Iqtisodiyot” kafedrasi “menejment” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua


Insoniy munosabatlarni motivlashtirish modeli


Download 3.37 Mb.
bet52/249
Sana26.10.2023
Hajmi3.37 Mb.
#1723740
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   249
Bog'liq
portal.guldu.uz-MENEJMENT

Insoniy munosabatlarni motivlashtirish modeli qoʻyidagi sxemaga ega.
Bu modelning muallifi amerikalik ruhshchunos Emirson Mayo boʻlib, uning negizida qoʻyidagi gʻoya yotadi:
Ichki omillar: shuhrat topish, ijroni yaxshilash va sotsial ehtiyojlarni qondirish ishdan qoniqishga olib keladi. Ishdan qoniqish esa mehnat unumdorligini oshiradi. Bunday yondoshuv eng muhim tashqi omilni, ya’ni ish haqini inobatga olmaydi. Guyoki “mamnun (ehtiyoji qondirilgan) kishi - bu unumli (samarali ishlaydigan) kishi emish. Bunday oʻylash, albatta, notoʻgʻri va soddalikdir.
O`z-oʻzini mukammallashtirishni motivlashtirish modeli qoʻyidagi sxemaga ega.
Bu model Maslou va Xetsberg yondoshuvlariga asoslangan boʻlib, uzoq muddatli motivatsiyani ta’minlovchi omillar sifatida nafaqat ichki omillar, shuningdek tashqi omillar ham muhim deb qaraladi.
Motivlashtirish strategiyasini tanlashda uchta yondoshuv mavjud:
1. Ragʻbatlantirish va jazo strategiyasi, ya’ni, kishilar mukofot olish uchun ishlaydilar:

  • kim koʻp va yaxshi ishlasa, unga yaxshi toʻlanadi;

  • kim undan koʻp ishlasa shunchalik koʻp toʻlanadi;

  • kim sifatsiz ishlasa, u jazolanadi.

2. Ish orqali motivlashtirish: xodimga uni qoniqtiradigan ishni bersangiz bas, ijro etish sifati yuqori boʻladi.
3. Menejerlar bilan doimiy aloqada boʻlish strategiyasi: boʻyisinuvchilar bilan birga maqsadni aniqlab olish, unga ijobiy aks aloqaga imkon berish, hatoki u toʻgʻri yoki notoʻgʻri yoxud yanglishgan hollarda ham. Bu motivlashtirish modeli rahbar bilan xodim oʻrtasidagi munosabatni tahlil qilish va unga ustuvorlik berishga asoslanadi.
Motivlashtirishning qoʻyidagi usullari qoʻllaniladi:

  • pulni ragʻbatlantirish va mukofotlash sifatida ishlatish;

  • jazolash;

  • raqobatni kuchaytirish;

  • ish orqali motivlashtirish;

  • yutuqni tan olish va taqdirlash;

  • xodimlarni oʻqitish va yuksaltirish;

  • salbiy ta’sirni cheklash va me’yorlash;

  • guruh mehnatini mukofatlash va ragʻbatlantirish;

  • xodimlarni boshqarish ishlariga jalb etish va h.k.


Download 3.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling