Iqtisodiyot” kafedrasi “Makroiqtisodiyot” fanidan mustaqil ish


DYs= DK α , DK investitsiyalar xisobiga ta`minlanganligi uchun tengikni: DYs= I α


Download 133 Kb.
bet4/9
Sana22.12.2022
Hajmi133 Kb.
#1042785
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
dinamikmakroiqt olloyorova2QAYTA ISHLOV

DYs= DK α , DK investitsiyalar xisobiga ta`minlanganligi uchun tengikni:
DYs= I α deb yozish mumkin,bunda,α – kapital qo’yilmalar( investitsiyalar)ning chegaraviy unumdorligi. Agar bir yilda yalpi ishlab chiqarishni 1 mlrd. so`mga oshirish uchun 4 mlrd so`m investitsiya talab etilsa α =0,25 bo`ladi.
α=DYs / I bir so`mlik investitsiya hisobiga yaratilgan yangi mahsulot miqdorini ko`rsatadi.
2. Talab tenglamasi quyidagi ko`rinishga ega
DYd= D I ( 1/ μ) , bu erda 1/ μ – xarajatlar multiplikatori,
μ–jamg’arishga chegaralangan moyillik.
Bu tenglama milliy daromad DYd, yoki yalpi talab qo`shimcha investitsiyalarning multiplikativ ko`payishiga teng miqdorda o`sishini ko`rsatadi.
Ishlab chiqarish to`plangan jami kapital bilan ta`minlanishi, milliy daromad esa qo`shimcha investitsiyalarning multiplikativ ta`siri ostida ko`payishi sababli taklif tenglamasida jami investitsiyalar, talab tenglamasida esa qo`shimcha investitsiyalargina ko`rib chiqiladi.
3. Daromadlar va ishlab chiqarish quvvatlarining qo`shimcha o`sish sur`atlari tengligi tenglamasi:
D I ( 1/ μ) = I α
Bu tenglamani echib quyidagi natijani olamiz:
D I / I = μα
(D I / I ) – investitsiyalarning yillik o`sish sur`ati bo`lib, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish yordamida to`liq bandlilikni ta`minlab turish uchun
(μα) mikdorga teng bo`lishi kerak. Bundan xulosa shuki investitsiyalarning mutanosib o`sish sur`ati jamg’arishga chegaralangan moyillik va investitsiyalarning unumdorligi ( kapital qaytimi) darajalarining xosilasi ekan.
Agar μ = 0,2 α=0,4 bo`lsa D I/ I= 0,2* 0,.4 =0,08 yoki 8 %
Demak,investitsiyalarning o`sish sur`ati 8% bo`lishi talab etiladi.
Domar moddelidan kelib chiqadigan umumiy xulosa shuki iqtisodiy o`sishni ta`minlash uchun investitsiyalar hajmini oshirish, bu uchun esa jamg’arish normasi hamda fan texnika taraqqiyoti orqali kapitalning samaradorligini oshirish zarur.
Agar E. Domar o`z modelida investitsiyalarni ekzogen tarzda berilgan miqdor deb olgan bo`lsa R.F. Xarrodning 1939-yilda ishlab chiqilgan iqtisodiy o`sish modeliga akselerator printsipi va tadbirkorlarning kutishiga asoslangan endogen funktsiyasi ham kiritildi. Akselerator printsipiga ko`ra nafaqat investitsiyalar ishlab chiqarishning o`sishini keltirib chiqaradi, balki ishlab chiqarish va daromadlarningning o`sgan hajmi ham investitsiya jarayonlarining jadallashishiga olib keladi.
R.Xarrod o`z modeliga uch tenglamani kiritadi:
1)kafolatlangano`sish sur’ati tenglamasi;
2) haqiqiy o`sish sur`ati tenglamasi;
3)tabiiy o`sish sur`ati tenglamasi.
R Xarrod modelida haqiqiy o`sish sur`ati ishchi kuchining o`sish sur`ati va kapital unumdorligining o`sish sur`ati bilan belgilanadi.

Download 133 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling