Iqtisodiyot” kafedrasi “menejment” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua
Download 3.37 Mb.
|
portal.guldu.uz-MENEJMENT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqarish funktsiyalari mazmuni va mohiyati
Tashkilot elementlari
Shuningdek, tashkilot – odamlar guruhi, ularning faoliyat ma’lum umumiy maqsadga erishilishiga qaratilgan boʻlishi kerak. Tashkilotning hayotiy tsikl kombinatsiyasiga bonoan, tashkilot faoliyati bir necha bosqichlardan oʻtadi ya’ni, vujudga kelishidan, yuksalishidan boshlab to oʻz faoliyatini toʻxtatganga yoki tubdan modernizatsiya qilingunga. 1 faza – tashkilotning vujudga kelishi. Bu faza maqsad tanlash, boshqaruv usuli bilan xarakterlanadilar; asosiy vazifasi – bozorga chiqish, mehnat tashkili – daromadni maksimal qiymatga oshirish bilan bogʻliq. 2 faza – yoshlik va balogʻat. Oʻziga xos xususiyatlar: bosh maqsad – vaqtinchalik daromad va tez oʻsish; qat’iy rahbarlik tufayli sogʻ qolish; asosiy vazifa – bozor qismini mustahkamlash va oʻziga qaratish; mehnat tashkili – daromadni rejalashtirish, xizmatlarni va maoshni koʻpaytirish. 3 faza – etilganlik. Bosh maqsad – tizimli, balansli oʻsish va individual imidj (obroʻ) shakllanishi; vakolatlar boʻlinishi natijasida rahbariyat samaradorligiga erishadi (markazlashmagan boshqaruv) asosiy vazifa – har xil yoʻnalishlar boʻyicha oʻsish. Bozorni bosib olish, turli qiziqishlarni hisobga olish; mehnat tashkili - boʻlinishi va kooperatsiya; individual natija uchun mukofot. 4 faza – tashkilotning eskirishi. Bu yuksalishni oily pogʻonasi. Bosh maqsad – erishilgan natijalarni saqlab qolish, boshqaruvda harakatlar koordinatsiyasi orqali samaradorlikka erishiladi. Asosiy vazifa – stabillikni ta’minlash,mehnatni erkin rejimini tashkillashtirish, daromadni koʻpaytirish. faza – tashkilotni qayta tiklanishi. Barcha funksiyalarni qayta tiklash maqsad qilib olingan; uning oʻsishiga jamoa orqali erishiladi; asosiy vazifa – yosharish; kollektiv bilan ishlash. Boshqarish funktsiyalari mazmuni va mohiyati Dastlab "funktsiya" va "vazifa" iboralarining lugʻaviy ma'nosi toʻgʻrisida ikki ogʻiz soʻz. "Funktsiya" -bu lotincha soʻz boʻlib, biror kimsa yoki narsaning ish, faoliyat doirasi, vazifasi degan ma'nolarni bildiradi. "Vazifa" - bu amalga oshirilishi, hal qilinishi lozim boʻlgan masala, oʻrganilishi lozim boʻlgan, koʻzda tutilgan maqsad, yoki biror-bir topshiriq, xizmat, yumush, xizmat lavozimi, mansab, amal demakdir. "Funktsiya" tushunchasi "vazifa" tushunchasiga nisbatan torroq, ma'noga ega. Zero, funktsiya faqat oʻz faoliyat doirasidagi vazifalarni oʻz ichiga oladi. "Vazifa" esa oʻz faoliyat doirasidan tashqarida ham boʻlishi mumkin. Boshqaruv funktsiyasi deganda u yoki bu ob'ektni boshqarishga oid aniq vazifalarni hal etishga qaratilgan bnr turdagi ishlar majmui tushuniladi. Demak, boshqaruv muayyan funktsiyalar orqali amalga oshiriladi. Funktsiyalarni aniqlash, ularning mohiyatini ochish va oʻrganish boshqaruv jarayonini toʻgʻri tashkil qilishning muhim shartidir. Boshqarish funktsiyalari - koʻp qirrali tushunchadir. Shu sababli ularni muhim belgilar buyicha turkumlarga ajratib oʻrganish zaruriyati tugʻiladi. Boshqaruv funktsiyalarining mohiyati, tasnifi va mazmunini oʻrganish boshqaruvning butun jarayonini tartibga solib turish uchun zarurdir, chunki yuqorida ta'kidlaganimizdek, boshqaruv mazmuni jarayon sifatida uning funktsiyalarida namoyon boʻladi. Sizningcha yaxshi samaraga erishish uchun yana qanday amaliy ishlarni davom ettirish mumkin? Siz qanday rejalar taklif etgan boʻlar edingiz? Siz hozirgi paytda rejalashtirish umuman keraksiz narsa deb oʻylashingiz mumkin. Biroq siz keyingi yarim yillik dars jadvalini olganingizdan soʻng yoki kurs ishini vaqtida tugatish uchun nimalar qilishingiz togʻrisida oʻylaganingizda, rejalashtirayotgan boʻlasiz. Menejerlar nimani rejlashtirishi va qanday rejalashtirishi bilan bir-biridan farqlanishi mumkin, lekin ular oʻz ishlarini rejalashtirishi shart. Download 3.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling