Iqtisodiyot” kafedrasi “Makroiqtisodiyot” fanidan mustaqil ish
Y= f( L,K), funktsiyaning kengaytirilgan ko`rinishi quyidagicha: Y= (ΔY/ Δ L) L + (ΔY/ ΔK)K
Download 133 Kb.
|
dinamikmakroiqt olloyorova2QAYTA ISHLOV
Y= f( L,K), funktsiyaning kengaytirilgan ko`rinishi quyidagicha:
Y= (ΔY/ Δ L) L + (ΔY/ ΔK)K Modelda yalpi talab investitsion va iste`mol xarajatlari bilan belgilanadi deb olinadi. Y = C + I Davlat xarajatlari va sof eksport ko`rsatkichlari ham iste`mol va investitsiyalar tarkibiga kiritib yuboriladi. R.Solou bitta ishchiga to`gri keladigan mahsulot ishlab chiqarish hajmi kapital bilan qurollanish darajasining funktsiyasi deb karaydi. Kapital bilan qurollanganlik darajasining o`sishi esa jamg’arish normasiga bog’lik. Jamg’arish normasining o`sishi, kapital bilan qurollanganlik darajasining oshishiga va ishlab chiqarishning yuksalishiga olib keladi. Ammo kapital jamg’arish normasi yuqori bo`lmasa kapitalning siqib ketishi, aholi sonining o`sishi tufayli kapital bilan qurollanganlik darajasi o`zgarmasdan qolishi yoki pasayib ketishi mumkin. R.Soluning fikriga ko`ra , barqaror muvozanat sharoitida kapital, mexnat va milliy daromad darajasi bir xil, aholi soni o`sishiga teng sur`atda o`sib boradi. Aholi sonining tez o`sishi iktisodiyotning o`sish sur`atlari jadallashishiga ta`sir etadi, ammo barqaror muvozanat holatida aholi jon boshiga mahsulot ishlab chiqarish kamayadi. O`z navbatida, jamg’arish normasining oshirilishi axoli jon boshiga to`gri keladigan daromad miqdorini oshiradi va kapital bilan qurollanganlik koeffitsentini ko`tarilishiga olib keladi, lekin barqaror xolatdagi o`sish sur`atiga ta`sir ko`rsatmaydi. Shu sababli barqaror holatdagi iqtisodiy o`sishning yagona sharti texnik taraqqiyotning o`sish sur`ati xisoblanadi. Model asosida jamgarishning ”oltin qoidasi” yotadi. Felpsning “oltin qoidasi” mohiyati shundaki jamg’arishning shunday optimal normasi mavjudki u iste`molning maksimal darajasida muvozanatli iktisodiy o`sishni ta`minlaydi. R.Solou modeli iqtisodiy o`sishning uch manbai- investitsiyalar, ishchi kuchi soni va texnik taraqqiyotning o`zaro aloqadorliklarini ochib berish imkonini beradi. Davlat iqtisodiy o`sishga jamg’arish normasi hamda texnik taraqqiyotning tezligiga ta`sir etish bilan jadallashtirishi mumkin. Bilamizki,iqtisodiy taraqqiyot modeli degan tushuncha ham mavjud.Bunga ham qisqacha to’xtalib o’tadigan bo’lsak.Xo’sh,iqtisodiy taraqqiyot modeli nima?Biz bunda nimani tushunamiz? Download 133 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling