Iqtisodiyot” kafedrasi “Makroiqtisodiyot” fanidan mustaqil ish


Asosiy qism 2.1.Iqtisodiy o’sish mohiyati


Download 133 Kb.
bet2/9
Sana22.12.2022
Hajmi133 Kb.
#1042785
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
dinamikmakroiqt olloyorova2QAYTA ISHLOV

Asosiy qism
2.1.Iqtisodiy o’sish mohiyati
Iqtisodiy o'sish nazariyasi bozor iqtisodiyotini o'rganishga bag'ishlangan iqtisodiy fanning eng murakkab qismlaridan biri bo’lib,biz bundan nimani tushunishimiz mumkin?Xo’sh iqtisodiy o’sish deganimiz nima?Iqtisodiy o’sish deganbda bevosita YaIM (ya’ni yalpi ichki mahsulot) va uning aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi qiymatining ortishi tushuniladi.Agar maqsad mamlakatning iqtisodiy salohiyatinig baholash bo’lsa,u holda YaIM hajmining o’sish sur’atlaridan foydalaniladi.Aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi YaIM esa aholining turmush darajasini baholashda qo’llaniladi.Ushbu holatda YaIM hajmining o’zgarish sur’ati bilan aholi sonining o’zgarish sur’ati hisobga olinadi.Agar YaIM hajmining o’zgarish sur’ati aholi sonining o’zgarish sur’atidan yuqori bo’lsa,aholining turmush farovonligi ortadi.Agar ushbu ko’rsatkuchlar bir xil bo’lsa,aholining turmush darajasi o’zgarmaydi.Mabodo,YaIM mahsulot hajmining o’zgarish sur’ati aholi sonining o’zgarish sur’atidnan ortda qolsa,aholi turmush darajasining pasayishi kuzatiladi.Bu o’rinda iqtisodiy o’sishga ta’sir qiluvchi ikki omilni keltirish kerak bo’ladi.Bular:ekstensiv va intensiv omillar hisoblanadi.
Ekstensiv omil deganda ishlab chiqarishning eski shakli saqlab qolingan holda dehqonchilikda yer maydonini kengaytirish,sanoatda yangi quvvatlarni ishga tushirish orqali erishilgan iqtisodiy o’sish tushuniladi.
Iqtisodiy o’sishning intensiv omiliga esa mahsulot chiqarish miqyoslarini kengaytirishga ishlab chiqarish vositalarini sifat jihatdan takomillashtirish,ya’ni ilg’or texnologiyalarni qo’llash,ishchilar malakasini oshirish,shuningdek,mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish orqali erishiladi.Mazkur omil ishlab chiqarisahning ichki resurslaridan unumli foydalangan holda,ortiqcha kuch,mablag’ sarflamasdan mahsulot miqdorining oshishida o’z ifodasini topadi.
Lekin shuni ham alohida ta’kidlash joizki,real hayotda ekstensiv va intensiv omillar sof holda,alohida-alohida mavjud bo’lmaydi,balki muayyan uyg’unlikda,bir-biri bilan qo’shilgan tarzda bo’ladi.


Download 133 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling