Iqtisodiyot” kafedrasi “menejment” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua


-jadval. "Tizimli" yoki zamonaviy menejment


Download 3.37 Mb.
bet15/249
Sana26.10.2023
Hajmi3.37 Mb.
#1723740
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   249
Bog'liq
portal.guldu.uz-MENEJMENT

2-jadval. "Tizimli" yoki zamonaviy menejment



Boshqarishga yondoshuv turlari

Izoh


Tizimli yondoshuv

- Tizim-bu bir-biri bilan oʻzaro bogʻlangan qismlar majmuidir. har bir qism yaxlit tizimning oʻzgarishiga oʻz hissasini qoʻshadi. Tashkilot-bu yaxlit ochiq tizimdir. Uning taqdiri tashqi va ichki muhitga bogʻliq. Tashkilotni boshqarishga tizimli yondoshuvda asosan uning ichki muhitiga (iqtisodiy, ilmiy-texnik, ijtimoiy-siyosiy), e'tibor beriladi.


Vaziyatli yondoshuv

- Garchi tizimli yondoshuvda yaxlit tashkilot qanday qismlardan tashkil topgan degan savolga javob topolsak-da, bu oʻrinda qismlarning qaysi biri muhim, qaysi biri ikkinchi yoki uchinchi darajali degan savol koʻndalang turmaydi.
- Yaxlitning qaysi bir qismi oʻta muhim degan savolga vaziyatli tahlil javob beradi. Bunda tashkilotning ichki tarkibidagi oʻzgarishlar tashqi muhitning ta'siri bilan bogʻlab oʻrganiladi. Ammo turli darajadagi vaziyat turli darajadagi bilimni talab qiladi.


Funktsional yondoshuv

- Boshqaruvga tashkiliy mexanizmlarning eng oqilona yoʻllarini ishlab chiqish imkonini beradi. Shu nuqtai nazardan boshqarish quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
- rejalashtirish;
- tashkillishtirish;
- rahbarlik qilish;
- muvofiqlashtirish;
- nazorat qilish va hk.


Miqdorli yondoshuv

- Bunday yondoshuvda asosan:
-menejmentning operatsion printsipiga;
-qaror qabul qilish nazariyasi printsiplariga;
-matematik yoki ilmiy menejment kabilarga e'tibor qaratiladi.
Miqdorli yondoshuvdagi boshqarish jarayonida nafaqat matematik; statistika, kibernetika, muhandislik fanlari bilan sotsiologiya birga ruhshunoslik, tizimlar nazariyasi kabi fanlardan ham keng foydalaniladi.

Zamonaviy menejmentning maqsadi qaror qabul qilish jarayonini elektron hisoblash texnikasi hamda eng yangi matematik usul va vositalarni qoʻllagan holda tadqiq qilishdir. Tizimli menejment qarorlarning oqilonaligini ta'minlashni oʻz oldiga vazifa qilib qoʻyadi.
Menejmentdan uzoq davrlardan foydalanishgan. Tashkil qilingan korxonalar rejalashtirish, tashkilashtirish, raxbarlik qilish va nazorat qilishga masul odamlar tomonidan boshqarilgan, bunday faoliyat ming yillardan buyon mavjud.Keling eng qiziqarli misollarga toʻxtalaylik.



Misr piramidalari va buyuk Xitoy devori buning isbotidir, ular ulkan miqiyosdagi loyiha bo’lib, minhlab yollangan ishchilar ularni qadimda barpo etganlar. Bitta piramidani qurish uchun 100000 ishchi qatnashib, 20 yil vaqt ketgan piramida qurish uchun qancha toshlar yetarli bo’lishi, ishchilarni ishlab turishlari uchun kim ishontirgan? Javobi-bu boshqaruvchilardir. Kimdir nima ish qilinishi kerakligini rejalashtirgan, odamlarni yollagan, materiallarni rejalashtirgan, yollangan ishchilarni ish bajarilishiga ishontirgan hamda barcha ish rejalashtirilgandek ketayotganini nazorat qilgan.







Yana bir misol, bu Venetsiya shaxridir. Venetsiya 1400 yillarda asosiy iqtisodiy savdo markazi hisoblangan. Venetsiyaliklar hozirgi zamon boshqaruviga xos biznes korxonalarini rivojlantirishgan.Venetsiyada harbiy kemelar kanallar bo’ylab suzib yurgan, har bir bekatda kemalar to’xtab materiallar yuklagan, huddi mashinalarga o’xshab suvli ko’chalarda kemelarning qatnab yurishi g’alati emasmi? Bundan tashqari venetsiyaliklar harbiy kemelardan materiallarni ishchi kuchlarini yuklash uchun foydalanishgan.





1776 yilda Adam Smith “Millat boyligi” deb atalgan kitobini nashr etdi. Unda u ishchi kuchini to’g’ri taqsimlash orqali tashkilot va jamiyat iqtisodiy ustunlikka erishishini yozgan. Misol tariqasida u to’g’nog’ich ishlab chiqarish sanoatini olib 10 ta kishi o’ziga biritilgan vazifani bajarib bir kunda 48 000 ta to’g’nog’ich ishlab chiqarishgan. Holbuki har bir shaxs bir biridan alohida ishlagan. Bunday holda kuniga 10 dona to’g’nog’ich ishlab chiqarish ham amri maholku? Smith bunda ishni taqsimlash ishlab chiqarish hajmining oshishini, har bir ishchining malakasi ham oshib borishini vaqt tejalishini va ijodkorlik, kashfiyotchilik ko’payishini ta’kidlagan. Kasblarni mutaxassislashrish mashhur bo’la boshlagan. Masalan, jarrohlik ishlari kasalxonalarda amalga oshirilgan, restoran va oshxona ishchilari ovqat tayorlashgan, futbol maydonlarida o’ynalgan.







Qadimgi 18 asrda odam kuchidan ko’ra mashina kuchi ustun bo’lib rivojlanayotgandi, sanoat revolyutsiyasi tarixi boshlangan. Bu davrda endi mahsulotlar uyda emas balki fabrikalarda ishlab chiqarila boshlagan. Bundan fabrikalarga talabni prognoz qila oladigan, kerakli hom ashyoni ayta oladigan har kunlik ishlarni boshqarib, nazorat qila oladigan kishiga muhtoj bo’lgan. O’sha “kimdir” bu - ish boshqaruvchidir.






Download 3.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling