Iqtisodiyot” kafedrasi “iqtisodiyot nazariyasi” fanidan kurs ishi
Download 65.53 Kb.
|
Kurs 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- TOSHKENT-2023 KURS ISHI REJALARI Kirish
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati KIRISH
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “IQTISODIYOT” KAFEDRASI “IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN KURS ISHI Mavzu: Ishsizlik, uning turlari va O’zbekistonda bandlik muammolari Bajardi: Asqarova Mashxuraxon Biloldinova Iqtisodiyot fakulteti iqtisodiyot yo’nalishi 1-kurs SI-75 guruh talabasi Ilmiy rahbar: Dotsent Tursunov Bekmuhammad Omonovich TOSHKENT-2023 KURS ISHI REJALARI Kirish Aholi asosiy toifalari Ishsizlikning sabablari va turlari O’zbekistonda ishsizlik muammolari Ishsizlikni oldini olish bo’yicha davlat siyosati Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati KIRISH Iqtisodiyot nazariyasi fanini o’rganar ekanmiz, uning har bir tarmoq hamda sohalariga alohida e’tibor qaratishimiz talab etiladi. Bugungi kunga qadar global muammo bo’lib kelayotgan ishsizlik ham shu jumladandir. Ishsizlik muammolari tadqiqisiz mehnat bozori va ijtimoiy-mehnat munosabatlarini to’la tasavvur etib bo’lmaydi. Ishsizlik, bu bozor iqtisodiyotining ajralmas xususiyatidir. Bundan tashqari, bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish sharoitida ishchi kuchi resurslarining ish bilan bandligini ta’minlash muammolari dolzarb ahamiyat kasb etadi. Chunki ishchi kuchi resurslaridan samarali foydalanish orqaligina ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga erishish va aholi farovonligini ta’minlash mumkin. Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha Harakatlar Strategiyasining 4.1-bandi Aholining bandligi va real daromadlarini bosqichma-bosqich oshirish deb nomlanib, unda “yangi ish o’rinlarini yaratish hamda aholining, eng avvalo, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlari bitiruvchilarining oqilona bandligini ta’minlash, mehnat bozori infrastrukturasining mutanosibligi va rivojlanishini ta’minlash, ishsizlik darajasini qiqartirish” lozimligi to’g’risida alohida to’xtalib o’tgan. Ishsizlik muammosini o’rganishdan asosiy maqsad aholining ish bilan bandligini oshirish orqali mamlakat ishlab chiqarishini kengaytirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga aloqador tadbirlar ishlab chiqishdan iborat. Jamiyatda ishsizlik darajasini pasaytirish uchun qo’shimcha ish joylarini yaratish, ularni ishga tushurish aholining tabiiy o’sishidan orqada qolmasligi kerak. Odatda, jahon mamlakatlari ishsizlik tushunchasini BMT, Xalqaro Mehnat tashkiloti (XMT), Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish jamiyati talablariga ko’ra ishlab chiqishadi. Xalqaro mehnat tashkilotining 13-konvensiyasi ta’rifiga binoan “ishsiz shaxslar” deganda, - ish joylariga ega bo’lmagan, ishlashga tayyor va ish izlayotgan fuqarolar tushuniladi. Mana shu asosiy shartlarga rioya qilgan holda, turli mamlakatlarda fuqaroni ishsiz shaxs deb e’tirof etish uchun qo’shimcha shartlar talab qilinadi. Masalan, Amerika Qo’shma Shtatlarida so’nggi bir hafta mobaynida ish bilan band bo’lmagan, so’nggi to’rt hafta davomida ishga joylashishga (bevosita ish beruvchiga yoki ish bilan ta’minlash davlat xizmatiga murojaat etish orqali) harakat qilgan, mehnat qilish qobiliyatiga ega bo’lgan fuqarolar ishsiz shaxs deb e’tirof etiladilar. Yaponiyada ishsiz shaxs deb so’nggi bir hafta davomida bir soat ham ishlamagan, Buyuk Britaniyada esa, so’nggi bir hafta mobaynida ishlamagan, shu davr mobaynida ish qidirgan yoki kasallgi tufayli ish qidirish imkoniyatiga ega bo’lmagan fuqarolar tushuniladi. Ayrim mamlakatlarning qonun hujjatlariga binoan ishsiz deb, ishdan bo’shatilgan va mehnat stajiga ega bo’lganlar tushuniladi. Bundan tashqari, ishsizlik darajasi ko’pchilik mamlakatlarda iqtisodiyotni rivojlantirishning eng muhim ijtimoiy omillaridan biri sifatida qaraladi. Shu jumladan bizning mamlakat iqtisodiyotini yanada rivojlantirish maqsadida ishsizlik darajasini pasaytisish va turli xil muqobil variantlar ichidan eng samaralisini tanlash bunday muammoni hal qilishning eng asosiy yechimlaridan biri bo’lib xizmat qiladi. Asosiy masalaga keladigan bo’lsak, bugungi dolzarb mavzulardan biri bo’lib kelayotgan ishsizlik haqida to’xtalib o’tar ekanmiz, uning sabablari hamda turlari haqida umumiy tushunchaga ega bo’lib olamiz. Xususan, butun dunyo mamlakatlari va shu bilan bir qatorda o’z mamlakatimizda ishsizlik bilan bog’liq muammolar yuzasidan ko’plab ma’lumotlarga ega bo’lish hamda uning oldini olish maqsadida olib borilayotgan turli xil tadbirlar borasida alohida to’xtalib o’tamiz. Mustaqillik yillarida aholi turmush darajasini oshirish, munosib ish o‘rinlari bilan ta'minlash hamda kadrlar tayyorlash masalalariga katta e'tibor berilmoqda. Shu bilan birga, samarali iqtisodiy islohotlar hamda intellektual salohiyat bilan bog‘liq bo‘lgan sohalardagi bir qator ijobiy o‘zgarishlar natijasida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishilmoqda. Mehnat bozorida yoshlarga qaratilayotgan alohida e'tibor bois, jami aholiga nisbatan ish bilan ta'minlash ulushi yuqori bo‘lmoqda. Ularga jamiyatda munosib o‘rin topishiga ko‘maklashish va tashabbus ko‘rsatib mehnat qilishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi. Yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan yoshlar esa, barcha sohalarda o‘z qobiliyatini namoyon etmoqda. Binobarin, mamlakat taqdiri uchun mas'uliyatni chuqur his etadigan, mustaqil va yangicha fikrlaydigan yosh kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish vazifasi tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bundan tashqari alohida ko‘rsatib o‘tish joizki, mehnat resurslarining 75,3 foiz qismi yoki 13,8 mln nafari iqtisodiy faol aholi toifasiga, shundan 13,1 mln nafari ish bilan band aholi toifasiga kiradi. Bundan ko‘rinadiki, iqtisodiy faol bo‘lgan aholining ish bilan bandlik darajasi 94,8 foizni tashkil et¬moqda. Mehnat resurslari tarkibidagi qolgan 4,5 mln nafari iqtisodiy nofaol aholi bo‘lib, ular ja¬mi mehnat resurslarining 24,7 foiz qismini tashkil qiladi. Yuqorida keltirganimizdek, 2015 yil yakuniga ko‘ra aholining ish bilan bandlik darajasi iqtisodiy faol aholiga nisabatan 94,8 foizni, mehnat resurslariga nisbatan esa 71,4 foizni tashkil etdi. Respublikamizda vaqtincha ishsizlik mavjudligi sabablaridan biri - ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklif o‘rtasidagi nomutanosiblikdir. Ya'ni, ish bilan band bo‘lmagan aholining katta qismi malakasiz xodimlar va mehnat bozoriga birinchi marta chiqayotgan yoshlarni tashkil etmoqda. Aksincha, iqtisodiyot tarmoqlarida yuqori malakaga va ish tajribasiga ega bo‘lgan kadrlarga talab ortib bormoqda. Download 65.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling