Oʻyin-kulgu qiling va hayotdan zavq olib yashang! Har bir insonning hayotdan zavq olib yashashi uning oʻziga bogʻliq. Shunday ekan, ortiqcha qaygʻuga berilmay, hayotingizdagi har bir voqeadan foydali xulosa chiqaring.
Oʻzingizga yoqqan narsalarni xarid qiling!
Anchadan beri sotib olishni istayotgan buyumlaringizni sotib olsangiz, kayfiyatingiz koʻtarilishi shubhasiz.
Sport bilan shugʻullaning! Zero, sogʻlom tanda - sogʻ aql, depressiya va boshqa ruhiy xastaliklarga esa bu erda oʻrin yoʻq.
Diqqatingizni jamlang! Ish, oila - farqi yoʻq, oʻzingiz uchun muhim boʻlgan narsaga e’tiboringizni qarating. Bu sizni chalgʻitib, zulmatdan olib chiqishga yordam beradi.
Miyangizni kemirayotgan "xasta oʻy"ni topib, undan xalos boʻlishga harakat qiling. Bu axir sogʻligʻingizni ketkazishingizga arzimaydi-ku!
Ijobiy fikrlashni hamda hayotdagi katta va kichik xursandchiliklarni koʻrishni oʻrganing! Qisqa qilib aytganda, optimist boʻling!
Oʻzingiz ustingizda ishlang, shaxs sifatida rivojlaning!
Omadli kishilar omadsizlarga qaraganda melanxoliyaga kamroq duchor boʻlishadi.
Shuni unutmang-ki, bularga faqat depressiyadan chiqish uchun emas, balki muntazam ravishda rioya qiling.
Manba.www.xabardor.uz sayti ( 29-0-2016 yil)
Mansab pillapoyalaridan yuqori odimlashda qoʻl keladigan 8 maslahat
Siz anchadan beri ofisda ishlaysizmi? Mansab pillapoyasida koʻtarilish boʻlishini kutyapsiz, biroq bu amalga oshmay turibdi va nima qilishga boshingiz qotdimi? Siz uchun maxsus - mansab pillapoyalaridan olgʻa intilishga yordam beruvchi foydali maslahatlar.
Avval ham karera borasida oʻsishga toʻgʻanoq boʻladigan xatolar haqida eshitgan boʻlsangiz kerak. Biroq ishda tezlik bilan “koʻtarilish” uchun ham muayyan qadamlarni amalga oshirish ham kerak boʻladi. Ulardan ba’zilaridan xabardorsiz, boshqalari esa siz uchun yangilik boʻladi. Bu maqolada mansab pillapoyalaridan yuqorilash uchun qoʻl keladigan oddiy maslahatlar keltirilgan. Agar mazkur qadamlar amalga oishirilmasa, yuqoriga olib boradigan yoʻl choʻzilib ketishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |