Iqtisodiyot” kafedrasi “menejment” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua
Eng asosiysi – asosiyni belgilash
Download 3.37 Mb.
|
portal.guldu.uz-MENEJMENT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Majburiy samaradorlik qonuni
Eng asosiysi – asosiyni belgilash
Taym-menejmentning vazifasi oʻz vaqtida eng asosiy ishni aniqlab olishdir. Roʻyxatingizda eng muhim ish eng boshda, undan keyin ahamiyati kamroqlari tartib bilan kiritilgan boʻlishi lozim. Eng asosiy ishni belgilab olgandan keyin uni bajarish yoki bajarmaslikning oqibati qanday boʻlishini baholang. Oʻz vaqtida bajarilmagan muhim vazifa jiddiy oqibatlarga sabab boʻladi. Ishlarni muhimligi jihatidan roʻyxatga kiritishda ABVGD usuli yordam beradi: A harfining roʻparasiga eng muhim ishni yozasiz, Bning qarshisiga ahamiyati undan sal kamroq boʻlganini va hokazo. D – muhimligi jihatidan eng oxirida turadigan ish. Majburiy samaradorlik qonuni Diqqatingiz bir ishga qarating. Ishni birinchi darajadagi muhim vazifalardan boshlab, tartib bilan davom eting. Ishni tashlab qoʻyib, uni qayta-qayta boshlayverish esa samaradorlikni foizga kamaytiradi. Motsart ayni paytning oʻzida uchta musiqa ustida ishlab, oʻlmas asarlar yaratgan. Lekin u istisno edi. Bax, Gaydn yoki Verdi ma’lum vaqt davomida faqatgina bir asar ustida ishlashgan, birini tamomlamay turib, ikkinchisini boshlashmagan. Majburiy samaradorlik qonunidan foydalaning: vaqt hamma ishga emas, eng muhim ishlarga etadi. Shuning uchun diqqatingizni jamlab, birinchi navbatda eng katta foyda keltiradigan ish bilan shugʻullaning. Barcha ishlarni toʻrt guruhga boʻlish mumkin: – shoshilinch va muhimlar; – muhimlar, lekin shoshilinch boʻlmaganlar; – shoshilinch, lekin muhim boʻlmaganlar; – shoshilinch ham, muhim ham boʻlmaganlar. Bu Eyzenxauer usuli deb ataladi. Birlamchi vazifalar – shoshilinch va muhimlar. Ularni kechiktirish sizga ortiqcha muammolarni tugʻdiradi, shuning uchun oʻz vaqtida hal qilishga kirishing. Ikkinchi oʻrinda – muhimlar, lekin shoshilinch boʻlmaganlar. Ularni kechiktirish mumkin, lekin istiqbolda kuchli ta’sirga ega boʻlishi mumkin. Buning oldini olish uchun bunday vazifalarni hadeb kechiktiishning oʻrniga ularga vaqt ajrating. Muhim, lekin shoshilinch boʻlmagan ishlar muvaffaqiyatingizga unchalik ta’sir koʻrsatmaydi. Shuningdek, bunday ishlar samardorlikni orttirmaydi ham, biroq vaqt zaxirangizning kattagina qismini olib ketadi. Bunday ishlar sonini qisqartirgan ma’qul. Shoshilinch ham, muhim ham boʻlmagan ishlarning hech qanday ahamiyati yoʻq, ularni bajarmasangiz, hech qanday salbiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi. Shunday ekan, ularni qoʻrqmasdan roʻyxatdan oʻchirib tashlayvering. Download 3.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling