘lgan mablag’, resurs, moddiy texnika anjomlari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
4. O‘zaro hamkorlik va faoliyatlarni muvofiqlashtirish – korxonaning turli bo‘limlari ushbu tamoyil asosida faoliyat yuritishlari kerak bo‘ladi.
5. Ixtisoslashuv va professionalizm – xavfsizlik xizmatining kadrlar tarkibi ushbu yo‘nalishda ma’lum tayyorgarlikdan o‘tgan va shunday ixtisoslikda kasb-korga yega bo‘lishi kerak.
6. Ishni tashkil etish – xavfsizlikni ta’minlashda himoyaning zamonaviy vositalaridan foydalanish, ilg’or tajriba va ilmiy ishlanmalarga tayangan holda ishni tashkil qilish lozim.
7. Talabchanlik va nazoratning ochiqligi – korxona faoliyatida ma’muriy-huquqiy tartibni qo‘llash va unga rioya qilish ustidan nazoratni tashkil yetish.
Korxona iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda mustaqil xo‘jalik sub’ektlari sifatida faoliyat yurituvchi xavfsizlik tadbirkorlik firmalari muhim rol o‘ynaydi. O‘zining xavfsizlik xizmati bo‘limini tashkil qilish imkoniyatiga yega bo‘lmagan korxonalar xususiy xavfsizlik xizmati hamda ob’ektlarni qo‘riqlash bo‘yicha huquq-tartibot organlari bilan shartnomalar tuzishi mumkin.



Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling