Iqtisodiyot” kafedrasi “menejment” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua
Mavzu -3. Menejmentning nazariy asoslari
Download 3.37 Mb.
|
portal.guldu.uz-MENEJMENT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch soʻzlar
Mavzu -3. Menejmentning nazariy asoslari
Reja: 3.1. Boshqaruv jarayoni mazmuni va maqsadi 3.2. Boshqarish funktsiyalari mazmuni va mohiyati 3.3. Ish boshqarish tizimi va uni baholash 3.4. Ish boshqarish jarayonidagi hozirgi muammolar 3..Menejment usullari va mazmuni Tayanch soʻzlar: boshqaruv jarayoni, boshqaruv funksiyalari, rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish, nazorat qilish, ragʻbatlantirish, iqtisodiy usullar, ijtimoiy-ruhiy usullar, tashkiliy-ma’muriy usullar. 3.1. Boshqaruv jarayoni mazmuni va maqsadi Hamma boshqaruvning uzluksiz ishlash jarayoni menejmentdir. Bu boshqaruv apparatining mehnat jarayonidir. Menejment iqtisodiy nuqtai nazaridan — bu, avvalo, hamma iqtisodiy muammolarni boshqarish tizimi, insonlarni boshqarish. Menejment ijtimoiy nuqtayi nazaridan — bu, avvalo, mehnat jamoalari ijtimoiy talablarini qondirish, insonni tarbiyalash. Menejment jarayoni texnologiyasi esa boshqaruv apparati xodimlarining bajarayotgan amaliy ishlaridir. Shunday qilib, menejment jarayoni qoʻyilgan masalaga erishish uchun boshqaruv apparati rahbari va odamlarning kelishilgan holda hamohang faoliyat koʻrsatishidir. Menejment jarayoni operatsiya, vosita va operatsiyasini amalga oshirish bilan tavsiflanadi. Menejment jarayoni mohiyatidan kelib chiqib, quyidagi bosqichlarni ajratish mumkin: Koʻrsatilgan ketma-ketlik bilan boshqaruv faoliyati bajariladi. Har qanday faoliyat maqsadli boshqaruvga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak, zero boshqarish maqsadga erishish uchun amalga oshiriladi. Menejmentning navbatdagi bosqichi holatlarni tahlil etish deyiladi. Bu bosqichda ishlar majmuyi, tizim holatini baholash, uni takomillashtirish yoʻllari, ishga xalaqit beruvchi elementlaridan qutulish choralari koʻriladi. Muammolar bosqichida tizimni joriy holatidagi asosiy qarama-qarshiliklar, tizim ishini yaxshilash uchun nimalar qilish kerakligi aniqlanadi. Yechim bosqichi rahbarning amaliy ishlarga oʻtish faoliyatidir. Qaror qabul qilinishi bilanoq boshqariluvchi tizimlarga aniq ta’sir koʻrsatiladi, alohida oddiy boshqaruvga oid harakatlar bajariladi. Menejment jarayoni uslubi quyidagilar: axborot-analitik va tashkiliy ishlar. Axborot-analitik ishlar quyidagilardan iborat: axborotlar yigʻish, tahlil etish, axborotni qayta ishlash va uzatish, boshqaruv qarorlari variantlarini ishlab chiqish, boshqaruv qarorlari variantlariga doir axborotlarni saqlash va boshqalar. Тashkiliy ishlar quyidagilardan iborat: tushuntirish, ishontirish, ragʻbatlantirish, topshiriqlarni taqsimlash, ijroni nazorat qilish, ta’sir etish va boshqalar. Insonlarni boshqarish nafaqat qarorlar qabul qilish bilan balki uning bajarilishini nazorat qilishni ham taqozo etadi. Afsuski, koʻp holatlarda hayotimizda menejment jarayoni bajarilishi har taraflama tashkil etilmaydi, uni tashkiliy, mazmunan, texnik tomonlari oʻzaro bogʻlanmaydi. Kemasozlikda jahonning eng katta kompaniyalaridan biri boʻlgan Hundai kompaniyasi oʻzining zamonaviy talablarga javob berishda muhim hisoblangan yangi texnologiyasi harajatlarni qisqartirishiga va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yordam berishiga ishonadi. Balki siz hech qachon sotib olgan va foydalangan Tovar va xizmatlaringizni tashkilot qanday yoʻllar bilan “ishlab chiqarishi”ni oʻylab koʻrmagandursiz. Ammo bu juda muhim jarayondir. Busiz siz avtomobilda yurmagan, Mc Donald’s kartoshkasini ta’tib koʻrmagan yoki mahalliy parklarda mijozlarni tashuvchi sayohat poyezdlari xizmatidan bahramand boʻlmagan boʻlar edingiz. Tashkilotlar yaxshi oʻylangan gʻoya, yaxsho tashkiliy tizimga, yaxshi oʻylangan operatsion tizimga, shuningdek tashqi muhitdagi global raqobatga bardosh beruvchi sifatli dasturlarga ega boʻlishi lozim. Bunday tizim va dasturlarni boshqarish menejrning vazifasi hisoblanadi. Download 3.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling