Iqtisodiyot” kafedrasi “menejment” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua


Download 3.37 Mb.
bet195/249
Sana26.10.2023
Hajmi3.37 Mb.
#1723740
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   249
Bog'liq
portal.guldu.uz-MENEJMENT

20 - holat
Faraz qilaylik, oʻzingiz uchun oʻrinbosar tanlashingiz kerak. Bir qator nomzodlar mavjud. Da’vogar (nomzod)lardan har biri boʻysunuvchilar bilan oʻzaro munosabatlarda quyidagi xususiyatlar (sifatlar) bilan ajralib turadi:
A. Birinchisi odamlar bilan boʻladigan nizolardan qochishni (chetlab oʻtishni) afzal koʻradilar va avvalom bor iliq, doʻstona kayfiyatli muhitni yaratishga harakat qiladi. Bu bilan boʻysunuvchilarning hamjixatlik bilan qilingan, muvaffaqiyatli ishlarga erishadi.
B. Ikkinchisi, ishga e’tibor bergan tarzda odamlar bilan nizolarga boradi, qoʻyilgan maqsadga erishish uchun shaxsiy munosabatlarni "buzib qoʻyish"dan qoʻrqmaydi.
V. Uchinchisi oʻz huquqi va shunga boʻysunuvchilardan talab qiladi, ishning aniq bajarilishiga erishadi.
G. Toʻrtinchisi, ish yuzasidan va tashkiliy masalalar boʻyicha oʻz maqsadlariga erishishda doimo diqqat e’tiborli. Boʻysunuvchilar bilan oʻzaro munosabatdagi nizolar tushunmovchiliklarga unchalik katta ahamiyat bermasdan qoʻyilgan maqsadga erishadi.
D. Sizning variantingiz...
21 - holat
Yuqori holatdagi vaziyat. Nomzodlar bir-biridan yuqorida turgan rahbarlar bilan boʻladigan oʻzaro munosabatlarida quyidagi xususiyatlar bilan farqlanadilar:
A. Birinchisi boshliqning fikri, koʻrsatmasi bilan tezda rozilik bildiradi. Rahbar bilan qanday munosabatda boʻlishdan qat’iy nazar istagan vazifani soʻzsiz va aniq bajaradi.
B. Ikkinchisi rahbarning fikri va koʻrsatmasi bilan tezda rozilik bildiradi. Istalgan vazifani soʻzsiz va aniq bajaradi, agar rahbar uning oldida obroʻ-e’tiborga ega boʻlsa.
V. Uchinchisi chiqisha olmaydigan harakterga ega, tortishuvlarga moyilligi, u bilan muomala qilish juda qiyin, lekin juda qobiliyatli mutaxassis, mohir tashkilotchi, ishni ijodiy bajaradi, eng qulay natijalarga erishadi.
G. Toʻrtinchisi, oldida turgan ish soxasida juda boy tajribaga, qobiliyatga ega, oʻz ishida diqqat-e’tiborini toʻplashga doimo harakat qiladi, halaqit bermasliklari uchun, rahbar bilan ortiqcha aloqalardan qochadi (chetlashadi), javobgarlik hissi juda yukori.
D. Sizning variantingiz...

Download 3.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling