Iqtisodiyot” kafedrasi “menejment” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua
-chizma. Mehnat faoliyatini tashkiliy ta’minlash tamoyillari
Download 3.37 Mb.
|
portal.guldu.uz-MENEJMENT
9-chizma. Mehnat faoliyatini tashkiliy ta’minlash tamoyillari
Mehnat jarayonida inson mehnat faoliyatidan koʻzda tutilgan maqsadga erishish uchun mehnat vositalari yordamida mehnat predmetidan foydalanib, jonli mehnat sarfi bilan oʻzaro muloqotga kirishadi va bu bilan hayot uchun zarur boʻlgan yangi mahsulot yaratadi. Bunday mahsulotni ishlab chiqarish jarayonining barcha uch jihati: xomashyo va materiallar, mehnat vositalari, qurollari va jonli mehnat sarflari birlashib mehnat mahsuloti yaratadi. Mehnat ijtimoiy-iqtisodiy, texnologik, aqliy-hissiy, fizikaviy-kimyoviy, biologik va boshqa qonuniy hodisalarning uygʻunlashuvi natijasi — majmui jarayonidir. Mehnat predmetlariga yer osti qazilmalari, tabiiy va sun’iy xomashyo va materiallar, yarim fabrikatlar va komplektlashtiriladigan jihozlar, energiyaviy, moddiy va axborot oqimlari kiradi. Ishchi kuchi mehnat predmetlarini mehnat vositalari orqali oʻzgartiradi. Mehnat vositalariga mashinalar, uskuna va qurilmalar; ish qurollari va boshqa texnologik ishlanma turlari; dasturiy-ta’minot vositalari; ish joyining tashkiliy ta’minoti va boshqalar kiradi. Mehnat - boylik manbaidir. U inson faoliyatining birinchi va zarur sharti hisoblanadi. Inson va jamiyat taraqqiyotining tarixi bu jarayonda mehnatning hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Odamlar atrofdagi tabiatni oʻzgartirar ekanlar, umrining oʻzgarib borayotgan ehtiyojlari ta’sirida oʻz tabiatlarini ham oʻzgartiradilar: bilimlarini boyitib, qobiliyatlarini rivojlantiradilar va yangi koʻnikmalar hosil qiladilar, Mehnat oʻzining tarkibiy rivoji jarayonida jiddiy ravishda murakkablashdi: inson tobora murakkabroq va xilma-xilroq operatsiya va ishlarni bajara boshladi, tobora uyushgan mehnat vositalarini ishlab chiqarib, oʻz oldiga ancha yuksakroq maqsadlar qoʻyish va ularga erishish mukammal boʻlib bordi. Jamiyat rivojlanib borgan sari inson faoliyati mashinalar, mexanizmlar yaratishga, oldindan berilgan xossalarga muvofiq va tabiatda uchramaydigan materiallarni vujudga keltirish kashfiyot va san’at asarlari, ilmiy kashfiyotlar yaratishga qaratilgan. Oʻrta Osiyo Sharqda, ilgʻor tafakkur markazlariga aylanib, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Nizom ul Mulk, al Buxoriy, Amir Temur va boshqa vatandoshlarimizning ilmiy qarashlari faxrlidir. Oʻzbek davlatchiligining poydevorini vujudga keltirgan Amir Temur ham oʻz davrida insonning yashashi, hayot kechirishi uchun tabiiy resurslarni tayyor mahsulotga aylantirishda mehnatning roliga katta baho berar edi. “Temur tuzuklari”da koʻrsatilganidek, “Dehqonlar va raiyatdan qaysi birining dehqonchilik qilishga qurbi etmasa, kerakli uskunalarni yetkazib unga yordam berilsin”, — deb koʻrsatma berar ekan, mehnat qurolisiz boylik yaratish mumkin emasligini u yaxshi bilar edi. Fan-texnika tarakqiyoti ta’siri bilan shunday jarayonlar, chunonchi ishlab chiqarishni kompleks mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish, axborotlar texnologiyasini keng joriy etish va uni tashkil etishni tubdan takomillashtirish natijasida jismoniy mehnat mazmuning muntazam oʻzgarishi sodir boʻlmoqda. Jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlari rivojining qudratli omili fandir, aniqrogʻi fanning ishlab chiqarish bilan uzviy birikib ketishidir, chunki fan-texnika taraqqiyogi faqat yanga energiya turlari, yashi materiallar, elektron-hisoblash mashinalari va hatto ishlab chikarishni kompleks mexanizatsiyalashni shunchaki tadbiq etishni emas, balki ishlab chiqarishning bugun texnikaviy negizini, uni tashkil etish va boshqarish takomillashtirishni talab etadi. Hozirgi sharoigda mehnat jarayoni quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi: mehnat jarayonining intellekgual potentsiali ortadi, bu esa aqliy mehnat rolining kuchayishida, xodimning oʻz faoliyati natijalariga ongli va mas’uliyat bilan munosabatda boʻlishining ortishida namoyon boʻladi; mehnat xarajatlari moddiy qismining ulushi ortadi. Mehnat vositalari (mashinalar, asbob-uskunalar, mexanizmlar va shu kabilar) bilan bogʻliq buyumlashgan mehnat ulushining koʻpayishi fan-texnika taraqqiyotining erishgan yutuqlari bilan bogʻliq boʻlib, inson cheklangan jismoniy imkoniyatlari sharoitida mehnat unumdorligi va samaradorligining ortishida hal etuvchi omil boʻlib xizmat qiladi, mehnat jarayoni ijtimoiy jihatining ahamiyati ortadi. Hozirgi vaqtda mehnat unumdorligining oʻsish omillari faqat xodim malakasini yoki uning mehnatini mexanizatsiyalash darajasini oshirish bilangina emas, balki inson salomatligining ahvoli, uning kayfiyati, oiladagi, jamoadagi va umuman jamiyatdagi munosabatlariga ham bogʻliqdir. Hozirgi sharoitda mehnat quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi: mehnat jarayonining intellektual potentsiali ortadi, bu esa aqliy mehnat rolining kuchayishida, xodimning oʻz faoliyati natijalariga ongli va ma’suliyat bilan munosabatda boʻlishining ortishida namoyon boʻladi; mehnat xarajatlari moddiy qismining ulushi ortadi. Mehnat vositalari (mashinalar, asbob-uskunalar, mexanizmlar va shu kabilar) bilan bogʻliq buyumlashgan mehnat ulushining koʻpayishi fan–texnika taraqqiyoti erishgan yutuqlari bilan bogʻliq boʻlib, inson cheklangan jismoniy imkoniyatlari sharoitida mehnat unumdorligi va samaradorligining ortishida hal etuvchi omil boʻlib xizmat qiladi; mehnat jarayoni ijtimoiy jihatining ahamiyati ortadi. Hozirgi vaqtda mehnat unumdorligining oʻsish omillari faqat xodim malakasini yoki uning mehnatini mexanizatsiyalash darajasini oshirish bilangina emas, balki inson salomatligining ahvoli, uning kayfiyati, oiladagi, jamoadagi va umuman, jamiyatdagi munosabatlar bilan ham bogʻliqdir. Mehnat munosabatlarining bu ijtimoiy tomoni mehnatning moddiy ragʻbatlantiruvchi omillarini toʻldiradi va inson hayotida muhim rol oʻynaydi. Oʻzbekiston Respublikasida mehnatga oid munosabatlar mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, jamoa kelishuvlari, shuningdek, jamoa shartnomalari va boshqa lokal normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi. Mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga Oʻzbekiston Respublikasining «Mehnat Kodeksi», «Aholini ish bilan ta’minlash tugʻrisida»gi qonuni va bu qonunga Mehnat vazirligi tomonidan tayyorlangan sharhlar hamda mehnat va uni tashkil etish boʻyicha davlat xokimiyatining boshqa vakillik va ijroiya organlari oʻz vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlar kiradi. Mehnat vazifasining intellektual darajasi unda mavjud aqliy va jismoniy mehnat unsurlarining hissasi, shuningdek, ijodiy va oddiy (noijodiy) mehnat hissasiga bogʻliq holda farqlanadi. Mehnat vazifasining malakalilik darajasi uning chegarasi va tarkibi: tarkibiy qismlar va bu tarkibiy qismlarning miqdori, ularning rang–barangligi, yangiligi, shuningdek, ijro shart-sharoiti orqali aniqlanadi. Mazkur belgini u yoki bu xodimga tatbiqan baholash qabul qilingan tarif tizimiga muvofiq uning razryadiga moslab amalga oshiriladi. Shunday qilib, mehnatning tabiati va mazmuni tasnifiy alomatlar sifatida oʻzaro aloqadordir. Mehnat predmeti va mahsuli boʻyicha mehnat turlarining tasnifi mehnatni professional, funktsional va tarmoq nuqtai nazaridan farqlashga asoslanadi. Mehnatning professional belgisiga koʻra, ilmiy yoxud tadqiqotchilik, muhandislik, boshqaruv, ishlab chiqarish, ma’rifiy, tibbiy va boshqa turlarini, ajratib koʻrsatish mumkin. Funktsional belgisiga koʻra, mehnat turlari ularning qay maqsadga yoʻnaltirilgani, tatbiq etilish sohasi va xoʻjalik faoliyati iqtisodiy turkumidagi funktsional roliga bogʻliq holda tarkibiy qismlarga ajratiladi. Uch bosqich – ishlab chiqarish, taqsimot va iste’molni boʻlib ajratuvchi ma’muriy – rejalashtirish tizimida amal qilinganidan farqli oʻlaroq, bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy turmushning tarkibi tubdan oʻzgaradi. Mehnatni tahlil etishning eng muhim metodologik jihatlaridan biri mehnat funktsiyalarini bilib olishdir. Bu funktsiyalar qanchalik xilma-xil boʻlmasin, ularning dialektik birligini ham ta’kidlab oʻtmasdan boʻlmaydi. Mehnat oʻzining asosiy ijtimoiy funktsiyalarida quyidagicha namoyon boʻladi: ehtiyojlarni qondirish usuli (bu mehnatning birinchi va eng muhim funktsiyasi boʻlib, insonning ijtimoiy turmushi ana shundan boshlanadi); ijtimoiy boylikning yaratuvchisi (bu shunday faoliyatki, uning yordamida inson oʻz ehtiyojlarini qondiradi, oʻzi bilan tabiat oʻrtasidagi moddalar almashinuvini bevosita ifodalaydi, tartibga soladi, nazorat qiladi); jamiyat ijodkori va ijtimoiy taraqqiyot omillari (mehnat ehtiyojlarni qondirish va boylik yaratish bilan butun ijtimoiy taraqqiyotga asos boʻladi - jamiyatning ijtimoiy qatlamlarini va ularning oʻzaro hamjihatligi asoslarini shakllantiradi); insonning yaratuvchisi (inson kishilar hayotining barcha boyliklarini yaratib, ijtimoiy taraqqiyot sub’ekti sifatida maydonga chiqadi, umuman, jamiyatni mehnatga jalb qilib, oʻz-oʻzini ham rivojlantirib boradi, bilim va kasb malakalarini egallaydi, muomala va oʻzaro yordam koʻnikmalarini shakllantiradi). Mehnat mazmuni nuqtai nazaridan olib qaraganda mehnat jarayoni insonning mehnat qurollari va buyumlari bilan oʻzaro aloqadorligi, har biri muayyan mahsulot tayyorlanishi bilan tugallanadigan mehnat davrlarining oʻziga xos takrorlanishidir. Ushbu jarayonda quyidagi funktsiyalar: 1) maqsadni belgilash va mehnat jarayonini tayyorlash bilan bogʻliq boʻlgan mantiqiy funktsiya; 2) harakatga keltirish va mehnat buyumiga bevosita ta’sir etish bilan bogʻliq ijrochilik funktsiyasi; 3) roʻyxatga olish va nazorat qilish bilan bogʻliq texnologik jarayonni, belgilangan dastur bajarilishining borishini kuzatish funktsiyasi; 4) oldindan belgilangan dasturni tuzatish, aniqlashtirish va tartibga solish funktsiyasi. Mehnatning mazmuni mehnat jarayonida u yoki bu funktsiyalarning mavjudligiga bogʻliq boʻladi va mehnatni tuzilmaviy jihatdan tavsiflaydi. Mehnatning mazmuni nihoyatda xilma-xilligi bilan ajralib turadi va ishlab chiqaruvchi kuchlar hamda texnika-texnologiyaning rivojlanganlik darajasini koʻrsatadi. (1-rasm)
Download 3.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling