Motivatsiyaning ana shunday vosita (regulyator)larini qoʻyidagi jadvalda keltiramiz.
Motivatsiya regulyatorlari
Ishchi kuchi
|
ixcham ish joyi
shovqinning past boʻlishi
ergonomika, dizayn holati
toza, ozodalik darajasi
oshxonaning mavjudligi va h.k.
|
Ragʻbatlantirish
|
yaxshi ish haqi
mehnatiga yarasha adolatli ragʻbatlantirish
mukofot, dividendlarni berib turish
sotsial sharoitlarni yaratish (uy-joy, bogʻcha, tibbiy xizmat, tekin ovqatlanish, sport va madaniy hordik)
|
Xavfsizlik
|
korxonaga zarurligingizni his etish;
hurmat, kasbdoshlar va rahbarlar tomonidan tan olinishi
jamoaga boʻlgan yaxshi munosabat*
|
Shaxsiy oʻsish, yuksalish
|
oʻqish uchun imkoniyat;
amalga koʻtarilish imkoniyati;
mas’ullik va ta’sir kuchining oʻsishi;
tashabbus, oʻzini koʻrsatish va sinash imkoniyati.
|
Daxldorlik hisi
|
ishingizning foydaligini his etish
korxona faoliyati, rejalari va istiqboli haqida axborotlarga egaligingiz;
rahbariyat tomonidan xodimlar fikrini hisobga olishi;
hamkorlikda qarorning qabul qilinishi.
|
Qiziqish va undash
|
maroqli, qiziq, zavqli ish
mahoratni oʻstirishni talab qiluvchi murakkab ish
yuksaluvchi mas’uliyat
raqobatga chorlovchi samara
maroqli va murakkab maqsad
|
Muvoffaqiyatga intiluvchi rahbar ana shu regulyator va omillarga asoslanib oʻz ishonchi bilan boshqalarga etakchi boʻlib, ular orqali xizmat koʻrsatadigan mijozlarni gʻalabaga ishontiradi, atrofiga istiqbolli xodimlarni yigʻib, ularning xurmatini qozonadi, qoʻl ostidagilarni sevadi, ularning muammosini oʻzining muammosi deb tushunadi, ishni yuqori darajada bajarishga tadbirkorlik bilan kirishadi.
Umuman mehnat natijalarini ragʻbatlantirishda motivatsiyaning quyidagi iqtisodiy va noiqtisodiy usullari qoʻlaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |