sharm-hayoli, ya’ni har qanday nojoʻya hatti-harakatlardan oʻzini tiya oladigan;
oriyatli, ya’ni oʻziga nomunosib yoki ep koʻrilmagan ishdan, narsadan xijolat tortadigan;
andishali, ya’ni oqibatini oʻylab ish qiladigan, yuz-xotirni biladigan, farosatli;
vijdonli, ya’ni nohaq, adolatsiz ishlardn gʻazabga keladigan, bularga qarashlik bildiradigan: oʻz faoliyatining yaxshi tomonlaridan qanoatlanib, xursand boʻladigan, yomon tomonlaridan norozi boʻlib, ruhan eziladigan, ya’ni vijdon azobiga tushadigan.
Sodda qilib aytganda:
Iymon uch narsaning butunligidan hosil boʻladi: e’tiqod, iqror va amal. E’tiqod- bu ishonch. Iqror-soʻzda buni tan olish. Amal-yaxshi ishlar bilan uni isbotlash.
Insof- bu adolat va vijdon amri bilan ish tutish tuygʻusi va qobiliyati, ishda, kishilarga munosabatda halollik, tugʻrilik, barobarlik, sofdillik va haqiqitgoʻylikdir. Oʻzgani oʻz oʻrniga va shuningdek, oʻz oʻrniga oʻzgani xayolan qoʻyib koʻrish ham insofga kiradi. Toʻq ochni, boy kambagʻalni, baxtli baxtsizni, tole baland tolei zabunni, omadli omadsizni, sogʻlom bemorni oʻz oʻrniga quyib koʻrolsa va aksincha ham xuddi shunday boʻlsa, olam guliston- insoflilar safi koʻpayaveradi.
Insof-har qanday kishining, xususan rahbarning jamiyat oldida, tevarak- atrofidagi kishlir oldida oʻz hatti -harakati bilan ma’naviy ma’suliyatini his etishining ifodasidir.
Adolat-bu barcha fazilatlar ichidagi eng oliy fazilatdir. Adolatparvar rahbarning axloqiy hislatlari bemalol qonun oʻrnini bosaoladi. Ulugʻ alloma Nosiriddin Tusiy ijtimoiy adolatning uchta asosiy talabi mavjudligini va jamiyat turaqqiyotini belgilovchi muhim omil ekanini a’lohida oʻqtirgan edi:
Adolatning birinchi talabi:
aholi turli tabaqalarining oʻzaro oʻygʻun boʻlishini ta’minlashdir.
Adolatning ikkinchi talabi:
el-ulusining haq-huquqi teng ta’minlangan holda kishilarni xizmatga tayinlashda shaxsning salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |