Iqtisodiyot” kafedrasi “menejment” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua
Download 3.37 Mb.
|
portal.guldu.uz-MENEJMENT
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16 - h olat
15 - holat
Boshqaruvning mazmuni jarayon sifatida oʻzining faoliyati turlarini ifodalaydigan vazifalarda ochiladi. Ular yordamida boshqaruv sub’ekti boshqariluvchi ob’ektga ta’sir qiladi. Tashkiliy texnik rejada ishlab chiqarishni boshqarish belgilariga koʻra quyidagi vazifalarga boʻlinishi mumkin: boshqaruv jarayoninig mazmuni, ishlab-chiqarish xoʻjalik faoliyati turlariga aloqadorlik (mansublik). Sanab oʻtilgan belgilar boʻyicha hamma yirik vazifalar bir nechta qismlarga boʻlinishi mumkin. Bunda birgina korxona ichidagi boshqaruv mehnatining boʻlinishi koʻp miqdorli omillarga ta’sir hiladi, shu jumladan: keng koʻlamlilik va boshqalar. Buning asosida boshqaruv mehnatining vazifa egaligida boʻlinishi yuzaga keladi. Shunday ekan, mehnatning vazifaga boʻlinishi soʻzlari keng ma’noda oʻz ichiga ishlab-chiqarish xoʻjalik faoliyati muhiti boʻyicha boshqaruv jarayonining alohida boshqaruv ishi va operatsiyalar turlariga boʻlinishini oladi. Boshqaruv boʻyicha shunday mehnat boʻlinmasini ta’minlash muhimki, unda hamma vazifalari oʻzaro aloqadorlikda va muvofiqlashgan holda bajarilishi kerak. Bu esa alohida boshqaruv vazifalarining turli boshqaruvchi tizimlarining maydonlariga oqilona qoʻshilib ketishini va bir-biriga biriktirilishini ta’minlashda yordam beradi. Bu oʻz navbatida, boshqaruv apparatida ishlaydiganlarning huquq va burchlarini aniqroq aniqlab beradi, Boshqaruv tizimini mukammallashtirib beradi. 16 - holat Faraz qilaylik, sizning bevosita rahbaringiz sizni chetlab, boʻysinuvchingizga berib boʻlgansiz. Siz va sizning boshligʻingiz oʻz vazifalaringizni kechiktirib boʻlmaydigan, ya’ni zarur hisoblaysizlar. Quyidagi fiklar variantidan siz uchun koʻproq ma’qul boʻlganini tanlang. A. Subordinatsiya (kichiklarning darajama-daraja kattalarga boʻysinishi) qat’iy rioya qilib, sizning vazifangizni bajarilishini keyinga surib yoki bekor qilib boshliq vazifasiga e’tiroz bildirmaslik. B. Hammasi mening koʻzimda boshliq qanchalik obroʻga ega ekanligiga bogʻliq. V. Boshliq qaroriga rozilik bildirmasdan, kelgusida bunday hollarda sizning roziligingizsiz boʻysinuvchingizga beriladigan vazifani bekor qilasiz. G. Ishga e’tibor berib, boshliq vazifasini bekor qilasiz va avval sizning vazifangizni bajarishi haqida boʻysinuvchingizga buyruq berasiz. D. Sizning variantingiz... Download 3.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling