Iqtisodiyot” kafedrasi “menejment” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua


Mehnat turlarining guruh belgilari boʻyicha tasnifi


Download 3.37 Mb.
bet108/249
Sana26.10.2023
Hajmi3.37 Mb.
#1723740
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   249
Bog'liq
portal.guldu.uz-MENEJMENT

Mehnat turlarining guruh belgilari boʻyicha tasnifi

Mehnat tabiati va
mazmuni boʻyicha

Mehnat predmeti va
mahsuli boʻyicha

Mehnat vositasi va
usuli boʻyicha

Mehnatning sharoiti boʻyicha

Yollanma va xususiy, yakka va jamoa, xohish, zaruriy va
majburiyat boʻyicha, jismoniy va aqliy, takroriy va ijodiy, murakkab tarkibli mehnat

Ilmiy muhandislik, boshqaruvchilik, ishlab chiqaruvchi, tadbirkorlik, innovatsiya; sanoat, qishloq, transport va kommunikatsiya mehnati

Qoʻl, mexanizatsiyalashti-rilgan va avtomatlash-tirilgan, quyi, oʻrta va yuqori texnologiyalash-tirilgan; inson ishtiroki turlicha darajada boʻlgan mehnat

Turgʻun va koʻchma yer usti va yer osti, yengil, oʻrta va ogʻir, yoqimli va yoqimsiz; erkin va har xil darajadagi chega-ralangan mehnat





11-rasm. Mehnat turlarining guruh belgilari boʻyicha tasnifi32


Bugungi kunda hech bir korxona yoki tashkilot yoʻqki, uning faoliyatida mehnat munosabatlari hamda mehnat jarayonlari amlalga oshirilmasa. Korxonada faoliyat koʻrsatayotgan rahbardan korxonadagi mehnat jarayonlarini toʻgʻri tashkil etish hamda ularni samarali boshqarish vazifasi talab qilinadi. Bu jarayonda esa rahbar “mehnatni tashkil etish” iborasi bilan bevosita toʻqnash keladi. Mehnatni toʻgʻri tashkil etishda barcha korxona hodimlari bevosita va bilvosita ishtirok etadilar.
«Mehnatni tashkil qilish» tushunchasining paydo boʻlish tarixiga toʻxtalgandi, albatta, ushbu masalaning asoschisi sifatida F. Teylorning (186-191 yillar) nomi tilga olinadi. F. Teylor mehnatni «ilmiy boshqarish» muammosini amaliy jihatdan asoslab bergan boʻlib, u iqtisodiyotda muhim oʻrin tutadi. Ammo, F. Teylor koʻzda tutgan fan sohasini iqtisodiyotda haddan tashqari toraytirib qoʻygan. «Oqilonalashtirish» atamasi mazkur fanni toʻgʻri nomlash muammosini murakkablashtirdi, bu atama dastlab Germaniyada qoʻllanilgan boʻlib, keyinchalik u muayyan darajada boshqa mamlakatlarga ham yoyildi. Mazkur atama shu qadar noaniq va umumiy tusdagi mazmunga egaki, uni har qanday yaxshilanishga nisbatan qoʻllash mumkin. Shuni ham aytish kerakki, rivojlangan xorijiy mamlakatlarda hozirgi vaqtda «mehnatni ilmiy tashkil etish» yoki «mehnatni tashkil etish» atamalari deyarli qoʻllanilmayapti.
Bu muammo juda koʻpgina MDH mamlakatlari, jumladan, Oʻzbekistonda ham mavjuddir. Undan turli darajalarda oʻrin tutadigan xilma-xil hodisalarni nomlash uchun foydalaniladi. «Tashkil etish» atamasi ayrim korxona, muassasa, firma va umuman jamiyatga nisbatan qoʻllaniladi. Shu bilan birga, gap turli ob’ektlar: mehnat, ishlab chiqarish, boshqarish toʻgʻrisida borishi mumkin.
Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishi, ayni kishilarni mehnatga jalb etish, mehnatning ijtimoiy taqsimoti, ijtimoiy mahsulotni taqsimlash usuli va ishchi kuchini tiklash xususiyatlari koʻrib chiqilayotganda «mehnatni ijtimoiy tashkil etish» tushunchasidan foydalaniladi.


Download 3.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling