Iqtisodiyot” kafedrasi “menejment” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua


Download 3.37 Mb.
bet215/249
Sana26.10.2023
Hajmi3.37 Mb.
#1723740
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   249
Bog'liq
portal.guldu.uz-MENEJMENT

Internet saytlari:



  1. www.economics .ru(Россия иқтисод ва молия журнали)

  2. www.gov.uz (davlat boshqaruv portali)

  3. www.lex.uz (normativ-huquqiy me’yyoriy hujjatlar)

  4. www. stat.uz (Davlat statistika qoʻmitasi)

  5. www.ziyonet.uz

  6. www.mаnаgment.ru(Rossiya menejment fani boʻyicha adabiyotlar va manbalar)



III.GLOSSARIY


1-mavzu. “Menejment” fanining mazmuni, predmeti, obyekti va metodi





Atamaning oʻzbek tilidagi nomi

Atamaning rus tilidagi nomi

Atamaning ingliz tilidagi nomi

Atamaning oʻzbek tilidagi izohi

1

Menejment

Менеджмент

Management

  • boshqaruv hokimiyati va san’ati;

  • resurslarni boshqarish boʻyicha alohida moxirlik va ma’muriy koʻnikmalar tushuniladi.

  • boshqaruv, ya’ni resurslarni, odamlarni boshqarish, samarali faoliyat olib borish va foyda olishni bilish, uni koʻpaytirish jarayonidir.

2

Xarajatlar

Расходы

Costs

maxsulotni ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish) va uni sotish xamda xodimlarga toʻlash uchun sarflanadigan mablagʻlardir.

3

Baxo

Цена

Price

tovar va xizmatlarning pulda ifodalangan qiymatidir

4

Menejment ob’yekti

Объект менеджмента

Мanagement object

boshqariluvchi shaxslar va jarayonlar




Menejment tamoyillari

Принципы менеджмента

Management principles

boshqaruv jarayonidagi dastlabki, ya’ni xatti-harakat yoki faoliyatning asosiy qoidasi, raxbar gʻoyasi

6

Rejalashtirish

Планирование

Planning

boshqaruv jarayonidagi belgilangan vazifalarni bajarish uchun chora-tadbirlarni ishlab chiqish

7

Nazorat

Контроль

Controlling

boshqaruv jarayonidagi ishni toʻgʻri borishini ta’minlovchi usullar va kuzatuvlar

8

Motivatsiya

Мотивация

Motivation

boshqaruv faoliyatidagi xodimlarini yanada yaxshiroq ishlashi uchun beriladigan ruhiy omillar

9

Extiyoj

Потребность

Need

Insonning yashashi va kamol topishi uchun kerak boʻladigan moddiy va ma’naviy resurslar

10

Ierarxiya

Иерархия

Hierarchy

boshqaruvning yuqori pogʻonadsan quyi pogʻona tomon harakatlanishi



2-mavzu. Menejmentning rivojlanish tarixi va hozirgi holati





Atamaning oʻzbek tilidagi nomi

Atamaning rus tilidagi nomi

Atamaning ingliz tilidagi nomi

Atamaning oʻzbek tilidagi izohi

1

Lavozim

Должность

Position

korxona, muassasa, idora va tashkilotlarda biror rasmiy xizmatni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan vazifa.

2

Mehnatni ilmiy tashkil etish

Научная организация труда

Scientific organization of labor

ishlab chiqarishga tizimli joriy qilinadigan ilm-fan yutuqlari va ilgʻor tajribalarga asoslangan mehnatni tashkil etish, u eng yaxshi texnika va odamlarni bitta ishlab chiqarish jarayoniga yigʻishga imkon beradi, material va mehnat resurslaridan eng samarali foydalanish hamda ishlab chiqarish faoliyatining uzluksiz borishini ta’minlaydi, inson sogʻligʻini saqlashga yordam beradi.

3

Mehnatning vazifaviy taqsimlanishi

Распределение труда по обязанности

Distributing the labor by duty

alohida ishchilar guruhi, ularning jamoat faoliyatidagi vazifalariga qarab taqsimlash

4

Xodimlar

Персонал

Personnel

ishlab chiqarish yoki boshqaruv operatsiyalarini bajaruvchi va mehn at vositalaridan foydalanish bilan mehnat predmetini qayta ishlash bilan band boʻlgan barcha insonlar




Ilmiy menejment maktabi

Научная школа управления

Scientific management school

-Vazifani bajarishning maqbul usullarini topish maqsadida ilmiy tahlilni qoʻllash.
- Vazifani bajaruvchi eng maqbul xodimni tanlash va uning oʻqitilishini ta'minlash.
- Vazifani samarali bajarilishini ta'minlovchi xodimlarni zarur resurslar bilan ta'minlash.
- Yuqori mehnat unumdorligini ta'minlash maqsadida xodimlarni muntazam ragʻbatlantirib turishga asoslangan va 188-1920 yillardagi (F. Teylor, G. Emerson va boshqalar) maktab



6

Mumtoz yoki ma'muriy menejment maktabi

Классическая школа управления

Classical school of management

1920-190 yillarda A. Fayol, M. Veber va boshqalar tomonidan asos solingan va:
-boshqaruv printsiplarini rivojlantirish.
- boshqaruv funktsiyalarini bayon etish.
- tashkilotni yalpi boshqarishda sistemali yondoshuvni asoslashga taalluqli maktab

7

“Inson munosabatlari” maktabi

Школа человеческие отношения

School of Human Relations

190 yilda E. Meyo, R. Laykert va boshqalar tomonidan asos solingan va:
-mehnat unumdorligini oshirish maqsadida oʻzaro munosabatlardan qoniqish hosil qiluvchi usullarni qoʻllash.
- kompaniyaning siyosati va istiqbolini xodimlarning xulq-atvoriga asoslangan holda tashkil etishga asoslangan maktab

8

Zamonaviy menejment maktabi

Современная школа управления

Contemporary school of management

190 yildan hozirgacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oluvchi G. Saymon,
P. Druker, E. Deyl va boshqalar asos slogan va:
- murakkab boshqaruv muammolarini chuqurroq tushunish maqsadida turli modellarni ishlab chiqish va qoʻllash.
- murakkab vaziyatlarning yechimi boʻyicha boshqaruv xodimlariga yordam beruvchi miqdoriy usullarni ishlab chiqishga yoʻnaltirilgan maktab

9

Mehnat taqsimoti

Pазделение труда

Division of labor

Ixtisoslashuv natijasida koʻp miqdorda va yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqariladi. Bunga e'tibor qaratilishi lozim boʻlgan maqsadlar sonini keskin qisqartirish evaziga erishiladi

10

Funksional yondoshuv

Функциональный подход

Functional approach

Boshqaruvga tashkiliy mexanizmlarning eng oqilona yoʻllarini ishlab chiqish imkonini beradi. Shu nuqtai nazardan boshqarish quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
- rejalashtirish;
- tashkillishtirish;
- rahbarlik qilish;
- muvofiqlashtirish;
- nazorat qilish


Download 3.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling