Iqtisodiyot” kafedrasi “menejment” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua
Mehnat turlarining guruh belgilari boʻyicha tasnifi
Download 3.37 Mb.
|
portal.guldu.uz-MENEJMENT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnatning sharoiti boʻyicha
- 1 1-rasm. Mehnat turlarining guruh belgilari boʻyicha tasnifi 32
11-rasm. Mehnat turlarining guruh belgilari boʻyicha tasnifi32 Bugungi kunda hech bir korxona yoki tashkilot yoʻqki, uning faoliyatida mehnat munosabatlari hamda mehnat jarayonlari amlalga oshirilmasa. Korxonada faoliyat koʻrsatayotgan rahbardan korxonadagi mehnat jarayonlarini toʻgʻri tashkil etish hamda ularni samarali boshqarish vazifasi talab qilinadi. Bu jarayonda esa rahbar “mehnatni tashkil etish” iborasi bilan bevosita toʻqnash keladi. Mehnatni toʻgʻri tashkil etishda barcha korxona hodimlari bevosita va bilvosita ishtirok etadilar. «Mehnatni tashkil qilish» tushunchasining paydo boʻlish tarixiga toʻxtalgandi, albatta, ushbu masalaning asoschisi sifatida F. Teylorning (186-191 yillar) nomi tilga olinadi. F. Teylor mehnatni «ilmiy boshqarish» muammosini amaliy jihatdan asoslab bergan boʻlib, u iqtisodiyotda muhim oʻrin tutadi. Ammo, F. Teylor koʻzda tutgan fan sohasini iqtisodiyotda haddan tashqari toraytirib qoʻygan. «Oqilonalashtirish» atamasi mazkur fanni toʻgʻri nomlash muammosini murakkablashtirdi, bu atama dastlab Germaniyada qoʻllanilgan boʻlib, keyinchalik u muayyan darajada boshqa mamlakatlarga ham yoyildi. Mazkur atama shu qadar noaniq va umumiy tusdagi mazmunga egaki, uni har qanday yaxshilanishga nisbatan qoʻllash mumkin. Shuni ham aytish kerakki, rivojlangan xorijiy mamlakatlarda hozirgi vaqtda «mehnatni ilmiy tashkil etish» yoki «mehnatni tashkil etish» atamalari deyarli qoʻllanilmayapti. Bu muammo juda koʻpgina MDH mamlakatlari, jumladan, Oʻzbekistonda ham mavjuddir. Undan turli darajalarda oʻrin tutadigan xilma-xil hodisalarni nomlash uchun foydalaniladi. «Tashkil etish» atamasi ayrim korxona, muassasa, firma va umuman jamiyatga nisbatan qoʻllaniladi. Shu bilan birga, gap turli ob’ektlar: mehnat, ishlab chiqarish, boshqarish toʻgʻrisida borishi mumkin. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishi, ayni kishilarni mehnatga jalb etish, mehnatning ijtimoiy taqsimoti, ijtimoiy mahsulotni taqsimlash usuli va ishchi kuchini tiklash xususiyatlari koʻrib chiqilayotganda «mehnatni ijtimoiy tashkil etish» tushunchasidan foydalaniladi. Download 3.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling