Iqtisodiyot” kafedrasi “makroiqtisodiy tahlil va prognozlash” fanidan


To`lov balansi va monetar siyosatning asosiy ko`rsatkichlari hamda ularni baholash


Download 338 Kb.
bet6/10
Sana18.06.2023
Hajmi338 Kb.
#1594417
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Inflatsiyaga qarshi siyosat

To`lov balansi va monetar siyosatning asosiy ko`rsatkichlari hamda ularni baholash
2020yilda tashqi iqtisodiy faoliyatning tezkor sur`atlar bilan rivojlanishi kuzatildi. Chunonchi, mamlakatimizning yillik tashqi savdo aylanmasi 2019 yilga nisbatan 17,3 foizga, shu jumladan, eksport 24,6 foizga oshdi.
Tovarlar va xizmatlar eksportining importga nisbatan yuqori sur`atlar bilan o`sishi natijasida eksport hajmi 3725,0 mln. AQSh dollarini, import hajmi 2964,2 mln. AQSh dollarini tashkil etdi hamda savdo balansining ijobiy qoldig`i 760,8 mln. AQSh dollariga teng bo`ldi.
To`lov balansidagi joriy operatsiyalar hisob raqamlari qoldig`ining o`tgan yillarga nisbatan o`sib borishi kuzatilmoqda. Agar ushbu ko`rsatkich 2019 yilda salbiy bo`lib, YaIM ga nisbatan 1,1 foizni tashkil etgan bo`lsa, 2019 yilda uning ijobiy qoldig`i 2,3 foizga, 2020yilda esa 3,4 foizga teng bo`ldi.
2019 yildan boshlab asosiy xom ashyo tovarlari, shu jumladan, qimmatbaho metallar va paxta tolasi narxlarining barqaror o`sishi kuzatilmoqda, bu esa to`lov balansini sezilarli darajada yaxshilash va oltin valyuta zaxiralarini ko`paytirish imkonini bermoqda.
Valyuta siyosati. 2020yilda O`zbekiston Respublikasi xukumati va Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan «Milliy valyutaning joriy xalqaro operatsiyalar bo`yicha konvertatsiya qilinishini ta`minlashga doir harakat rejasi» ni ijro etish maqsadida birjadan tashqari valyuta bozori, naqd valyuta bozoridagi operatsiyalar, shuningdek, tashqi savdo operatsiyalari bo`yicha hisob kitoblarni amalga oshirishdagi mavjud ayrim cheklovlarni bekor qilish yuzasidan tegishli me`yoriy hujjatlar qabul qilindi. Xususan, birjadan tashqari valyuta bozoridagi operatsiyalar bo`yicha:

  • savdo vositachilik tashkilotlari tomonidan chet el valyutasini xarid qilishni, shuningdek, xo`jalik yurituvchi sub`ektlarda byudjet oldida qarzdorlik yoki o`zlarining bo`sh valyuta mablag`lari mavjud bo`lgan taqdirda ularning chet el valyutasini xarid qilishlarini taqiqlovchi talablar bekor qilindi;

  • qarz mablag`lari hisobiga chet el valyutasini xarid qilishga ruxsat etildi;

  • birjadan tashqari valyuta bozorida so`m mablag`larini konvertatsiya qilish uchun xo`jalik yurituvchi sub`ektlar tomonidan vakolatli banklarga taqdim etiladigan hujjatlar ruyxati keskin qisqartirildi;

  • korxonalarning so`mdagi mablag`larini chet el valyutasiga konvertatsiya qilish tartibini soddalashtirish bilan bir qatorda ularning so`mdagi mablag`larini konvertatsiya qilish uchun buyurtmalarni ko`rib chiqish muddati bir haftadan 3 kungacha qisqartirildi;

  • ichki valyuta bozorida ayirboshlash kurslarini birxillashtirish to`liq yakunlavdi va hozirgi paytda barcha operatsiyalar banklararo savdo sessiyalarida belgilanadigan kurs asosida amalga oshirilmoqda.

1-jadval

Download 338 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling