Iqtisodiyot” kafedrasi “menejment” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua


Download 3.37 Mb.
bet244/249
Sana26.10.2023
Hajmi3.37 Mb.
#1723740
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   249
Bog'liq
portal.guldu.uz-MENEJMENT

4. Xatolaringizni tan oling
Eng kerakli bilim va tajribani biz afsuski shaxsiy xatolarimiz tufayli olamiz. Ishlayotgan vaqtimizda har bir muvaffaqiyatsizlik yorqin karera yakunidek boʻlib koʻrinadi. Aslida esa bu bebaho saboqlar bizni keyingi qaror va qoʻyilgan maqsadlarimizga diqqat bilan munosabatda boʻlishga undaydi.
Koʻpgina odamlar odatiy hayotda quyidagilar bilan shugʻullansalar yomon boʻlmas edi: manmanlik va oʻzingizning muhimligingizni moʻ’tadillashtiring, xatolaringizni tan oling, ularni tushuning, tahlil qiling va keyinchalik takrorlamang.
Qarorlar va javobgarlik qabul qilishdan oʻzini soqit qilish maqsadida xodimlar koʻp hollarda hech qanday harakatni amalga oshirmaydilar yoki ishni toʻliq hajmda bajarishmaydi. Biroq bir yaxshi psixologik usul mavjud: “Men xato qilishga haqliman, hatto buyuklar ham xato qilganlar, ular oldida men kim boʻlibman”. Xato qilishdan choʻchimang, oʻz kamchiliklaringizni takrorlashdan qoʻrqing. Doimo harakatda boʻling!
Ishdagi xatolaringizni hech qachon yashirmang, buning uchun jazolanishingizni bilsangiz ham. Berkitilgan narsa doim oshkor boʻladi. Agar siz berkitayotgan xato salbiy oqibatlarga olib kelsa, bundan yomonroq boʻladi. Sizning xodim sifatidagi obroʻyingizga batamom putur etadi. Yaxshisi xatoingiz haqida rahbariyatni boxabar qiling va agar iloji boʻlsa, uning toʻgʻirlash yoʻllarini taklif eting.
. Ishni bajarishga jon-jahdingiz bilan kirishing

Vazifani oʻzingiz uchun bajarayotgandek amalga oshirishga harakat qiling. Sizdan kutayotganlaridan koʻra koʻproq, 110 foizga bajaring.
Vazifaning chegaralarini oʻrganib, unga yangilik kiriting. Balki uni kechikibroq bajararsiz, biroq oʻzgalarni oʻz yondashuvingiz va natijangiz bilan lol qoldirasiz!
Yodda tuting, hamma narsa sizga bogʻliq emas, biroq bor kuchingizni sarflashga majbursiz. Ushbu xususiyatingiz oʻzgalar tomonidan qadrlanadi.
6. Odamlarni ruhlantiring
Odamlarga ular koʻproq narsalarga erishishlari mumkinligi, xatolar esa vaqtinchalik ekanligini ayting. Ular bilan suhbatda haqgoʻylik, mehnatsevarlik, shaxsiy rivojlanish, javobgarlik mavzularini muhokama qiling. Ularga pul doim ham eng muhim narsa emasligi, undan boshqa qadriyatlar ham borligi toʻgʻrisidagi fikrni etkazishga harakat qiling. Hech nimaga qaramay, odamlarni olgʻa intilishga ragʻbatlantiring, ana shunda siz qoʻllab-quvvatlanasiz.

Download 3.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling