Iqtisodiyot” kafedrasi “menejment” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua
Download 3.37 Mb.
|
portal.guldu.uz-MENEJMENT
- Bu sahifa navigatsiya:
- VIRUS OVChILARI
Muhokama uchun savollar
1. Alan Mulallining Ford uchun qilgan ishlarini sanab oʻting va baholang. 2. Mulallining Fordni jahon darajasida deb ta’riflashidan qanday xulosa qilish mumkin? 3. Ford oʻz printsipida davom etishida mazkur bobda oʻrganilgan qayst organizatsional dizaynni qoʻllash mumkin? Agar siz qaysidir dizaynni toʻgʻri keladi deb hisoblasangiz nima uchun ekanligini va Ford undan qanday foydalanishi kerakligini aytib oʻting. 4. Mazkur keys stadidankompaniyaning dasturlari uning strukturasiga qanday ta’sir qilishi haqida nimalarni oʻrgandingiz? VIRUS OVChILARI Sizning mahsulotlaringiz hech qachon ishlab chiqarilmaganda, ishlaringiz hech qachon natija bermaganda dunyo qanday boʻlishi mumkinligini bir tasavvur qilib koʻring. Symantec Corp. kompaniyasidagi kompyuter virusi ovchilari buni oʻylashga majbur emaslar. Bu ularning har kunlik ishidir. Kompaniyaning Santa Monikada joylashgan labarotoriyasida, dasturchi analitiklar viruslar va shubhali kodlarni yigʻishadi va kompaniya mijozlari uchun xavfsizlik dasturlari qanday boʻlishi kerakligini aniqlashadi. Bu erda xattoki XAVFLI deb yozib qoʻyilgan xona ham borki, bu joyda ichi virusga toʻlgan disklar, lentalar va tashqi xotira vositalari saqlanadi. Simantek kompaniyasining holati siz uchun oʻzgacha boʻlib tuyulishi mumkin, ammo oʻz mijozlari va kompaniyalar uchun xavfsizlik dasturlarini ishlab chiquvchi kompaniya bugungi kundagi koʻplab tashkilotlar duch kelayotgan haqiqatni ifoda qiladi: kompaniya mijozlar kutgan oʻzgarishlarni yanada oldinga siljitish va global raqobatchilarni muntazam ravishda ortda qoldirishga intiladi. Blaster-B dasturining ishga tushirilishi kompaniyaning viruslar bilan bogʻliq muammolarida keskin burilish yasadi. Balster-B va boshqa viruslarning domino effekti shuni koʻrsatdiki, dastur analitiklari ikki haftadan beri tinimsiz mehnat qilishgan ekan. “Employee burn-out” potentsiali kompaniyaga shu narsani ochib berdiki, kompaniyaning virus ovchilari yanada bilimliroq boʻlishlari kerak. Endi esa menedjerlar xodimlarni yangi viruslar uchun javobgar boʻlgan guruhlardan olib, loyiha ustida ish olib borayotgan guruhlarga oʻtkazmoqdalar. Boshqalar esa viruslarning yangi toʻlqinini engishi kerak boʻlgan dastur ustida ish olib bormoqdalar. Yana bir ishchi nima uchun boshqa dasturchilar yangi viruslar chiqarish bilan bandligini oʻrganadi – umuman olganda, virus ovchilari uchun ish kunining oxiri yoʻqdir.Santa Monikadagi dasturchilar oʻz ish kunini tugatganlarida, Yaponiyada boshqa guruh oʻz ishlarini boshlaydilar, ular esa oʻz navbatida Dublindagi dasturchilarga oʻz ishlarini qoldiradilar. Dublinliklar esa ish kunini yana Santa Monika ishchilariga qoldiradilar. Bu butun dunyoni oʻz domiga tortib olgan ishdir. Ammo ekspertlarning ta’kidlashiga koʻra, ular qanchalik xarakat qilishmasin, ular bu musobaqada imkoniyatni boy berishmoqda. Ular endi himoyaning yangi chizigʻini kiritishni, insonlarning yordamidan foydalanib, xakerlar va kiberjinoyatchilarni qoʻlga tushirishni rejalashtirmoqdalar. Semantek kompaniyasidagi vitse-prezident Roan Trollop shunday deydi: “Insonlarga maxsus signallar berishni toʻxtatish vaqti keldi. Endi biz kiberjinoyatchilar ortidan tushishimiz kerak”. Shuning uchun, yangi Norton Internet Security tizimining ishlab chiqaruvchilari kompyuter foydalanuvchilaridan taxdid boʻlgan vaqtda ma’lumotlarni yigʻib, antivirus ishlab chiqaruvchilariga joʻnatishni maslahat bermoqdalar. Download 3.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling