Iqtisodiyot” kafedrasi “Makroiqtisodiyot” fanidan mustaqil ish
O’zbekistonda iqtisodiy o’sish modellari va iqtisodiy o’sish darajasi
Download 133 Kb.
|
dinamikmakroiqt olloyorova2QAYTA ISHLOV
2.3.O’zbekistonda iqtisodiy o’sish modellari va iqtisodiy o’sish darajasi
90-yilning boshlarida Oʻzbekistonning oldida bir qator strategik rivojlanish yoʻllari paydo boʻlgan edi. Ularni 4 yoʻnalish:xom ashyo, agrar, industrial, xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish boʻyicha guruhlash mumkin. Ulardan har biri respublika uchun real Iqtisodiy taraqqiyot modeli boʻlishi mumkin edi. Ammo xom ashyo yoʻlini tanlash tabiiy boyliklarni yanada talon-taroj qilinishi, aholini ish bilan taʼminlash muammosi sanoatning undiruvchi tarmoqlariga zoʻr berishga olib kelardi. Ittifoq ixtisoslashuvi bu yoʻnalishni keltirib chiqargan edi. Agrar iqtisodiy taraqqiyot modeli agrosanoat majmui tarmoqlarini rivojlantirishni taqozo qilib, aholining asosiy qismini qishloq xo’jaligi bilan band qilishga olib kelar edi. Industrial iqtisodiy taraqqiyot modelining samaradorligini Jan.sharqiy Osiyo mamlakatlari tajribasi tasdiklagan. Taraqqiyotning xizmat koʻrsatish yoʻnalishi ham Oʻzbekistonga qoʻl kelishi mumkin edi. Bu yoʻldan borayotgan Yevropa mamlakatlarida yalpi ichki mahsulot(YAIM)ning 40% shu sohada yara-tiladi. Baʼzi mamlakatlarda turizm YAIMning 25% ni hosil qiladi. Oʻzbekiston yukrrida sanalgan modellardan birontasidan voz kechmadi, balki oʻzining iqtisodiy taraqqiyot modelida ulardan foydalandi. Boy tabiat resurslari, uni qayta ishlash va undan maqsadga muvofiq foydalanish chet el investitsiyalarini kiritish imkonini bermoqda. Agrosanoat rivojlanishi qishloq aholisini ish bilan taʼminlashga olib kelmoqda. Qishloqda mamlakat aholisining 60% yashaydi. Industrial taraqqiyot iqtisodiyotni eksportga, import oʻrnini bosadigan tovarlar ishlab chiqarishga undamoqda. Xizmat koʻrsatish sohasi bozor islohotlarining ijtimoiy yoʻnalishini kuchaytirmoqda. Oʻzbekistonning iqtisodiy taraqqiyot modeli xalqning tarixiy tajribasi, anʼanaviy madaniyati bilan belgilangan. Chunki islomning xususiyati shundaki, u faqatgina din emas, balki unga sigʻinadigan xalqlarning turmush tarzidir. Shuning uchun ham 70 yildan ortiq davr mobaynida tashqaridan tiqishtirilgan "sovet turmush tarzi" bu yerda keng tomir otmadi. Islohotlarning dastlabki yillarida Oʻzbekiston boshqa mamlakatlarda tajribadan oʻtgan u yoki bu iqtisodiy taraqqiyot modelini qabul qilishi lozim degan fikr yurar edi. Hatto turk yoki xitoy modellarini qabul qilish zarurligi taʼkidlangan edi. Ammo Oʻzbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. Karimov mamlakatga oʻz yoʻli, oʻz taraqqiyot modeli zarurligini koʻrsatdi. Oʻzbekiston rahbari ilgari surgan tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning 5 tamoyili — iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, davlat bosh islohotchi, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich oʻtish, qonun ustuvorligini taʼminlash, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish — oʻzbek modelining asosini tashkil etadi. O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sish sur'atlari sekin, ammo ijobiy bo‘lib qolmoqda.Islohotlar ishlab chiqarishdagi cheklovchi omillarni (to‘siqlarni) bartaraf etish va yuqori o‘sish potensialiga ega tarmoqlarni liberallashtirishga yordam beradi.Meva-sabzavotchilik, turizm, oziq-ovqat sanoati, to‘qimachilik va kimyo sanoati shunday tarmoqlar qatoriga kiradi. Biznesda soliq yukining sezilarli darajada kamaytirilishi zikr etilgan jarayonlarni yanada qo‘llab-quvvatlaydi. 2019–2020-yillarda narx-navoning liberallashuvi va oylik ish haqi oshirilishi sababli inflatsiya yuqori darajada saqlanib qoladi. Biroq 2021-yilga borib u pasayishi kutilmoqda.Jahon banki prognozlariga ko‘ra, tashqi savdo balansining salbiy saldosi yuqoriligicha qoladi. Sababi,O‘zbekiston iqtisodiyoti kelgusi bir necha yilda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish uchun ko‘plab mashina va uskunalarni import qilishni davom ettiradi. Download 133 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling