Iqtisodiyot” kafedrasi “menejment” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua
Download 3.37 Mb.
|
portal.guldu.uz-MENEJMENT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy ehtiyojlar
- Sotsial ehtiyojlar
- Ragʻbat va talablar
Ehtiyojlar roʻyxati
Jahon amaliyotida motivatsiya vositasida unumli mehnatga chorlashning turli nazariyalari mavjud. Bular jumlasiga: ”X”(iks) va “U”(igrek) nazariyasi kutish nazariyasi boisiy(gigienik) tozalanish nazariyasi adolatlilik (haqqoniylik) nazariyasi ehtiyojlar ustunligi nazariyasi. Ehtiyojlar ustunligi nazariyasi negizida kishilar ehtiyojlari va qiziqishlari orqali ularning mehnatlarini motivlashtirish gʻoyasi yotadi. Buni quyidagi sxemadan koʻrish mumkin. 1-rahbar boʻysinuvchilarga ehtiyoj va qiziqishlarni chetlab ta’sir koʻrsatadi (bu erda qarorlarning bajarilishi hech kimni qiziqtirmaydi). 2-boʻysinuvchilarga faqat rahbarning ehtiyoji va qiziqishini inobatga olingan holda ta’sir oʻtkaziladi (bu erda qarorlarning bajarilishi faqat rahbarning manfaatini koʻzlaydi) 3-boshqarish oʻzaro ta’sir ostida amalga oshiriladi. Bu erda qarorning bajarilishiga har ikkala tomon manfaatdor. 4-ta’sir qilish faqat boʻysinuvchilarning ehtiyoji va qiziqishiga asoslanadi. 1,2 va 4 yondoshuvlar rahbar bilan boʻysinuvchilar oʻrtasida qarshi harakatga olib keladi. Natijada rahbar va jamoa, rahbar va ayrim boʻysinuvchilar ehtiyojlari oʻrtasida no muvofiqlikning paydo boʻlishiga sabab boʻladi. Shu sababli rahbar motivlashtirishni faqat ehtiyoj va qiziqishlar yordamida amalga oshirishi lozim. Ehtiyojlar ustunligi nazariyasi ham rahbarlardan boshqarishni faqat ehtiyoj va qiziqishlar vositasida, ya’ni 3-yondoshuv orqali amalga oshirishni talab qiladi. Chunki boshqa (1,2 va 4) yondoshuvlar qarshi harakat boʻlib, xodimlar va jamoa bilan rahbariyat oʻrtasida ixtiloflarga olib kelishi mumkin. Yuqori darajadagi ehtiyojlarni qondirish usullari
Download 3.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling