Iqtisodiyot” kafedrasi “menejment” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua


Rahbarni oʻzini oʻzi boshqarishi


Download 3.37 Mb.
bet113/249
Sana26.10.2023
Hajmi3.37 Mb.
#1723740
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   249
Bog'liq
portal.guldu.uz-MENEJMENT

7.3. Rahbarni oʻzini oʻzi boshqarishi.
Oʻzini oʻzi boshqarish bu rahbarning kundalik amaliyotda ishning zamonaviy usullaridan maqsadga muvofiq va izchil foydalanishini oʻz ichiga oluvchi shaxsiy ishini tashkil qilish, hamda uning oʻzini oʻzi rivoj- lantirishidir.
Oʻzini oʻzi boshqarishning asosiy maqsadlari qoʻyidagilardan iborat:

  • menejment tomonidan vaqtdan va oʻz imkoniyatlaridan koʻproq foydalanish;

  • uning oʻzining sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash;

  • hayotni borishini ongli ravishda boshqarish;

  • ham ishdagi va ham shaxsiy hayotidagi tashqi holatlarni engib oʻtish.

Turli tuman masalalarni kundalik hal qilishda menejer har xil vazifalarni bajaradi. Oʻzini oʻzi boshqarishning bu jarayonining alohida vazifalar oʻrtasidagi aloqani koʻrgazmali ravishda nomoyon qiluvchi doira kabi berilishi mumkin


Oʻzini oʻzi Maqsadlarni


nazorat qilish qoʻyish




Axborot bilan


ishlash
Mehnat Rejalashtirish
jarayonini
tashkil qilish

Ustivorliklarni belgilash



3- rasm. Oʻzini oʻzi boshqarishi doirasi

Tashqi doirada quyidagi beshta vazifalar ma’lum:


1) vazifalarni qoʻyish;
2) rejalashtirish;
3) boʻlajak ishdagi ustivorliklarni belgilash;
4) kun tartibini tuzish va mehnat jarayonini tashkil qilish;
) oʻzini oʻzi nazorat qilish va maqsadlarga tuzatishlar kiritish.
Oʻzini oʻzi boshqarishning ichki doirasida birlashtiruvchi vazifa-axborotlar bilan ishlash joylashgan. Qolgan vazifalar ma’lum darajada uni atrofida aylanadilar, chunki axborotni almashish oʻzini oʻzi boshqarish jarayonining barcha pallalarida zarurdir.
Birinchi vazifa - maqsadlarni qoʻyish. Har bir boshqaruvchi xodim oʻz oldiga maqsadlarni qoʻyadi, bu kelajakka qarash, kuchlar va faollikni erishish kerak boʻlgan narsaga qaratish va jamlashni bildiradi. Shunday qilib maqsad yakuniy natijani shakllantiradi. U harakatlar “quturtuvchisi”, faollikni belgilab beruvchi undov boʻladi. Agar maqsad qoʻyilgan boʻlsa, unda harakatlantiruvchi kuch sifatida harakat qiluvchi va faqat maqsadga erishilgandagina yoʻqoluvchi keskinlik holati vujudga keladi.
Maqsadlarni qoʻyish jarayoni bir necha pallalardan tashkil topadi.
1.Maqsadlarni belgilash va ularni quyidagicha vaqtli mezonlar boʻyicha tabaqalashtirish:

  • uzoq muddatli hayotiy maqsadlar (shaxsiy va kasbiy);

  • oʻrta muddatli maqsadlar (yaqin yilga)

  • qisqa muddatli maqsadlar (yaqin 12 oyga)

Bunda mehnatga motivatsiyani kuchaytiruvchi va kasbiy intilishlarni yoʻnaltiruvchi kasbiy moʻljallarni ajratish kerak.
2.Maqsadlarga erishish uchun shaxsiy resurslarni belgilash, buning uchun quyidagilar zarur:

  • shaxsiy salohiyat, imkoniyatlarni belgilash;

  • oʻzining kuchsiz tomonlarini sanab berish, muvaffaqiyatsizliklar-ning roʻyxatini tuzish va qanday sabablar natijasida ular sodir boʻlganliklarini ta’kidlash. Bu kamchiliklardan qanday qilib xolis boʻlish haqida oʻylab koʻrish;

  • 2-3 muhim afzalliklar va kamchiliklarni ajratish.

Yana yaqin yillarda nima bilan hisoblashish kerakligini ham aniqlab olish, masalan, yaqin atrofdagilar (sheriklar, qarindoshlar, boshliq, oʻrtoqlar va x.k.) yoki yoshni va oʻz maqsadlarini ularga muvofiq qoʻyish kerak.
3. “Maqsad–vosita” tahlilini oʻtkazish, uni borishida maqsadlarga erishish uchun zarur resurslarni (shaxsiy, moliyaviy, vaqtli) haqiqiy vaziyat bilan solishtiriladilar. Buning uchun maqsadlarni tuzilgan “invertar roʻyxati”ga murojaat qilish va 3-4 muhim maqsadlarni tanlab olish, ularga erishish uchun zarur vositalarini belgilash va yana nimaga erishish kerakligini yoki maqsadlarga erishish uchun nimaga kirishish kerakligi tekshirish zarur.
Kasbiy (martabali) maqsadlar boʻyicha ularga erishish uchun zarur malakani koʻrsatish va haqiqiy amaliy vazifalarni qoʻyish zarur, masalan, etishmayotgan tajribani olish.
4. Aniq maqsadlarni shakllantirish. Bunda shuni hisobga olish kerakki, har bir maqsad faqat uni amalga oshirilishi muddatlari va istalgan natijalar ma’lum boʻlgandagina ma’noga ega boʻladi. Keyin oʻzining istalgan va amaliy maqsadlariga qoʻllash bilan shakllantirish va oʻz rejalarini ularni qanchalik haqiqiyligi nuqtai nazaridan qayta tekshirish maqsadga muvofiqdir.
Malaka va madaniy darajani oshirish haqida ham esdan chiqarmaslik kerak.
Oʻziga judayam koʻp narsani olish kerak, chunki bu haqiqiy boʻlmagan vazifalarni bajarilishiga imkonlar kamdir. Oʻz oldimizga qanchalik koʻp maqsadlarni qoʻysak, oldingi hayotni shunchalik koʻproq oʻzgartirish va oʻz faoliyatini koʻproq faollashtirishga toʻgʻri keladi.
Uzoq muddatli global maqsadlardan kelib chiqqan holda, yana aniq qisqa muddatli maqsadlarni ham belgilash zarur.
Koʻrib chiqilgan mavqsadlar hayot va martabaning rejasida qayd etiladi, u muntazam ravishda qayta tekshirilishi, faollashtirilishi va toʻldirilishi kerak. Quyida shunday rejadan parcha beriladi (4– jadval).
Maqsadlarni qoʻyish uzluksiz jarayondir, chunki ular qoidaga koʻra, bir marta va butunlay berilmaydi. Ular vaqt oʻtishi bilan oʻzgarishi mumkin, masalan, agar ularni amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish jarayonida oldingi tasavvurlar notoʻgʻriligi yoki soʻrovlar oshirilgan yo pasaytirilganligi aniqlanganda.
Shunday qilib maqsadlarni qoʻyish jarayoni uchta pallaga boʻlinadi:

Download 3.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling