Iqtisodiyot” kafedrasi “menejment” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua


Download 3.37 Mb.
bet47/249
Sana26.10.2023
Hajmi3.37 Mb.
#1723740
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   249
Bog'liq
portal.guldu.uz-MENEJMENT

Ehtiyojlar roʻyxati



¹

Shaxs uchun




Jamiyat uchun

1.

Asosiy ehtiyojlar


  • oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga

  • dam olish va sogʻliqga

1.

Asosiy ehtiyojlar:

  • mehnatga

  • xavfsizlikka

  • qoʻshimcha mahsulotga

  • boshqarishga

2.

Sotsial ehtiyojlar


  • ijodiy mehnatga

  • oila va muhabbatga

  • bilim va axborotga

  • toat ibodatga, jasoratga

  • zurriyotni davom ettirishga

  • tartib va barqarorlikka

  • boʻsh vaqt va dam olishga

  • oʻzlikni anglashga

2.

Sotsial ehtiyojlar


  • barqarorlikka

  • ishonchga

  • mustaqil taraqqiyotga

3.

Ragʻbat va talablar


  • moddiy

  • sotsial

  • estetik

3.

Ragʻbat va talablar


  • zamonaviy ishlab chiqarishga

  • ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotga

  • rahm shavqatga

Jahon amaliyotida motivatsiya vositasida unumli mehnatga chorlashning turli nazariyalari mavjud. Bular jumlasiga:



  • ”X”(iks) va “U”(igrek) nazariyasi

  • kutish nazariyasi

  • boisiy(gigienik) tozalanish nazariyasi

  • adolatlilik (haqqoniylik) nazariyasi

  • ehtiyojlar ustunligi nazariyasi.

Ehtiyojlar ustunligi nazariyasi negizida kishilar ehtiyojlari va qiziqishlari orqali ularning mehnatlarini motivlashtirish gʻoyasi yotadi. Buni quyidagi sxemadan koʻrish mumkin.
1-rahbar boʻysinuvchilarga ehtiyoj va qiziqishlarni chetlab ta’sir koʻrsatadi (bu erda qarorlarning bajarilishi hech kimni qiziqtirmaydi).
2-boʻysinuvchilarga faqat rahbarning ehtiyoji va qiziqishini inobatga olingan holda ta’sir oʻtkaziladi (bu erda qarorlarning bajarilishi faqat rahbarning manfaatini koʻzlaydi)
3-boshqarish oʻzaro ta’sir ostida amalga oshiriladi. Bu erda qarorning bajarilishiga har ikkala tomon manfaatdor.
4-ta’sir qilish faqat boʻysinuvchilarning ehtiyoji va qiziqishiga asoslanadi.
1,2 va 4 yondoshuvlar rahbar bilan boʻysinuvchilar oʻrtasida qarshi harakatga olib keladi. Natijada rahbar va jamoa, rahbar va ayrim boʻysinuvchilar ehtiyojlari oʻrtasida no muvofiqlikning paydo boʻlishiga sabab boʻladi. Shu sababli rahbar motivlashtirishni faqat ehtiyoj va qiziqishlar yordamida amalga oshirishi lozim.
Ehtiyojlar ustunligi nazariyasi ham rahbarlardan boshqarishni faqat ehtiyoj va qiziqishlar vositasida, ya’ni 3-yondoshuv orqali amalga oshirishni talab qiladi. Chunki boshqa (1,2 va 4) yondoshuvlar qarshi harakat boʻlib, xodimlar va jamoa bilan rahbariyat oʻrtasida ixtiloflarga olib kelishi mumkin.
Yuqori darajadagi ehtiyojlarni qondirish usullari

Sotsial ehtiyojlar

  • xodimlarga shunday ish beringki, ular bir biri bilan aloqada boʻlish imkoni boʻlsin

  • ish joylarida birdamlik ruhi, mushtaraklik tuygʻusini yarating

  • boʻysinuvchilar bilan davriy kengashlarni oʻtkazib turing.

  • no formal guruhlarni “tinchitish”ga harkat qilmang, agar u korxona mavqeiga putur etkazmasa

  • xodimlarga korxona doirasidan tashqariga ham sotsial faollik qilishga imkon bering

Xurmatga boʻlgan ehtiyoj

  • boʻysinuvchilarga mazmunliroq ishni taklif qiling

  • xodimlarning erishgan yutuqlari bilan aks aloqani ta’minlang

  • xodimlar yutuqlarini yuqori baholang va ragʻbatlantiring

  • xodimlarni maqsadni aniqlashga va qaror qabul qilishga taklif qiling

  • boʻysinuvchilarga vakolat va huquq bering.

  • boʻysinuvchilarni amal pila poyalari sari koʻtaring.

Oʻzligini isbotlashga boʻlgan ehtiyojlar

  • boʻysinuvchilarning oʻz imkoniyatlaridan toʻliq foydalanishi uchun ularning oʻqishiga sharoit yaratib bering

  • boʻysinuvchilarga murkaaab va muhim ish bering, toki ular butun vujudini berib ishlasin.

  • boʻysinuvchilarning tashabbusini rivojlantiring va ragʻbatlantiring.




Download 3.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling