Iqtisodiyot” kafedrasi “menejment” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua
Download 3.37 Mb.
|
portal.guldu.uz-MENEJMENT
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5 - h olat
- 6 - h olat
4 - holat
Qanday qilib ishchilarning kayfiyatini koʻtarish mumkin? Bu haqida ikki master oʻz fikrlarini bildirishdi. Biri: "Yaxshi xazilni tez-tez ishlatib, inqilobiy, ma’qullovchi soʻz va maqtovlarni ishlataman", - dedi. Boshqasi esa: "Bular hammasi mayda-chuyda narsalar. Xech narsa yaxshi maosh va mukofotday kayfiyatni koʻtarolmaydi". Bunga siz nima deysiz? 1. Ikkinchi masterning gapiga toʻla qoʻshilaman. Yaxshi maosh boʻlsa, kayfiyat ham yaxshi boʻladi. 2. Zamonaviy bu oʻz ijtimoiy holatini yaxshi tushungan va madaniyat doirasi keng boʻlgan odam. Shuning uchun unga axloq, odob va ma’naviy sifatlar birinchi navbatda turadi, demak, birinchi master haq. Har qaysi master oʻzicha haq, chunki ular keltirilgan omillar jamoada kayfiyat shakllanishida katta ahamiyat kasb etadi. Moddiy ragʻbatlantirish va yaxshi soʻzli boʻlishni birga qoʻshib olib bormoq - bu har qanday rahbar uchun juda muxim narsa. 5 - holat Tavsiflar asosida odamning mijozini aniqlang. "V" qobiliyatli muxandis-iqtisodchi. Koʻpchilik uni juda qiziqqon va besaramjon deb hisoblaydi. "V" oʻziga qaratilgan har qanday tanqidga chiday olmaydi, oʻzini tuta olmaydi va tajovvuzkordek qaraydi. Oʻzining kamchiligini koʻrsatishga jazm qilgan kishi bilan xoxlagan paytda urishib ketishi mumkin. Bunday xulqni "V" har doim unga qarshi zarba bera olmaydigan kishiga qoʻllashi kuzatilgan. Shu bilan bir vaqtda u bilan tortisha oladigan va uni oʻz oʻrniga qoʻya oladiganlar, shuningdek, u nimadan boʻlsa ham tobe’ boʻlganlar va uning shaxsiy xotirjamligi bilan bogʻliq boʻlganlar "V" bosiq, gʻamxoʻr, vazmin munosabat bildiradi. Shu bilan birga "V" juda ishchan, yangi ishga tez kunikuvchan, kam charchaydi va mashhurlik axtaradi. 1. Flegmatik. 2. Xolerik. 3. Sangvinnik. 4. Melanxolik. 6 - holat Majlisda ishchilardan biri rahbarning uni qanday qabul qilishi haqida ochiq norozilik bildiradi. "Kabinetga kirasan, -dedi u , - salom oʻrniga bosh silkitish, oʻtirishni ham har doim taklif qilmaydi, insoniylik qani?"... Bir odam soʻzga chiqqan kishini qoʻlladi, boshqasi esa:" rahbar har doim oʻz fikrini bildirib, unga kelgan har bir ishga amaliy yordam koʻrsatadi, bu esa eng asosiysi!" - dedi. Ularning qaysi biri haq? 1. Birinchi odam ham. Rahbar har doim oʻz qoʻli ostidagi kishilar kuzatuvida boʻladi. Bu uni oʻz harakatlarini qattiq nazorat qilishga majbur etadi ayniqsa, har qanday ishlab chiqarish holatida boʻlmasin insonlarga hurmatda boʻlishni talab etadi. 2. Ikkinchi odam haq. Asosiy xissiyotlar esa ikkinchi oʻrinda turadi. Ikkala ishchi ham adolatli muloxaza yuritishdi, etika, axloq, rahbarning ichki madaniyati - bu koʻp narsani bildiradi, lekin ishda shunday vaqtlar boʻladiki, rahbar uchun salomlashishga ham qoʻli tegmaydi, bundan tashqari rahbar va boʻysinuvchining orasidagi shaxsiy oʻzaro munosabatlar ham katta ahamiyatga ega. Bu erda rahbar haq. Download 3.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling