Iqtisodiyot” kafedrasi “iqtisodiyot nazariyasi” fanidan kurs ishi mavzu: marketing, uning vazifasi, qoidalari va bozor tizimidagi o’rni
II – BOB. Marketing dasturi va marketingda qoidalar, bozor va bozor tizimidagi o’z aro aloqa
Download 160.71 Kb.
|
KALLIBAEV. M marketing final end
II – BOB. Marketing dasturi va marketingda qoidalar, bozor va bozor tizimidagi o’z aro aloqa
2.1.Marketing dasturi va marketing qoidalari Tor ma'noda marketing dasturi (marketing-reja) hujjat bo'lib, korxonaning bozorda aniq faoliyat ko'rsatish tamoyilini ifodalaydi. Marketing dasturi kengroq ma'noda esa, korxona imkoniyatlarini bozor talablariga moslashtirishga yo'naltirilgan tahlil, rejalashtirish va nazorat qilish jarayoni deb qaraladi. Marketing dasturlari qisqa muddatli (bir yilgacha), o'rta muddatli (5 yilgacha) va uzoq muddatli (10 yilgacha va undan ko'proq) bo'ladi. Ular umumiy shaklda yoki korxonaning maxsus faoliyatlariga mo'ljallangan bo'lishi mumkin. Marketing dasturi bu korxonani umumxo'jalik faoliyatini direktiv rejasini tuzish uchun strategik tavsiyanomadir va yuqori boshqarish bug'ini uchun qaror qabul qilishni asosidir. Marketing dasturining asosiy mazmuni- bu o'tgan davrdagi faoliyat natijalari bo'lib, unda maqsadli bozor rivojlanishini qisqa tahlili va bashorati, firma rivojlanishining asosiy maqsadi, bozordagi xulq-atvorni strategik yo'li, tovar, narx, sotish va rag'batlantirish siyosatlarining chora-tadbirlarini, marketing tadqiqotlari mazmuni, xarajatlar smetasi, marketing harakatlari samaradorligini oldindan baholash, marketing dasturini amalga oshirish bo'yicha nazorat chora- tadbirlari va harakatlari beriladi. Marketing dasturi marketing kompleksi tadqiqotlari va firma imkoniyatlarini baholash asosida tuziladi. Dastur tavsiyali xarakterga ega bo'lsada, kompaniyani strategik rejalashtirishda zarur bosqich sifatida quriladi. Firmalar faoliyatining zamonaviy sharoitda marketing dasturi kompaniyani yuqori boshqaruv bug'ini (joriy rejalashtirish, direktiv rejalar, strategik dasturlar, strategiyani tanlash) darajasida asoslanib, boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarurdir. Marketing dasturining strategik yo'nalishi bozordagi mavqeidan va korxonaning holatiga qarab o'z ichiga turli variantlarni oladi. Strategiyalar diversifikatsiya, tadbirkorlik faoliyatini segmentatsiyalash, hujum va himoya strategiyalari bo'lishi mumkin. Marketing dasturini ishlab chiqishda ko'p variantlilik tamoyillari ishlatiladi. Xizmat tuzilishiga binoan marketing dasturi va rejasining bir necha variantlari: ikki yoki uch, ya'ni minimal, optimal va maksimal turlari bo'ladi. Dasturning minimal varianti, dasturni og'ir (yomon) sharoitlarda rivojlantirishni, maksimal varianti esa yaxshi sharoitlarni rivojlantirishni ko'zda tutadi. Masalan, Yaponiya firmalari marketing dasturi va rejasini minimal variantini nazarda tutib, uni amalga oshirishda haqiqiy muvaffaqiyatga iqtisodiy-ijtimoiy hamda psixologik samarani olishni maqsad qilib erishadi. Shuningdek dasturi o'rtacha yoki optimal variantlari keng tarqalgan. Firma turli marketing dasturlarini ishlab chiqadi, yo'nalishiga qarab marketing dasturi yuqori va pastki bo'g'in uchun bo'lishi mumkin. Agar dastur yuqori bug'in uchun bo'lsa, u qisqa va lo'nda tuzilgan bo'lishi lozim. Chunki unda muhim tomonlari ajratib ko'rsatiladi. Pastki bo'g'in uchun tuzilgan dasturlarda esa har bir savollar yoritilib beriladi. Muddatiga qarab marketing dasturlari qisqa, o'rta va uzoq muddatli turlarga bo'linadi. Ayrim firmalar esa, ikki yoqlama dastur tuzadilar, ya'ni uzoq muddatli va qisqa muddatli dasturlar. Qamrab olayotgan vazifasiga qarab, oddiy yoki maqsadli dasturlarga bo'linadi. Oddiy marketing dasturlari firmani ishlab chiqarish, sotish faoliyati bilan barcha funksiyalar savollarini yechishga yo'naltiriladi. Maqsadli dasturda esa, yangi mahsulot ishlab chiqarish yoki segmentni o'zlashtirish, firma siyosatini rag'batlantirish samaradorligini oshirish kabi muhim vazifalarni amalga oshirishga qaratiladi. Ishlab chiqarish bo'limi bo'yicha marketing dasturi firmaning to'liq ichki rejalashtirish va ishlab chiqarish rejasini hisobga oluvchi optimallashtirilgan ko'rsatkichlarni o'z ichiga olishi lozim. Shunday qilib, ishlab chiqarish bo'yicha marketing dasturi ishlab chiqarish bo'limining xo'jalik faoliyatini ja'mi ko'rsatkichlari to'plamini tahlili asosida ishlab chiqilgan asosiy hujjat hisoblanadi. Mahsulot bo'yicha marketing dasturi quyidagi maqsadlarga ega: mahsulotni optimal texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarini ishlab chiqish; mahsulotni ishlab chiqish va sotish samaradorligini ko'p variantli hisob-kitobini o'tkazish; yangi (takomillashgan) tovar ishlab chiqarish rentabelligini va zarurligini asoslash; chiqarilayotgan mahsulot hajmini natural va qiymat birligida belgilash; iste'molchilarning maqsadli bozorda ko'zlagan maqsadlarini hisobga olgan holda har bir tovar bo'yicha sifat ko'rsatkichlarini o'rnatish; har bir mahsulotni integral baholash (xarajatlari, narx va foydani solishtirish); maqsadli bozorda raqiblarning mavjud o'xshash tovarlarini hisobga olgan holda, har bir tovar bo'yicha raqobatbardoshlik darajasini hisoblash.10 Download 160.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling