Iqtisodiyot” kafedrasi “menejment” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua
Download 3.37 Mb.
|
portal.guldu.uz-MENEJMENT
14 - holat
Mehnatiga bir qator xususiyatlar xosdir. Ulardan asosiysi shundan iboratki, rahbar oʻziga mehnat qilmaydi, uning faoliyati u rahbarlik qiladigan ishchilar jamoasi mavjudligi bilan ma’noga egadir. Bu boshqaruv muhitida band boʻlgan rahbar va mutaxassislardan ishchanlik qobiliyatini muntazam oʻsishini, berilgan ishga javobgarlikni, mehnatni toʻgʻri tashkil qilishni va undan samarali foydalanishni talab etadi. Zamonaviy rahbar oʻzida omilkorlikni (chuqur bilimga asoslangan) ishbilarmonlikni, tashabbusli intizomlilikni va ishga ijodiy yondashuvni uzviy ravishda birlashtirishi shart. Rahbar ega boʻlishi kerak boʻlgan xususiyatlar toʻgʻrisidagi savol tamomila echilmagan bahslashuvlarga olib kelyapti, zero, boshqaruvchining ishi oʻziga xos xususiyatlarni talab qiladi. Bu sifatlarni oʻlchash, ularning tarkibini aniqlash va boshqaruvning turli daraja va ob’ektlarining oʻzaro bogʻlanishiga tegishlidir. Ta’sirni kuzatish qiyin, xususan, rahbarning u yoki bu xususiyatlarining miqdoriy alokasini, uning jamoadagi munosabatlarida, ishning iqtisodiy koʻrsatkichlarida rivojlanish darajasini koʻrsatish undan ham qiyin, lekin imkoni bor. Rahbar qanday xususiyatlarga ega boʻlishi kerak? Bu savolga javob berish uchun shunday mezonlar tizimini tanlash kerakki, u bilan rahbarning xususiyatlarini etarli ravishda ob’ektiv baholash mumkin bulsin. Mezonlarning har biri maxsus ishlab chiqarilgan baholash shkalasi boʻyicha miqdoriy ravishda baholanadi. Ekspert soʻrashga va ekspert natijalari asosida rahbarga zarur va etarli boʻlgan xususiyatlar roʻyxati tuziladi. Boshqaruv boʻyicha adabiyotda nashr qilingan izlanishlar asosida rahbar va mutaxassislar kerakli boʻlgan xususiyatlarni shartli ravishda quyidagi guruhlarga boʻlish mumkin: 1. Uddaburonlik (tashabbuskorlik): tavakkal qila bilish; berilgan ishga shaxsiy javobgarlik hissi; insonlarga gʻamxoʻrlik qilish; bir fikrda turish; tanqidga quloq sola bilish, oʻz ishiga (xatti-harakatiga) tanqidiy qarash. 2. Intizom va mehnatga munosabat: mehnatsevarlik; intizom. 3. Kasb egasi ekanligi omilkorlilik (oʻz kasbini chuqur egallaganligi, chuqur bilim egasi) va bilim darajasi: ma’muriy; omilkorlik (chuqur bilimga ega boʻlish); eruditsiya (bir yoki bir necha sohada keng va chuqur ma’lumotga ega boʻlish). 4. Tashkiliy va ma’muriy qobiliyat: ishbilarmonlik; tashabbuskorlik; ish haqidagi fikrlarni qisqa va aniq bayon qila olish; aniq bir maqsadga qaratilganlik; ish boʻyicha boʻladigan xatlarni, buyruqlarni, farmoyish va boshqalarni yoza bilish; oʻz vaqtida qaror qabul qila olish; qarorning bajarilishi boʻyicha nazorat oʻrnatish qobiliyati; murakkab sharoitlarda oʻz yoʻnalishini tezda aniqlashni bilish; yangilikdan qoʻrqmaslik; turli tashkilot rahbarlari bilan ishlashni bilish. . Jamoa muhitiga mos kelish: mustaxkam birlashgan jamoani yarata olish; boʻysinuvchilar bilan ishlay olish; nizoli holatlarni bartaraf qilish (yoʻlga qoʻyish); qat’iyat; jahli tezlik; odamlar bilan kirishishlik; vijdonlilik; dilrabolik; kamtarlik; tashqi koʻrinish (ozodalik, pokizalik, tozalik); 6. Boshqa xususiyatlar: sogʻliq-salomatlik; ish muddati; yosh; oilaviy holati. Albatta, rahbar va mutaxassis bu hamma xususiyatlarga ega boʻla olmaydi. Ekspert soʻrovlar va ekspert natijalar yordamida rahbar yoki mutaxassisga kerakli va etarli boʻlgan xususiyatlarning roʻyxatini tuzamiz. Download 3.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling