Iqtisodiyot” kafedrasi “menejment” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua


Download 3.37 Mb.
bet247/249
Sana26.10.2023
Hajmi3.37 Mb.
#1723740
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   249
Bog'liq
portal.guldu.uz-MENEJMENT

Muvozanat tamoyili
Ish hajmi ortib ketgan paytda vahimaga berilmaslikning eng oson yoʻli – chuqur nafas oling va «Qoʻlimdan kelganini uddalayman» degancha xotirjamlik bilan roʻyxat tuzishga kirishing. Oldingizda turgan ishlarni tahlil qilar ekansiz, eng muhimlarini amalga oshirishga vaqtingiz etishiga ishonch hosil qilasiz.
Hayotingizda muvozanat saqlanib qolishiga e’tibor qarating. Ishga qattiq berilib ketgan bilan organizmingizni alday olmaysiz, oʻz vaqtida toʻxtamasangiz, u payt poylab qasdini oladi. Bu esa rejalaringizga kiritilmagan.
Albatta, samarador boʻlish uchun taym-menejementning oʻzi kamlik qiladi. Salomatlikni asrashga majbursiz. Ishingiz juda koʻp boʻlishi mumkindir, lekin oilangiz va dam olishga har doim vaqt ajrata biling.
Muvozanatning asosiy tamoyili: uyda va ishda oʻtkazadigan vaqtingizni belgilab oling.

Xodimlarga istalgan erda dam olishi uchun 2000 dollardan qoʻshimcha maosh toʻlaydigan kompaniya
Shunday atama mavjud — «mehnat qurboni». Bu oʻzining ishda yoʻqligi oqibatidan qoʻrqib, munosib ta’til olishdan qoʻrqadigan inson.
SteelHouse marketing kompaniyasi direktori Mark Duglas (Mark Douglas) mana shunday muammoga duch keldi: u oʻz xodimlariga oʻzlariga qulay vaqt ta’tilga chiqishlarini ma’lum qilganida, ular shunchaki bunga qanday munosabat bildirishni bilmay qolishdi.
Shunda Markning xayoliga zoʻr gʻoya keldi: nima uchun xodimlarga istalgan erda dam olib, ta’til oʻtkazishi uchun haq toʻlamaslik kerak? Hozir gap ta’til puli emas, qoʻshimcha 2000 dollar haqida bormoqda. Ishchilar bu pullarni faqat dam olish uchun sarflashi kerak boʻladi.



Qisqa qilib aytganda, siz yilda bir marta kompaniya hisobidan istalgan erga sayohat qilishingiz mumkin. 
Albatta, xodimlar orasida qoʻshimcha pulni dam olishga sarflamay oʻziga olib qolganlar ham topildi. Biroq Mark puldan foydalanish masalasida qaysar. «Men aslida sizlar qaergadir joʻnab, u erda maroqli dam olishingiz istayman», — deya talab qiladi u.
Natijalar ham oʻz samarasini berdi. Soʻnggi uch yil ichida 20 nafar xodimdan faqatgina beshtasi ishdan boʻshadi. Albatta, ulardan uchtasi ishga bogʻliq boʻlmagan holda ma’lum bir sababga koʻra boʻshadi. Shuningdek, «bonusli» ta’tildan soʻng odamlar yangi kuchga toʻlgan holda ishga qaytib, yanada samaraliroq ishlashmoqda. 



Mark Duglas boshqa tashkilotlar ham mana shunday tajribani qoʻllashiga ishonmoqda.


«Sizda ta’til uchun uch hafta vaqtingiz bor» deyish boshqa masala, —deydi Mark. — Biroq «Sizning etarlicha pulingiz bor, biroq uni dam olishga sarflamasangiz, ular shunchaki "yonib" ketadi» deyish oʻzgacha ta’sir qiladi. Bu ularni koʻndirishning ancha ilgʻor usuli va bu orqali biz ularning dam olishi qanchalik muhimligini tushuntiramiz» .


Download 3.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling