. Qoʻllab-quvvatlashda davom eting
Depressiya belgilari koʻpincha sezilmaydi, chunki unga qandaydir tahlillar topshirib boʻlmaydi. Shuning uchun doʻstingizning koʻrinishi yaxshi boʻlsa ham, uni qoʻllab-quvvatlashda davom eting.
Manba.www.xabardor.uz sayti (10-11-2016 yil)
DEPRESSIYaDAN QANDAY ChIQISh MUMKIN?
Psixologlarga eng koʻp beriladigan savol qaysi, bilasizmi? Bu - "Depressiyadan qanday chiqish mumkin?" degan savol. Bunday savol beruvchilarning hammasi ham depressiyaga chalingan deyish notoʻgʻri. Ba’zi odamlar shunchaki yomon kayfiyat yoki ma’yuslikni depressiya bilan adashtirishadi. Biroq vaqtida davolamasa, depressiya engil shakldan suitsid shaklga oʻtishi ham mumkin.
Dam oling
Agar sizning depressiyangiz charchash natijasida yuzaga kelgan boʻlsa, hech narsaga e’tibor bermay dam oling.
Ikki haftalik otpusk olib, uni butkul oʻzingizga bagʻishlang: kitob oʻqing, yaxshilikka chorlovchi filmlar koʻring, doʻstlaringiz bilan muloqot qiling, toʻyguningizcha uxlang, oʻzingiz yoqtirgan shirinliklardan iste’mol qiling.
Sayohat qiling
Sharoitni oʻzgartirish va yangi yoqimli taassurotlarga ega boʻlish har bir insonga kerak, qiyin kunlarni boshdan kechirayotganlar uchun esa ular hayotiy muhim ahamiyat kasb etadi.
Sayohat yoʻnalishini moliyaviy ahvolingizdan kelib chiqib tanlang: xorijdagi dam olish zonalarida orom olish yaxshi, albatta, ammo vatanimizda ham maroqli hordiq chiqarish mumkin.
Oʻz xobbingizga ega boʻling!
Sevimli ish bilan shugʻullanish va oʻxshash fikrlovchi kishilar bilan hamsuhbat boʻlish har qanday kasallikni davolaydi hamda kayfiyatni koʻtaradi.
Muloqot qiling!
Doʻstlaringiz, qarindoshlaringiz va oʻzingiz xush koʻrgan insonlar bilan muloqot qiling. Faqat ular bilan suhbatlashganda tushkunlikka olib keluvchi mavzulardan qoching.
Do'stlaringiz bilan baham: |